Порно Плюс
Узбекское порно видео на UZPORNO.RU
Фото голых женщин

"BeK" dan "Qasos"

O‘ttiz yoshlardagi oqish-kulrang sochli yoqimtoygina ayol ohista odimlagancha mening stolimga yaqinlashdi. Uning bo‘yi baland emas, bir yarim metrcha kelar, ammo kiyimi odatda kichik shaharchada yashovchi ayollar kiyadigan liboslardan anchagina yaxshiroq bo‘lib, didi balandligi darrov sezilardi. Bu ovloq joylarga bironta kattaroq shahardan kelgandir, balki bashang kiyinish qobiliyati tug‘madir... – O‘tirsam maylimi? – so‘radi u mening yonginamda to‘xtab. – Qarshi bo‘lmasangiz, siz bilan gaplashib olsam degandim. Men uning chap qo‘liga nigoh tashladim va bosh irg‘adim. Ayollar bilan uchrashganda doimo ularning qo‘liga qarayman. Ularning qo‘llari yuzlariga nisbatan ko‘proq narsani aytib berishi mumkin. Illo, ular plastik jarrohlar va pardoz vositalari yordamida yuzlarini mo‘‘jizakor tarzda o‘zgartirishadi, ammo qo‘llarini aldayolmaysiz, ular doimo rost so‘zlaydi. Suhbatdoshimning uzun va nozik barmoqlari meni qiziqtirib qo‘ydi. Birinchidan, ularga bir necha o‘nlab ming dollar turadigan olmos ko‘zli uzuk taqilgandi, ikkinchidan, suhbatimiz qiziq bo‘lishini yuragim sezayotgandi. Notanish ayol o‘tirdi va asabiylashgan holda qadahni o‘ynarkan, so‘zini kutilmagan tarzda boshladi: – Men odam o‘ldirishingizni istardim. – Manzilingizdan adashibsiz, xonim, – dedim men bosh chayqab, unga bo‘lgan qiziqishim darhol so‘ndi. – Bu mening kasbim emas. – Pul ishlash-chi, bu kasbingizga kiradimi? – sovuqqina so‘radi u va qattiq tikildi. – Bu borada nishonga bexato urdingiz, – ta’kidladim men. – Men pul ishlashni bilaman va buni yaxshi ko‘raman. – Unday bo‘lsa, nima uchun yigirma besh ming dollar ishlab olishdan bosh tortyapsiz? – muloyimlik bilan qiziqsindi ayol. Shu bilan birga, u men tomonga odob qoidasi ruxsat beradiganidan ko‘ra anchagina yaqinroq engashdi. Men unga bir necha soniya tikildim, keyin ko‘zimni likopchaga qaratdim va uni chetga surib qo‘yib, tushuntira boshladim: – Xonim, men istalgan narsani xohlagan odamimga sotishim mumkin. Bundan tashqari, gapga chechanlikda ham oldimga tushadigani yo‘q. Agar birontasiga gapiraverib, zeriktirib o‘ldirishimni istasangiz, unda bosh ustiga. Ammo rostakamiga... – Bu odamni gap bilan zeriktirib o‘ldirishingiz qiyin, – og‘ir xo‘rsindi notanish ayol. – Kimni aytyapsiz? – Erimni. – Nega uni o‘ldirmoqchi bo‘lyapsiz? Shunchaki uni tashlab ketish osonroq emasmi? Noxushliklar ham kamroq bo‘ladi, panjara ortiga ham tushmaysiz. Ko‘chada mashinam turibdi, u juda tez yuradi, bir necha soatdan so‘ng boshqa shtatda bo‘lishimiz mumkin. – Yo‘q, – bosh chayqadi u, – qochish bilan ish bitmaydi. U judayam boy odam, pulini qarg‘a cho‘qimaydi. Agar uni tashlab ketsam, menga bir miri ham tegmaydi. Agar o‘lsa, butun boyligi menga qoladi. – Sizga judayam achinyapman, ammo bilib qo‘ying: men iflos ishlar bilan shug‘ullanmayman.. – Yigirma besh ming dollar haqida unutmadingizmi? – eslatdi u. – Men hech qachon hech narsani unutmayman, – jilmaydim men. – Aytgancha, nima uchun aynan menga murojaat qilyapsiz? Buni mahalliy yigitlarning birontasidan iltimos qilganingiz osonroq emasmi? – Yo‘q, bu yerliklar bunday ishga qodir emas. Menga aynan kelgindi odam kerak. Bu yerda bir-ikki kun bo‘ladi, ishini bitiradi va ertasi kuniyoq juftakni rostlaydi. O‘sha odamni men qaytib ko‘rmayman va uning o‘zi ham bu gadoy topmas joylarga qaytib kelmaydi. Siz bu yerda uzoq ushlanib qolmassiz axir? – Bunday niyatim yo‘q, – bosh irg‘adim men. – Siz kelganingizda men ovqatlanib bo‘lib, yo‘lga tushishga otlanayotgan edim. – Hammasi omadli bo‘layotganini ko‘ryapsizmi?! Menga sizni Xudoning o‘zi yetkazdi! Bu ishni shu bugun kechqurun bajarishingiz va darhol jo‘nab ketishingiz mumkin. Sizdan hech kim shubhalanmaydi. Axir sizni men bilan bog‘lab turadigan hech narsa yo‘q – biz hozirgina uchrashdik va darhol ajrashdik... Bu shahardan cho‘ntagingizda yigirma besh ming dollar bilan ketishingizni ham unutmang. – Pul yoningizdami? – ehtiyotkorlik bilan qiziqsindim