hotin hiyonati
Hotin xiyonati
Qanaqadir o'zgarib qoldi. Telefoni jiringlasa ham cho'chib tushadimi-ey..."O'g'limizni
sog'ingani uchun shunaqa xayolchan bo'lib qolgan,
shekilli", deb o'yladim va shu hafta o'g'limizni olib
kelaman, dedim o'zimga o'zim. Ammo... O'sha
kuni ishdan biroz erta qaytgandim. Uyga kelsam,
xotinim yo'q ekan."Do'kon-po'konga chiqqandir"
degan xayolda divanga cho'zildim. Lekin negadir
ko'nglim g'alati bo'la boshladi. Odatda, kun bo'yi
charchaganligim bois uyga kelishim bilan uxlab
qolardim. O'sha kuni ko'zimga uyqu inmadi.
Xotinimga qo'ng'iroq qildim. - Uyimizni yonidagi
kafedan sizga ovqat olayotgandim. Bugun uyda
ovqat pishirgim kelmadi, - dedi u. - Tezroq kel, -
ko'nglim biroz xotirjam tortib. Ammo oradan ancha
vaqt o'tsa hamki, undan darak bo'lmadi.
Xavotirlanib u aytgan kafega bordim. Borsam,
eshik qulf, qorovul kafening yopilganiga bir soatdan
oshganini aytdi. Soatga qarasam - 23:35. Yana
xotinimga qo'ng'iroq qildim. - Mana, hozir kafedan
ovqat olyapman, dedim-u, - dedi u yolg'on gapirib.
-Kafening oldida turibman, yo'qsan-ku! Xotinim
dovdirab qoldi. - Shu yerdaman, mana boryapman,
-deya telefonni o'chirib qo'ydi. Yuragim hapqirib,
qator turgan garajlar tomon yurdim. Shunda
xotinim lip etib bir garaj yonidan chiqdi. Sochlari
to'zg'ib ketgan. Tez-tez ortiga qarab qo'yishidan
o'sha yerda kimdir borligini sezib, yugurib bordim.
Bir yigit meni ko'rishi bilan garajlarni panalab
qochib ketdi. Miyamga qon tepgandek bo'ldi. -
Kim u? Yarim kechada qayerdan kelyapsan? -
dedim baqirib. - Sizga ovqat olaman, deb kafega
chiqqandim. Yopiq ekan. Nariroqdagi kafega
borgandim... -deya dovdiray boshladi xotinim. -
Anavi yigit kim, deb so'rayapman sendan?! -
baqirig'imdan hammayoq titrab ketgandek bo'ldi. -
Umi?.. U meni kuzatib qo'ydi. - Nega seni
kuzatadi? Kim o'zi u? Taniysanmi? Xullas, uni
sudragudek bo'lib uyga olib keldim. Bu paytda
xotinim ancha o'zini bosib olgan, ko'zini lo'q qilib:
"U yigitni tanimayman", deb turib olgandi. Ertasi
kuniyoq uning telefoniga kimlar qo'ng'iroq
qilganligini bilish uchun kompaniyaga bordim.
Xotinim shu yaqin kunlar ichida faqat bitta
noma'lum raqam kuniga to'rt-besh martadan bir
soatga yaqin gaplashgan ekan. Xotinimdan
so'rasam, tan olmadi. O'sha raqamga qo'ng'iroq
qilgandim, bir yigit ko'tardi-yu, xotinimning nomini
aytishim bilan o'chirib qo'ydi. Xullas, xotinimni
uydan haydab yubordim. Ota-onamga bo'lgan
voqeani aytgandim, ular ishonishmadi."Xotining
bilan yarash, balki, yanglishgandirsan, bitta bolang
bor axir", deya shashtimdan qaytarishga urinishdi.
Ammo men adashmaganligimni, xotinim menga
xiyonat qilganini ich-ichimdan sezib turardim. Shu
bois"Endi u bilan yashamayman", deya poytaxtga
qaytdim. Ota-onam ortimdan"Agar u bilan
ajrashsang, sendek o'g'limiz yo'q!"deb qolishdi.
Bilaman, ular o'g'limni juda yaxshi ko'rishadi, bu
mehr hatto xiyonatkor kelinni ham ularning ko'ziga
oppoq ko'rsatayotgandek. Rosti, o'zim ham oilam
buzilishini xohlamasdim. Ammo... Ammo yigitlik
sha'nim, or-nomusim bo'zlardi. Ikki o't orasida
qovurilib yashay boshladim. Mening holimni oilasi
barbod bo'lgan insonlar yaxshi tushunsa kerak.
Hayot to'xtab qolgandek edi go'yo... Sarosar
yurgan shunday kunlarimning birida yaqin
do'stlarimdan xotinim haqida bir-biridan dahshatli
gaplar eshita boshladim. U uydan ketgach,
viloyatga borib, ota-onamga o'zini oqlab yig'labdi
va o'g'limni olib, yana poytaxtga qaytibdi. Hozir
qayerdadir ijara uyida turib, kafeda ofisiantlik
qilayotgan ekan. Uning battar yomon yo'llarga
kirib ketganini eshitib, yuragim tirnalsa-da, o'sha
do'stlarimga"Buni menga isbotlay olasizlarmi?"
dedim. Ular rozi bo'lishdi va bir kuni yarim kechasi
xotinim ishlaydigan kafe yoniga borishimni
aytishdi. Borsam, xotinim kafe yonidagi bog'da bir
yigit bilan skameykada quchoqlashib o'tirgan ekan.
O'zimni tutolmay g'azab bilan tepasiga bordim.
Xotinim meni ko'ri-yu,"Sherzod aka", deya boyagi
yigitga battar yopishdi. Do'stlarim:"Qo'lingni
harom qilma", deya yo'limni to'sishdi. Nima
qilishni bilmasdim, bundan ko'ra yuragimni
sug'urib olsalar yaxshi edi. Bunday paytda inson
yaqin kishilaridan madad izlar ekan. Nima
qilayotganimni bilmay onamga qo'ng'iroq qildim.
"Mana, maqtagan keliningizni bittasi bilan tutib
oldim. Endi ham menga bolang uchun u bilan
yasha, deysizlarmi?"dedim alamdan titrab. Onam:
"Nega uni poylab yuribsan?"deb mendan xafa
bo'ldi va jahl ustida bo'lsa kerak,"Sendan
kechdim!"deb yubordi. Bu gapni eshitib, boshimga
birov tayoq bilan urgandek bo'ldi. Nahotki ota-
onam nabiraga bo'lgan mehrlarini deb mening
g'ururim poymol qilib yashashimni istashsa?! Endi
ikki dunyoda ham xotinim bilan yashamayman. U
bilan ajrashish uchun sudga ariza berganman.
Ammo ota-onamdan ham judo bo'lgim kelmaydi.
Nahotki endi ular mendan voz kechishsa?! Nima
qilsam, ota-onam mening ahvolimni
tushunisharkin? Yolg'izlik va alam-iztiroblar jon-
jonimdan o'tayotgan shunday kunlarda kimdir
menga tirgak bo'lishini istayman. Aqlli, rostgo'y va
vafodor qizga uylanib, farzandli bo'lib, ota-onamga
haqiqiy baxtimni topganligimni isbotlagim keladi!