Parilar OROLI... [ 4 - Qism...]
SHUKRONA:
- Demak bir ko`rishda Lorenzo Pereni qiz Serenani yoqtirib qolibsizda? -kinoyalai kulgu, - Siz erkaklar hammangiz bir go`rsiz, go`zal ayolni ko`rganiz hamoni sulayiz oqib ketadi!
FARRUH:
- Siz ayollar esa, shoshqaloqsiz! Avval o`ylamay fikr qilasizlar! Men Serenani yoqtirib qoldim deb aytmadim-ku!..
SHUKRONA:
- Davom etavering...
FARRUH:
- Ilk uchrashuvda unda ta`surot qoldirishga harakat qildim. Ayyorlik mujazasam, ibodan mosvo ko`zlariga termulib, go`zalligini math etdim...
Bunday hushomatdan keyin, Serena bilan juda tez til topishdik. Kattalar esa bizni yolg`iz qoldirishdi. Nazarimda Serenaga maqul tushgandim, qiziqib suhbatlashar, turli savollar berardi. Shu jumladan men ham...
Oshga tushgan pashshaday, Marco kelib bizga qo`shildi. Serena Marco bilan yaqindan tanish ekan. U bizlarni qaytadan yana bir bor, tanishtirdi. Marco Ballardini otasidan ham o`tgan maqtanchoq bo`lib chiqdi. So`ramasam ham, o`zini futbolchi ekanligini, aytib bizni Serena ikkimizni o`yinni ko`rgani taklif qildi. O`ynaydigan kulibi esa, Italya 4-Divizyoni o`rtamiyona vakili ekan. Shundan g`ururlanib, turgan maqtanchoqqa bo`sh kelgim kelmadi. Letseyda o`qigan vaqtim kurash to`garagiga qatnashib, ikki, uchta yorliq olgandim. Anchayin ko`pirtirib, o`zimni ko`pkarra O`zbekiston, bir necha marta kurash bo`yicha Osiyo chenpioni deb tanishtirvordim.
Marconi yuziga bir shapati tushurgandek bo`ldim. Kalovlanib ming`irladiyu daf bo`ldi...
Bazim tugab hamma tarqadi, biz esa biroz ko`proq vaqt qoldik. Uyga qaytishdan avval Perenilar oylasi va biz stol atrofiga o`tirdik. Olalarimiz o`rtasida juda samimiy muhut hukmron edi. Lorenzo qizi Serenaga qarab qo`yarkanman, ularni nigohlaridan bo`lajak rishtalar bog`lanishidan mamnunliklarini shundoq sezib turardim. Dadam yelkamga qo`l tashab, manoli qarab qo`ydi. Men esa munosabat bildirishga shoshilmadim. Tilga kirgan Lorenzoni rafiqasi Caralina bizlarni, yani Serena ikkimiz yana bir bor uchrashib ko`rishimizni maslahat berdi. Onam ham maqulladilar. Lorenzo esa bizlarni birga sayohatga chiqishimiz taklifini o`rtaga tashladi. Qizi Serenadan fikrini so`radi. Qizi esa ko`ngli ko`tarib, rozi bo`ldi.
- Farruh sen nima deysan? -dedilar dadam, italyan tilida.
- Shunday go`zal qiz bilan jon diyman! -dedim o`zimni dangan, biroz surbetroq tutib tirjayib Serenaga qaradim. - Parij juda go`zal shahar to`g`rimi?
- Shundan Farruh... -dedi jilmaygancha.
Lorenzo ham dadam ham hursand. Bizni nikohlarimiz ular uchun, ayniqsa Lorenzoga obro`sini mustahkamlab olish uchun zarur. Dadamga esa, boyligini yanda oshirib olishga imkonyat...
Dadam biroz men tomon egilib, o`zbekchada shivirladi:
- Serena senga yoqdimi?
Ota-bola o`zora o`zbekcha gaplasha boshlaganimizdan, Lonenzo va uning rafiqasi hushyor tortdi.