men. U atrofiga alangladi, keyin kattakon sumkasini ochdi va uning ichidagini menga ko‘rsatdi. Sumka siqib bog‘langan dollar taxlamlaridan shishib ketgandi. Men hali shuncha pulni qo‘limga ushlab ko‘rmagandim. Shu sabablimi, kuraklarim jimirlab ketdi. Suhbatimiz boshlanganidan beri birinchi marta uning taklifi haqida jiddiy o‘ylay boshladim. Nima bo‘lganda ham, bu ayolning gaplarida mantiq bor edi. Haqiqatan ham xavf iloji boricha kamaytirilgan edi. Kelgindi odam qotillikni sodir etadi-yu, darhol jo‘nab qoladi. Uni hech kim tanimaydi, tabiiyki, barcha shubha mahalliy yigitlarning bo‘yniga tushadi. – Agar restorandagilardan birontasi bizni eslab qolsa-chi? – so‘radim men barcha ikir- chikirlarni ham e’tiborga olishga urinib. – Qo‘rqmang, – dalda berdi u. – Men bu yerga kamdan-kam kiraman. Restorandagilarning birontasi meni tanimaydi. – Shunday bo‘lsa ham bu yerdan ketganimiz ma’qul. Men hech narsa va’da qilolmayman, ammo gaplashib olishimiz mumkin. Gaplashganingiz uchun qamoqqa tiqishmaydi. Ayol tezgina turdi va restorandan chiqib ketdi. Men likopchaga qaradim, ammo ovqatimning qolganini yegim kelmadi – negadir ishtaham bo‘g‘ilgandi. Bir-ikki daqiqadan keyin men ham restoranni tark etdim. Men ayolga restorandan uchta mavze naridagi xilvat ko‘chada yetib oldim. U mening mashinamga o‘tirdi va biz yo‘lda davom etdik. Men ko‘zimni yo‘ldan uzmasdim. Unga qaragim kelmas, yigirma besh ming dollar uchun bir odamni o‘ldirishim mumkinligiga sira ko‘zim yetmasdi. Uning ko‘rsatmasiga binoan shahardan tashqariga chiqdim. – Qalay, bir qarorga keldingizmi? – so‘radi u kichikkina tepalik ustida to‘xtaganimizda. – O‘zingiz ayting-chi, aslida nimani istayapsiz? – ehtiyotkorlikni unutmay, savoliga savol bilan javob qaytardim men. – Bu judayam oson, – yelka qisdi notanish ayol. – U uyga soat o‘n birdan avval qaytmaydi. Siz mehmonxonada kutasiz. U kirganida o‘q uzasiz, o‘lganligiga ishonch hosil qilasiz, o‘g‘irlik yuz bergandek qilib ko‘rsatish uchun deraza oynasini sindirasiz va darhol jo‘nab qolasiz. Men yotoqxonada bo‘laman. Siz ketganingizdan so‘ng o‘n daqiqa o‘tgach, men politsiyaga qo‘ng‘iroq qilaman va uyimizga o‘g‘ri kirib, erimni otib ketganini aytaman. – O‘n daqiqa yetadi, deb o‘ylaysizmi? – shubhalandim men. – Agar darrov shahardan chiqib ketsangiz, albatta yetadi, – ishonch bilan bosh irg‘adi ayol. – Axir ketmoqchi ekanligingizni aytdingiz-ku? – Pullar-chi? Ularni qachon olaman? – Hozir sizga besh ming beraman, – ayol tizzasidagi sumkani ko‘rsatdi. – Qolgan yigirma mingini ishni bajargach olasiz. Sumka mening yonimda, yotoqxonada bo‘ladi. – O‘zingiz keyin nima qilmoqchisiz? – so‘radim men pullarni tezgina cho‘ntagimga solarkanman. – Shovqin-to‘polon tingunicha biroz kutaman, – jilmaydi ayol. – Pullarni darhol ololmayman, biroz kutishimga to‘g‘ri keladi. Keyin bu yerdan jo‘nab ketaman... Siz uni o‘ldirasizmi? – so‘radi u uzoq jimlikdan so‘ng. – Ha, – javob berdim men ham undan qolishmaydigan uzoq jimlikdan so‘ng. – Qurolni qaerdan olsam ekan? Menda hech narsa yo‘q. U o‘zining tubsizdek ko‘rinuvchi sumkasidan 32- kalibrli to‘pponcha oldi va uni sharfi bilan yaxshilab artib, menga uzatdi. – Uni manavi to‘pponcha bilan oting, keyin shahar tashqarisida tashlab yuborarsiz... Soat o‘n bir yarimlarda uyga yaqinlashing. Eshik ochiq bo‘ladi. Mehmonxonaga kirib, kutib turasiz... Men soat 22.25 da uning uyi yonida to‘xtadim va cheka boshladim. Gugurt chaqib, sigareta yaqinlashtirarkanman, qo‘llarim titrayotganini ko‘rib, mamnun bo‘ldim. Bu ish osondek, mushkulliklar bo‘lishi mumkin emasdek tuyilardi. Roppa-rosa soat o‘n bir yarimda zinapoya yoniga keldim. Ayol va’da qilganidek eshik ochiq edi. Men yo‘lakdan asta o‘tib, qop- qorong‘i mehmonxonaga kirdim. Xona o‘rtasida to‘xtadim va qaerga berkinishni o‘ylab, atrofga alangladim. Men endigina eng uzoq burchakka yashirinishni mo‘ljallagan onda to‘satdan mehmonxonada chiroq yondi.
Kutubxona
Olamsex.su Узбекское порно 2020
Uzvideos.ru УзбексКИЙ СЕКС
Sexuzbeks.ru - Только УзбексКИЙ СЕКС