Parilar OROLI... [ 5 - Qism...]
Oyim yo`limni to`stilar, qo`llarimdan tutdilar.
- O`g`lim, shunaqa gapiryabsanki, seni taniyolmayabman! Ahir sen bunday yigit emasdingku?
- oyim yuzlarimni siladilar, - Oyimcha deganing nimasi, ahir Serena tarbiyali qiz. Sen vijdonli yigitsanku! Mehribonliging qayoqqa ketdi?
- Bobom doyim aytadilar, ``Yerga urug` ekdim bo`ldi deb o`ylama. Sen istagan hosilni olishing uchun, yerga ishlov, suvi, o`g`iti bilan birga mehirni ham o`z vaqtida ber, shunda o`zing kutgan hosilini olasan.`` deydilar. Vijdon kelsan oyi, uni hozirgina dadamga sotdim. Serena bilan esa o`zim istaganday yashayman...
O`z nazlimda haqiqatni aytgan bo`lsam ham, so`zlarimdan keyin oyimni achinarli ahvolini ko`rib yuragim uvushib ketdi. Ona qanchali muqaddaz zot ekanliglarini bilaman, ammo na qilay, o`z haqiqatimni aytishim kerak edi...
* * * * *
Hafta davomida Serena bilan, 3 bor har hil yerda uchrashdik. Ko`p bor qo`ng`iroqlashdik.
Hafta ohirida, oylaviy kichikkina ziyofatda bizni unashtiruvimiz bo`lib o`tdi.
Dadam vadalarni qoyillatib, bajarishdi. Ertasiga esa, sohibjamol Serena bilan Parijga sayohatga otlandik...
Ilk kundanoq Serenani harakterini o`rganishni boshladim. Oylada, do`stlari uni erkalab, ``Yulducha!`` deb atashar ekan. Hullas menga nasib etajak Yulduzchaning, aqli men o`ylaganday hali tiniq emasdi. Tevarak, atrofimizda bo`layotgan voqealarni, o`zgacha idrok etardi. Hamma narsadan Ramantika izlar, hayotga huddi ertakday qarardi. Atrofdagilarga munosabatidan, unda xasad, tabiatiga monand xudbinlik borligini payqadim. Garchi bu qusurlari yaqqol sezilib turmasada, har xolda menga malum bo`lgandi. Unga ato etilgan, tabiatni asosiy belgisi bo`lmish, chiroy...
Go`zalliga hamohang, qalbida yoshlik orzulari alangalanar, har daqiqada, baxtiyorligidan xusunda barkamol, qaddu-qomati, ham modellardek raso bo`lib ko`rinardi. Asli da ham shunday. Har qaraganimda ko`zlarida chaqnayotgan sevgini ko`rardim...
SHUKRONA:
- Serena Pereni sezni yoqtirib qolibdida?
FARRUH:
- Kutmagan edim, lekin huddi shunday bo`ldi. Biz kamtarona, ammo taomlari oli darajali kichikkina restaranga, kechki ovqatni tanovul qilayotgan edi...
Gapirganda qo`llari bilan nuzik harakatlar qilib, kulganida esa sho`xchan boshini orqaga tashlardi. Qilayotgan nozu karashmalari ham uning go`zalliga o`zgacha jilo berardi. Parij qalblar shaharchasi, bey ehtiyor unga mahliyo bo`lib qolibman. Allanimalar deb bidirlayotgan qiz birdan to`xtadiyu meni sevishini va men uchun hammanarsaga tayyorligini aytdi...
SHUKRONA:
- Demak Serena Pereni sevgi izhor qildi! Bechora qiz... Siz esa uyalmay vaziyatdan foydalandingiz to`g`rimi?
FARRUH:
- Shukrona hamon men haqimda salbiy fikrdasan!
Bilmadim nima uchun! Lekin u hohlagan taqdirda ham, men ahloq miyorlarini hatlab o`tmasdim... Hayolingga ham keltirma, ojiz emasman... Faqatgina, tarbiyam bunga yo`l qo`ymasdi...
SHUKRONA:
- Uzur Farruh... Men ajoyib qiz, Serena Perenini halok bo`lishida mantiq ko`rmayabman... U sizni sevib qoldi. Siz esa uylanishga rozi bo`libsiz, lekin u halok bo`ldi!!!
FARRUH:
- Sen voqealar rivojini tezlattirmoqchisan! Mayli voqealarni biroz qisqartiray. Parijdan qaytganimizdan so`ng, uni O`zbekistonga taklif etdim. Men uchun hamma narsaga tayyor qiz, bu taklifimni rat etdi. Tushunganday bo`lim, u ota-onasidan uzoqqa ketishga qo`qyabdi deb. Har xolda avvaliga shunday o`yladim. Keyin esa, kasal o`z istimasini oshkor qila boshladi... Uning ko`ngli tez-tez beyhuzur bo`lardi... Bundan tashqari, unga tez-tez SMS kelib turardi... U esa ``Dugonalarimdan!`` deb aldardi. Qishloqda o`sgan bo`lsamda, go`l emasdim. U allaqanday yigit bilan aloqada edi... To`satdan SITSILYA oroliga, ``dugonalari bilan sayohatga!`` deb u yerga otlanib qoldi...
