Mening hayotim... 5- qism...
Hamma Alyonushkalar bahaybat batqoq mahluqini sevishadi...
-Yo'q, bo'lishi mumkin emas, Yo'q Iroda bu ishni qilmaydi deb o'tirib qoldim...Nahot bular haqiqat nega nima uchun? deb o'zimga o'zim gapirardim, men tush ko'ryapman, Iroda unday qiz emas, u hayotni yengil bilmaydi, u qizlik g'ururini hamma narsadan ustun biladi...
Elkamga muzdek qo'l(bu shunchalar muzdek ediki, o'likning tanisiday) kelib ushladi:
-Kelinoyi...Iroda ortimdan quchoqlab olib yelkamga boshini qo'yib yig'lardi.
-Iroda nega?
-....
-Siz nima qilib qo'yganingizni bilasizmi?
-.... (ko'zidan oqqan yosh yelkamni ho'l qilib yuborgandi)
-Kim u? Nega bunga ijozaat berdingiz? Yo u sizni shunday qilishingizga, chimildiqdan voz kechishingizga arziydimi?Arziydigan bo'lganda bunday qilmasdi... (Men ham yig'lardim).
- men hato qildim...
-shunday hatolar borki bu hatolardan faqat usha inson emas uning yaqinlari ham azob chekadilar.
-endi nima qilaman...
-Iroda aslida bunga men ham sababchiman, sizni ko'chalarga chiqib ketishingizni oldini olishim kerak edi.
-Men yashagim kelmayapti kelinoyi...
-o'zi yashashga haqqingiz qoldimikan. Qiz bola chimildiq ko'rmay iffatidan ajraldimi demak bu uni o'lgani (ichimdan shunchalar g'azab kelardiki)?
-Men nima qilaman.
-Bilmadim, Iroda bilmadim. Kim u? Qaysi it?
-Murod.
-Qaysi Murod. Yoki anu nargi mahalla boshidagi Murodmi?
-....
-Iroda siz ko'ra bilib turib olov bilan o'ynashdingizmi? Ahir u qanchalagan qizlar bilan yuradiku,
-U menga faqat seni sevaman derdi...
-Sevadi, sizni? Yo'q u o'zini, nafsini sevadi. Iroda qanaqa ahmoq qizsaaaan ahir. Sen... gapimi davom ettirolmadim.
-Meni kechiring, o'tkanda sizga "erga hamma ham tega oladi, erga tekkan faqat siz emas" degandim, ha erga tegish, erni hizmatin qilmoq bu juda katta tog' ekan...Menga endi chimildiq armon, menga chimildiqda sevgan yorimning asal yedirishi armon, endi menga bu dunyoning kulgulari armon.
Oradan bir oz vaqt o'tib o'zimi ancha bosib olib:
-Bo'lar ish bo'ldi Iroda, hozir Akangiz, oyijon, dadajon ammalarimikidan qaytishadi, sizni bu ahvolda ko'rishmasin, siqilishlarin hohlamayman,
-Kelinoyi, nega oyimni shunchalar yahshi ko'rasiz, nega dadamni mendanam ortiq hurmat qilasiz?
-Iroda mening oyimlar men hayotga kelganda bu dunyodan ketganlar, men onaning mehriga zor bo'lib kattaydim, men oyijondan bu mehrni toptim, meni dadam tirik bo'lsalarda, o'gay onamning gapidan chiqmasdilar, bilasizmi Iroda bundan bir necha yil ilgari akangiz bilan yangi yil kuni tanishgandik. O'sha kuni dadam ichvolib meni ko'chaga haydadi, ko'chada odam ko'p, kimdir uyiga kimdir bozorga shoshilardi, men ko'chada yig'lab borardim, bugun yangi yil oilaviy bayram, meni kim hushlaydi? Kimikiga boray?Shu vaqt oldimga moshina to'htadi, ichidan bir erkak kelib qo'limdan tortib moshinaga majburan o'tirg'izdi? Men nima bo'layotganin idrok eta o'lmadim. Moshina ancha uzoq vaqt yo'l yurib hech kim yo'q yerda to'htadi. Men moshinadan tushurib daryo yoniga olib borib, qo'lida suv olib menga tutdi. Bu vaqtga kelib atrof qorong'ulashgan edi. Men suvni ichdim, qish kuni suv juda sovuq bo'lsada yuragimdagi a'lamni bosa o'lmadi, men yana olib ichdim. Yurak hovurim pasayib endi meni qo'rqinch egalladi, ichimda g'am kelsa qo'sha qo'sha kelarkanda hozir meni zo'rlaydi deb o'yladim. U menga qarab turardi. Uning ko'zlarida hirs emas, mehrni ko'rdim...
-Kimsiz nega u yoqqa ketayotgandiz? Ko'rinishingizdan anaqa qizlarga o'hshamaysiz?
-Men? Men qayoqqa ketayotgandim?
-Haligi anaqa boru, haligi tungi kapalaklar tochkasi bor ko'chaga.
-Yo'q men unaqa qiz emasman, dedimu yalina boshladim, jon aka menga tegmang men unaqa qiz emasman deb.
-Yo'g'e men ham unaqa bola emasman deb jilmaydi. Ishdan kelayotsam kochada yig'lab kelayotgan ekansiz. Hayron bo'ldim bugun bayram nega bu qiz yig'layapti deb? Ortingizdan poylab keldim. Qarasam u ko'chaga yaqin kelib qoldingiz men sal nariroqda sizga qarab kulib kelayotgan 2 yigitni ko'rib, qo'lingizdan tortib, majburlab moshinaga o'tirg'izdim.
-Men bilmagandim u ko'chaga ketayotganimni? ( unga bugungi voqeani aytib berdim, u menga begona bo'lsa ham)
-Hm Ismingiz nima?.
-Aziza...
-Aziza keling bunday qilamiz, hozir men bilan moshinaga chiqasiz, qarang soat ham 12ga yaqinlashib qolibdi. Bugun yangi yil. Men oilam bilan birga kutishga odatlanganman. Agar mayli desangiz yuring biznikiga?
-Yo'q. Rahmat kerak emas.
-Unda nima qilamiz, sizni tashab ketolmayman erkakchilikka to'g'ri kelmaydi bu.Hmm. Yuring unda. Siz men bilan uyga borasiz, lekin uyga kirmaysiz, ko'chada moshinamda o'tirib turasiz, men shundo uyga kirib qayta chiqaman. Qo'rqmang faqat, meni yomon niyatim yo'q.
Shu bilan o'sha yangi yilni u bilan birga kutdik. O'sha kungi yigit akangiz edilar.
Nega dadajonni yahshi ko'rasiz deb so'radingiz, men hamma mehrni shu oiladan toptim, bular meni begona bilishmadi, dadajon esa meni qizlaridek ko'rsalar aytingchi endi,nega, Oyijon va Dadajonni yahshi ko'rmay, nega ularga butun dunyoyimni bahshida etmay?
5-qism tugadi...