Mendan ko`z olmay, tinmay oppoq tishlarini ko`rsatib jilmayayotgan, Seranaga qarab tirjayib, dadamga shivirladim.
- Ko`ngil hushlik qilgani bo`ladi...
Lorenzoni oylasi o`zbekchani tushunmadi. Ammo onam yal etib, dadam esa o`qiraydilar. Men beyparvo, tirjayib turaverdim.
- Lorenzo biz qaytamiz!
Dadam Lorenzoga ketadigan vaqtimiz bo`lgani aytib o`rnilaridan qo`zg`oldilar.
Yaxshilab, qo`l berib hayrlashdik. Eshikdan chiqarkanman, Serena barmoqlarini o`pib, bo`sa shamolini yo`llab hayirlashib qo`ydi.
``Qizni yuragidin urubman shekili!`` ota-onamga eshitkizdirib g`udurlab qo`ydim...
Villaga kelgunimizgacha dadam lom-lum demadi. Eshikdan kirganimizdan so`ng yorildi.
- Yaramas sen nima deding?
Dadamning hudbinligiga qarshi isyon qiladigan vaqtim kelgandi.
- Nima deyishim kerak bo`lmasam? -ovozimni balantlatdim, - Meni hayotimni o`zlarizcha hal qilyabsiz... Nima men katolk qizga uylanishim kerakmi?
- Farruh dadangga ovozingni ko`tarib gapirma! O`g`lim senga aytgandikku, u mululmon diniga o`tmoqchi! Sen bo`lsang bemani hayollarda, nimalarni gapryabsan!
- Oyi muammo bunda emas! Qizni ko`rdingizku, o`zbekona hayo, ibo umuman yo`q. O`zbekistonda hayo, ibodan musvo qizlar nima ish qilishi bilsayz kerak...
- Jaaa aqilli bo`b ketibsanmi? -dadam kinoya qildilar, - Bu yerda madanyat boshqacha...
- O`z madanyatimdan boshqasini hazm qilolmayman. Menga g`zal barbi kerakmas... Hotinim o`z yurtimni qizi bo`lsin, buvimday mehribom, Muhabbatday hayoli, iboli jufti halol kerak...
Ota-onam hayratga tushishdi.
- Muhabbat!!! Kim u?
- Hechkim... -deb zina tomon yo`naldim, - Charchadim dam olaman, sizlarga hayrli kech...
- To`xta... Hali gapim tugamadi...
Avvaliga merosdan mahrum qilishlarini aytib yo`riqlariga yurg`azishga urundilar.
Nozik joyingni bilib olishsa, qo`rg`oning toshdan bo`lsa ham, birgina kesak bilan uni qulatishlari alamli.
- O`zbekistonga borib kelding, tilin chiqib qolyabdi. Buyog`iga cheklov qo`yiladi...
Dadam jiddiy, bir gapli inson bo`lgani uchun, uladan juda hayiqar edim. Ammo aydi damda haqligimni his qildim.
- Demak bobom, buvim qishloqdagi qarndoshlarda or qilarkansizda?
- Yaramas...
Yuzimga tushgan shapoloq ovozi jaranglab ketti. Dadam o`zlari tutolmay, qo`l kutarvordilar...
Qo`limni bigiz qilib dadamga baqirib gaprishga jurat topdim.
- Siz hudbinsiz dada!
- Biz bilan qanday ohangda gaplashyabsan? -deb o`rtaga onam tushtidi. - Tarbiyashz, madanyatsiz, ota-ona bilan qanday gaplashishni unib qo`ydingmi?
- Oyi meni hayotim, bu meniki, unga arashishga sizlarni haqqiz yo`q...
- Nima?
- Ha, voyaga yetganman. Dadamga aytib qo`ying, menga ularni boyligi keraymas. O`zbekistonga borgizmay qo`yaman deb qo`rqitmoqchi bo`lmasinlar... Istagan vaqtimga, istgan joyimga boraman... Shu yerda yashab, shu yerni odatlarini talab qilayabsizmi, demak men shu jamiyat odatlariga monad, ota-onamdan alohida yashab, o`z hayotimga o`zim egalik qilshga haqliman...