SHUKRONA:
- Bundan chiqdi, Serena Pereni xomilador bo`lgan? Bola sizdan bo`lmasa, unda kimdan! Demak SITSILYA oroliga kimnidur izlab borgan shu bilan birga, o`z ajalini ham?!
FARRUH:
- To`g`ri anglading, orolga kimningdur izlab borganini men ham sezgandim. Shuni uchun ortidan tushgandim. Ikkimiz ham bir paromda edim, u nimadandur qattiq havotirda edi. Shuni uchun, hech qayoqqa e`tibor bermadi. Uni izma-iz SITSILYA janubigacha taqib qilib bordim. Sohil bo`yi. Pilyaj futboli o`ynaladigan maydonlar, tizma qator yaxtalar bor. Serena o`sha yerda joylashgan mehmonxonaga kirib ketdi. Saldan keyin qaytib qichib, yaxtalar joylashgan bandargoh tomon yo`l oldi. Bandargohda turib, dengizda suzib yurgan yaxtalar tomon qo`l siltadi. Ulardan bir, chaqiriqni javobsiz qoldirmay ortiga buruldi. Bandargohga kelgan yaxtadan sakrab tushgan yigit, Serenani bag`riga bosdi...
Men birgina maqsadda Serenani ortidan kuzatgandim, aslo uni yoqtirganim yoki, bo`lajak rafiqam bo`lganini uchunmas, meni birinchi tasurotim to`g`ri ekanligini ota-onamga isbotlab qo`yish xolos edi. Ammo u bilan allanimalar haqida gaplashib, tinmay uni quchayotgan yigit Marco, Ballardini ekanligini ko`rganimdan so`ng qonim qaynab ketdi...
Ularga yaqinlashdim, meni ko`rib Serena qo`rquvga tushdi.
- Farruh sen o`ylagan narsa emas... - qo`rqanidan uning ovoz shunaqangi ingichkalashib ketdiki, - Men seni sevaman, Farruh... -dedi qiz yig`lagancha.
- Qorningdagi bolani otasi, manabu ablahmi? -deya ular tomonga yaqinlashdim, - Javob ber...
- Ha, uni qornidagi bolani otasi men. Men Serenani sevaman...
Kutulmaganda Marco tashlanib qoldi, yelkadan oshrib yerga urdim va tumshug`iga yaxshilab musht tushurdim.
So`ng meni aldagan, sevib qolgan qizaloq tomoshasi qo`ygan (Yulduzcha) tomon yurdim.
U mendan qo`rqib o`tina boshladi.
Niyatim uni jazolash yoki zarar yetqazish emasdi. Unga faqat bor gapni kattalarga o`zi aytib, unashtiruvimizni bekor qilishini talab qilmoqchi edim.
Ortimdan Marconing bo`g`iq ovozda aytgan haqorati eshitildi.
- Yaramas Farruhhhh...
Ortimga o`grildim, biroz vahima bosdi. Marconi qo`lida to`pponcha, lekin u ham nimadandur qo`rqar qo`li qaltirar edi.
- Marco qo`lindagi o`yinchoq emas... Senlarni munosabatinga qarshi emasman... Qurolni tushir, ikkoving birga bo`lishinga men halal bermayman. Ammo borib, hammasini o`zlaring tan olasanlar... -deb ularga talab qo`ydim.
- Yo`q, barchasi o`z holicha qoladi... -Marco qurolni ikki qo`llab ushladi, biroq shunda ham hansirab hayajonda gapirar va qo`li qaltirardi, - Hech narsa o`zgarmaydi... -dedi.
- Nima! Meni kim deb o`ylayabsan? Toshingni ter ablah...
Uni bu talabidan keyin orim keldi, jahlim chiqdi, u tomon bir qadam tashlaganimni bilaman, o`q ovozi eshitildi.
Marco qattiq hayajonda, qurolni tushib yubordi va sarosimaga tushub qochib keta boshladi... Bilmadim nima uchun u tashlagan, qurolni qo`limga oldim. Balki uni ortidan otmoqchi bo`lgandurman. Ortimdan ingroq ovozni eshitdim. Marco uzgan o`q, Serena ko`kragiga tegibdi. Bir lahzaga nima qilarimni bilmay qotib qoldim.
Qonga belangan ko`kragini ushlab, gaprishga urunayotgan Serenani ko`rib, birinchi yordam ko`rsatishga urundim...
Unga aytgan ohirgi so`zlarim.
