Qoshnimizning kelini Nodira “Aytilmagan dil izhori” (Sevgi Hikoyasi)
Assalomu Aleykum hurmatli saytdoshlar. Bu yana men "StarSARDOR" (САРДОР АБДРАИМОВ).
Yanvar oylari edi. Kunning sovug'iga "Nexia" rusumli mashinam o'tolmay qoldi. Ishga shoshib turuvdim, uning ustiga ustak maktabimizga atestatsiyadan otish uchun komissiyalar kelishadigandi. Shu sabab ishimga avtobust "marshrut" da ketishimg to'g'ri kelib qoldi. Astanovkada tursam qo'shnimizni kelini kelib qoldi.
Ismi Nodira. 3 og ‘il farzandi bor. Eri g‘amxo‘r, qaynonasidan alohida (bazi bir sabablarga ko'ra) yashashadi. Tashqaridan qaraganda juda baxtli. Salom alikdan so'ng, hazilkash bo'lganim uchun menga hazil aralash qachon uylanasiz? Tuyani dumi yerga tekkandami? Deb qoldi. Bu gapi menga sal og'ir botsada gapni hazilga burib keliniz o'qishi tugashi bilan ishga kirsin tayyoriga uylanaman dedim. Biroz oylanib, homush bolib, ha sevishganlar bahtli bo'lishsin dedi. Men bu holatga hayron boldimda, ha birdan hazon bo'lgan kuzga o'xshab qoldingiz dedim. U bir oz muddat o'ylanib turib gapira boshladi.
Endi buyog'ini yangamni so'zi bilan yozaman:
Nodira: Bilasizmi Sardor yoshligimdan qolgan armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman… Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan o‘tgan ekanlar.Akam va meni tarbiyam uchun oyimning vafotlaridan bir yil o‘tib dadam uylanibdilar-u lekin, o‘gay onam bizga yaxshi qaramaganliklari uchun ajrashibdilar. Dadam sal vaqt o‘tib, bir bolasi va eri avtahalokatga uchrab, faqat o‘zi tirik qolgan Maxliyo degan ayolni enagalikka ishga yollabdilar. Dadam yaxshi bir lavozimda ishlaydilar. Hayotda og‘ir,bosiq insonlar. Men ulg‘aydim. Dadam va Mahliyo xolam menga onam o‘rnini bildirmaslikka harakat qilishdi. Dadamning haydovchisi bo’lardi, ismlari Bobur aka. O‘g‘illari men bilan teng, ismi Nurbek edi. Biz bir sinfga borardik, Bobur aka bizni maktabga birga olib borib, birga olib qaytardilar. Nurbek menga juda mehribon edi. Ulg‘aydik. Chiroyli bo‘lganligim uchun oshiqlarim ko‘p edi. Lekin, Nurbek meni ximoya qilardi. Nurbekga nisbatan qalbimda nimadir his qilardim… U ham menga befarq emasdi-yu lekin, aytmasdi. Kunlar shu zaylda o‘tardi. Litseyni bitirib oliy o‘quvga tayyorlanardim. Bir kuni dadam va men televizorda "Telba” filmini ko‘rib o‘tirgandik. Hayolimga kelgan fikrdan quvonib ketdim. Kinoni ko‘rib bo‘lganimizdan so‘ng: –Dadajon kino yoqdimi? – deb so‘radim. –Yoqdi qizim – deb javob qaytardilar. –Robiya g‘alati qiz ekan, kelib-kelib xonimchini yaxshi ko‘radimi? – dedim. –Ex, qizim-a hali yoshsanda. Odam qanaqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, buyuk qalb sohibi bo‘lsin. Odam sevgani bilan bo‘lsagina baxtli bo‘ladi. Boylik o‘tkinchi – dedilar. –Demak, sizga boylik yoki kambag‘alikni axamiyati yo‘q ekanda? Mendagi o‘zgarishdan dadam sirli kuldilar. Uyalib ketganimdan baxona qilib, oshxonaga o‘tib ketdim. Qanchalar baxtliman, dadam qarshi bo‘lmaydilar… Lekin, Nurbek menga bir bora ham sevaman demagan. Men qanday aytaman… Ha topdim, sal bildiraman; bugungi dadam bilann bo‘lgan voqeani aytib beraman… Ertangi kun o‘qishga borganimizda Nurbekga aytdim. Lekin, uning gapi hayratga soldi: –Dadang yaxshi hayotni ko‘rgan odamda… Domla bergan masalani yechdingmi? Shunday desada, lekin g‘amxo‘r edi. Sevishini bilardim. Uni dil izhorini kutardim. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirar vaqtimiz Nurbek topshirmadi. Oilasida uch singlisi bo‘lganligi uchun: –Dadamni ishlagani nima bo‘ladi, men Rossiyaga borib ishlab kelaman, keyin o‘qishga kiraman, dedi. Kutasanmi? Qo‘ng‘iroq qilasan-a? Yuragim hapqirib ketdi: –Ha kutaman, dedim. U ketdi… Men o‘qishga kirdim. Uni kutdim. Uch yilga ketgandi. Menga sovchilar kelib charchamasdi. Lekin, men hammasini rad etardim. O‘qishimizda bir olifta Zohid degan bola bor edi: –Nodira, iltimos meni rad etma, boylging kerak emas, seni sevaman… –Tinch qo‘ying, meni yigitim bor, derdim har safar. U bo‘lsa: –Aldama, ikki yildan beri ortingdan yuraman, bo‘ldi yetar, seni baribir o‘zimniki qilaman… Shunday vaqtda Nurbekning yo‘qligi bilinardi. Kelishiga yana bir yil qolgandi. Ikki yil ichida telefonda gaplashib turardik, uyiga pul jo‘natardi. Bir safar tel qilganida, u yerda uylanganini, baxtli ekanligini aytib, suyunchi oldi. Nahot sevganimni sezmagan bo‘lsa, rosa alam qildi… Afsus, bu oxirgi gaplashishimiz ekan… Jaxl ustida ortimdan yurgan Zohid bilan kechki ovqatni birga yeyish uchun rozlik berib yubordim. Keyin, afsuslandim-u lekin, kech edi…
(DAVOMI BOR)