- Sen yakkayu-yagona o`g`limizsan... Bizni tashlab ketomisan...
- Oyi imon yo`lim to`syabdi, bobomdan qo`rqaman akis holda... - zinadan yuqoriga yo`naldim, - O`ylab ko`rilar, xayrli tun...
Zinadan ko`tarib yotog`imga ketarkanman, ortimdan dadamning ``Voy yarmas!`` onamning esa, ``O`zbekistonga borganining tasiri!`` deb aytgan so`zlari eshitildi.
O`zlari o`liy tabaqa deb biladigan oqsuyaklar davrasiga kirgan ota-onamda, o`zga millat urf-odati tasiri anchayin sezib qolgandi. Ota-onamga qattiq-qattiq gapirgan bo`lsam ham, bundan afusda emasdim. O`zimni O`zbek bolasi ekanligimni bot-bot takidlab, ularga ham kimning farzandi ekanligini yodiga tushurib qo`ydim... Ota-onam o`ylab ko`rishlari tayin.
Men esa hech narsadan tashvish qilmay, maza qilib uxlashga yotdim...
Kara Tunen uyimizdagi hizmatkor ayol. Erta tongda uyg`otdi.
- Salom Kara...
- Salom janob, yaxshi dam oldizmi? - Yaxshi o`zing yaxshimisan? Oylang tinchmi?
- Tashakkur janob... -o`ziga yarashgan tabassumini qildi, - Nonushta qilasizmi, yotog`izga olib chiqaymi?
- Yotoqda ovqatlanish odobdan emas, pastga tushaman...
Kara Tunen o`rta yoshli, mallasoch yoqimtoy ayol. Ko`pdan buyun oylamizga hizmat qiladi. Uni hizmatkorlikka olganimizda endigina turmush qurgan ayol edi. U paytda ota-onam oldiga qisqa muddatka kelardim. Ushanda ham, ular ishda, yoki safarda bo`lardi. Shunday paytlarda Kara bilan suhbatlashib o`tarardim. Uni hizmatkorday ko`rmaganim uchun, u ham meni yaxshi ko`rar, o`ziga yaqin olardi...
Nonushtaga tushganimda hali ota-onam stol atrofiga kelmagan ekan. Yangi keltirilgan jurnallar ichida Avto ulovlarni yoritib boriladigan jurnalni olib varoqlay boshladim. Sal o`tib, ota-onam stol atrofiga tushib kelishdi. Hechgap bo`lmaganday ular bilan salomlashdim. Oyim odatdagidek gaplashishda davom etdilar, dadam esa qovog`larini solgancha indamay o`tiraverdi.
Kara nushutaga tayorlagan taomlarni stolga tordi.
- Kara... O`zinga likopcha qo`ymabsan-ku? -dedim.
- Janob men...
- Sen ham shu uyda yashaysan-ku, o`tir birga nonushta qilamiz...
U hijolat bo`lib, dadamga, oyimga ko`z tashladi. Dadamni qovog`lari hali ham soliq, onam esa, hayron...
- Nimaga turib?!
- O`zinga ham ovqat suz... -dedilar oyim ham.
Kara kolovlanib dadamga qarab qo`ydida, o`zi uchun ham tamom olib kelib yonimdagi stulga o`tirdi.
- Kara meni bobom shunday o`rgatadilar. Agar ovqatlanayotgan mahalda chiqib qolgan qo`shnini bolasini ham dasturxonga taklif qiladilar... - shunday o`zbekona, insoniy fikr yurutib, ota-onamga bosim o`tqazishda davom ettirdim. - Biz O`zbeklarda, insonni qadri boylik, mansab bilan o`lchanmaydi. Sen oylamizga hizmat qilasan, uyumizni tozalaysan, ovqatimizni pishirasan nega endi biz bilan ovqatlanmaysan?