``Hammasi yaxshi bo`ladi!``
Barchasi bir zumda sodir bo`lgandi. Huddi daxshatli tush ko`rayotgandek edim. Ammo bu tushu emas va allaqachon uning tanasi, jonsiz qolgandi. Ochiq qolgan ko`zlarida, qo`rquv va afsus qorishib ketganini ko`rdim...
``Endi nima bo`ladi!``
Shu topda, o`zim tomon kelayotgan kopgina sohil qo`riqchilariga ko`zim tushdi. Miyamga kelgan fikr, no-to`g`ridur balki to`g`ri... O`sha damda miyam o`ylash salohiyatini to`xtatib qo`ygandek, faqatgina qochish haqida buyruq berardi. Marco haydagan yaxtaga o`tirib, dengizga chiqib ketdim. Qayoqqa ketayotganimni ang`lay olmasdim, faqatgina qo`limda joni uzilgan Serera haqida o`ylardim. Shu axvolda katta tezlikda janub tomon ketaverdim...
Ortimdan quvishdimi, yoki yo`q, bunisini ham bilmayman. Yoqilg`i tugab, yaxta to`xtaganda men hafsiz yerda edim...
SHUKRONA:
- G`irt ahmoqona ish qilgansiz, qochib ketib...
FARRUH:
- Men ham buni tushunib yetganimda ancha kech edi... Ortga qaytishga yoqilg`i yo`q, yana qandaydur sabab tufayli, yaxtani elektr manbayiga ham zarar yetgandi... Birdan bir najod, meni o`zlari qidirib kelishlari, yoki birorta kema duch kelishi edi. Aksiga olib ulardan darak yo`q, buni ustiga dengiz kasalligidan azob chekardim. Yegulik va ichimlik suvim ham tugab borardi. Besh kecha kunduz tinmay chayqalayotgan dengizda, jon saqladim. Bu aytishgagina oson, tashnalik, ochlik, miyyamni churmab olayotan daxshatli fikrlar. Ayovshz kuydirayotgan qiyosh. Bu daxshatini boshdan kechirgan insongina meni tushuna oladi. Ichaklarim shunaqa burashib, og`rir tinmay qayt qilgim kelar. Ammo hech narsa yemaganim uchun, chiqara olmasdim. Oltinchi kunga o`tib, butkul xoldan toydim. O`sha kuni, kechga borib g`ayritabiy bulut uyumi paydo bo`ldi. Negadur dengiz chayqalishdan to`xtab, huddi oynadany bo`lib qoldi. Bulut uyuri, to`g`ri ustimga bostirib kelardi. Yuragimni qurquv tark etti.
Bardoshim tugab taqdirga tan berdim shekili.
``Nahot shunday o`lib ketsan?``
Ko`zlarimni chir yumib, yaqinlarimni chehralarini ko`z oldimga keltirdim. Bobom, buvim, dadam, oyim. Ular bilan hayolan vidolashdim ham. Huddi kuchli magnit maydoni borday, yaxta qattiq silkina boshladi. Ko`zlarimni bazozo`r ochdim.
Bulut ustimga kelgan, eliktir tokiga oxshash yorqin yug`du ichida edim... Hushumni yo`qotmasimdan avval ko`rganlarim shular edi...
SHUKRONA:
- Davom eturing... Men kutayotgan, joyga kelganda, nega to`xtab qoldiz?
FARRUH:
- Vaqt allamahal bo`lib qoldi... Balki uyinga ketarsan?
SHUKRONA:
- Bu yerni rahbariga ancha katta pora berganman... -Shukrona turib eshikni qoqdi. Sal o`tib, aravacha yetaklagan oshpaz turli issiq taomlar, mazali shirinliklar, ichimliklar olib keldi, - Farruh qorin ochib ketdi... Qolganini kechki ovqatdan keyin aytib berasiz!
FARRUH:
- Senga qoyil qolmay ilojim yo`q. Maqsading yo`lida hech nimadan toymaysan shekili!
SHUKRONA:
- Ovqatga qarang Farruh...
* * * * *
NOTANISH SOHIBJAMOL...
FARRUH:
- Nimalar ro`y berdi. Qanday u yerga tushib qoldim, buni idrok etolmasdim. Tomog`im qurib, xolsiz bazo`r pichirlab suv so`ragandim... Kimdur og`zimga bir qultum qan mazasi kelib turuvchi, sharob quydi. Yo`q, bu sharobdan ko`ra, super quvvat eliksiriga o`xshardi... Agar dunyoda shunday mo`jizakor, ichimlik bo`lsa...
G`ayri tabiy super ichimlik, tanamga shunday tez tasir o`tqazdiki, agar yana bir qultum ichganimda battamom avvalgi quvvatim tiklab olgan bo`lardim.
Ko`zlarimni ochganimda, hayratdan bemajol bo`ldim. Qarshimda a`qilni shoshiradigan darajada go`zal, ayol turardi. Huddi onadan endi tug`ulganday, kiyimsiz...
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-