- Yosh janob hizmatchilarni o`z qoydalari bor... -dedi Kara muloyimlik bilan.
- O`zbeklarni ham o`z qoydali bor, bu insoniylikdir... Qani ol o`sh bo`lsin...
Bismilloni aytida o`z taomimni og`zimga soldim.
- Bay-bay-bay... Kara taomlaring biram mazaliki... - dadam tomonga ko`z qirimni tashlab qo`ydim, - Kara o`zinga o`xshagan singling yo`qmi?
- Janob oylada kenja farzand edim...
- Afsus, singling bo`lganda unga uylanardim...
Bu gapimdan keyin dadam og`ir hursundiyu, likopdagi taomni o`zlaridan nari surdi. Kara esa ikkinchi taomni tortish uchun o`rnidan qo`zg`aldi.
- Shoshma... O`tir joyinga... - deb uni to`xtatdim, - Bizda ovqatlanib bo`lmaguncha, dasturxonga duo o`qulmaguncha hechkim turib ketmaydi...
Dadam endi, g`azabini jilovlab, barmog`ini stulga urib tiqqillata boshladi. Dadamni nigohlari menda, Kara va oyimniki dadamda...
Ularga parvo qilmay taomimni ohirigacha yedim va stolga to`kilgan non uvoqlarni terib kaftimga to`pladim...
O`zimga o`zim, ``Nonning uvohiham non!`` dedimu kaftlab og`zimga tashladim.
- Yana qancha davom ettirasan? -dedilar dadam. Oyim dadamni jahli chiqayotgani sezib ularni qo`llaridan ushladi, - Farruh, bilasan bitta gapiraman...
- Unda dada roziman, o`sha qizga uylanganim bulsin...
Bu gapim maqul tushdi, o`zlariga bo`ysundurganlaridan mannunliklari ko`zlaridan bilindi.
- Shartlarim bor!.. -dedim.
- Qanday?
Boya varoqlagan, stolni u boshida turgan jurnalni tortdim va uning miqovasidagi Lanbarjini rusumidagi sport mashinasiga ishora qildim.
- Shuni hohlayman...
Dadam bir qimtindilaru:
- Ho`p keyingisichi?
- Yaqin 10 - 15 yil ishlagim yo`q, hayotdan lazzat olmoqchiman...
- Nimalar deyabsan? -oyim suhbatga qo`shildilar, -Yolg`iz o`g`limissan, bor yeg`gan terganimiz seniki..
- Bo`lmasa istaganimday sarflay.
- Har yili, hisobingga pul o`tqazaman... -dedi dadam.
- Qancha...
- ...\ anchagina...
- To`yim O`zbekistonda, o`zbekona urf-odatlar asosida o`tadi...
- Ho`p... Bo`ldimi?
- Ohirgisi, men O`zbekistonda yashayman...
- Bu haqida keyin o`ylab ko`ramiz...
Inson ichida, telbanamo hohish istaklar, hayvoniy hirs tuyg`ular bo`ladi. Ota-onam sabrini sinash uchun, men ham shu hislarimga ozgina erk berdim...
- Nonushta qilib bo`ldim... -qo`llarimni duoga ochdim, - Iloho omin, bergan nozu-nematlaringga shukur... - Oyim va Kara ham qo`larinh duoga ochishdi. - Ota-onamg o`zing insof bergin...
Yuzimga fotiha tortdim, dadam humraygancha o`tiraverdilar. Oyimni kaftlari ochilgancha qoldi. Kara esa tushunib, tushunmay yuziga fotiha tortdi.
O`rnimdan turidim va qo`limdagi jurnalni dadamni oldiga tashladi.
- Sizni talabiz, bajarilishi istasay. Meni istaklarim bajaring... Menga mashina, pul kerak. Tez kunda anovi oyimcha bilan Parijga sayohatga jo`nayman...
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-