Parilar OROLI... [ 3 - Qism...]
Tushdan so`ng, to`g`ri qishloqqa, bobomning hovliga kirib bordim. Xovliga qadam bosganim hamoni, dimog`imga rayhon isi uruldi. Buvim chakkalariga rayhon taqib olgancha, hovli etagidagi kichikkina gulzorga ekilgan rayhonlarni tagiga suv quyib, yovvoyi o`tlardan tozalayotgan ekanlar...
- Hoji buvi... -dedim.
- Huvvv! -deb boshlarini ko`tardilar, - Vooy bolajonim, keldingmi?..
- Sizni juda sog`indim buvijon!
Borib rayhon isi urib ketgan buvimni quchoqladim. Yuz ko`zimdan o`pdilar, ``Buving o`rgulsin!`` deb ko`zlariga yosh oldilar.
Oshxonadan kelnoyim, uy ichidan jiyanlarim chiqishdi. Salomlashdim, bir birimizdan xol ahvol so`radik. Kelnoyim suriga dasturxon yozdi.
- Dadang, oying yaxshimi?
- Hammalari yaxshi yurishibdi!
- Ko`pga keldingmi bo`lam?
- Ha... Ancha yonizda bo`laman... -buvim mehirli qo`llari bilan boshimni siladilar, - Buvi hoji bobom, amakim qanilar?
- Shiyponda edi... - peshonamdan o`pdilar, - Bobongni oldiga borasanmi?
- Ruhsat bersayz... Bobomni juda sog`inganman, buvi...
- Mayli boraqo...
- Rahmat buvijon... -dedimu, shosha-pisha kiyimlarimni alishtirib, tokning ustumiga suyalgan velasapedni yetalab ko`chaga chiqdim...
Oooh... Chang ko`chalar, manaman degan shahlarning, tosh ko`chalaridan ming chandan avzal. Velasapedni mingancha, bobom yaratgan bog` tomon shoshildi. Qishloq odamlari, samimiy yuz qiyofalar, yuzi yorug` keksakar ularga salom berib o`taman. Ayollar, qizlar uchraydi, ularni egnidagi oddiy liboslan Milan ko`chalaridagi do`konlar peshtaxtasida turgan liboslardan, ming karra chiroyli...
Albatta mahallada yashavchi o`sha Muhabbat ismli qo`shni qizning eshigi oldidan sekin o`taman. Qani edi uni ko`rsam, afsuski ko`rinish bermadi. Hali vaqttim ko`p, uni uchrataman deb o`ydan yo`limda davom etdim...
Shiponga yetganimda, amakim endi drinajni yurg`azayotgan ekanlar. ``Jiyan!`` deb quchoq ochib kutib oldilar. Amakim bilan salom alik qilib bo`lgacha, bobomni so`radim. Uzoqda oq yaxtakda yurgan bobomni ko`rsatdilar.
Oyoq kiyimimni yechib, bir chekkaga qo`ydim. Olama shohiga ilingan ketmonni yelkaga tashlagancha, bobom tomon, qator oraladim.
Avvaliga tanimay tikib qaradilar, masofa yaqinlashgani sayin, soqolli qimirlab, yuzlarida tabassum ko`rindi...
O`n-o`n besh metir chamasi, balan ovozdan salom berib qadamimni tezlatdim. Alik olgan bobom, osh laganday kattakon yuzali ketmonini qo`yib quchog`ini ochdi. Bobomni qattiq quchdim, ter boshgan yuzlarini yuzimga bosdilar.
- Sizni rosa sog`ingandim... O`ziz bardam yuribsizmi hoji bobooo...
Bobom belimdan quchib, bir yuqoriga ko`tardilarda, pastga tushurdilar. So`ng quchoqlaridan bo`shatib, yelkamga qopdilar...
- Hush kepsan bolam... -bo`y-bastimga yaxshilab nazar tashladilar, - Ulg`ayib qolibsan! Ammo oftob ko`rmay oqarib ketibsan!
- Mana keldim yonizga, bog`da siz bilan oftob tig`ida ketmon chopib qorayaman endi...
- Barakalla bolam...
Bobom jilmayishga harakat qilarkanlar, ota-onamni ahvoli so`radilar. Anchayin keksaya boshlabdilar. Soch, soqallariga oq oralabdi. Lekin hali hamon, tetik bardamlar. Yengil hursinib qo`yarkanlar:
- Dadangni ishlari tugay demadimi? -dedilar, biroz zarda bilan ketmonni yelkaga olarkanlar.
- Tugab qolar! -dedim yelka qisib, ketmonni qo`limga olish ishga taraddutlandim, - Bobo men nima qilay!
- Anovi yerga suv yaxshi chiqmaydi, manabu yerdan kichikroq ariq olamiz!
- Ho`p, bo`ldi bobojon. Siz bir pas damizni olaturing hozir o`zim do`ndirib tashlayman... -dedim astoydil ketmon dastasini changallab.
Bobom yug`on ovozda kuldilar.
- Eee bolam... Dam baloni olsin. Damni uyoqda olarmiz. Hozir kuchimiz borakan mehnat qilamiz! -dedilar ketmonlarini balan ko`tarib yerga urarkanlar.
Tengi yo`q bobom borda, har so`zida - mano, o`git, har qilgan ishilari o`rnak. Bobomni yonlariga tushdim...
Kechgacha ishlab, so`ng dirinajda cho`milib uyga qaytdik. Buvim va kenayim sergusht osh tayorlab qo`shibidi. Ko`paylashib oshni tanovul qildik...
Ohirgi marotabat tanam yayrab, oylam davrasida ovqatlanganim esimda yuq. Hammaning yuzida tabassum. Ish haqida gaprilmaydi. Faqat yaxshi narsalar. Amakimni yonidan bir tishlam go`t chiqsa, kinayim tomon suradi, kenayim esa bolalari tomon. Bunday manzarani ko`rib, hashamatli uyimizdagi sovuq muhitdam, o`z yurtim avzalligini tushunaman. Odatdagidek ovqatlanib bo`lgach, bobom hadislardan namunalar keltirib, rivoyatlar aytadilar, qalblarimizga ziyo ulashadilar...
Bobom buvimga qarayman, o`zlari keksayib borayotgan bo`lishsada, hali hamon ko`zlarida bir-birlariga, bo`lgan mehir-muhabbatlari ko`rish mumkun...
Ularga havasim keladi, hayolim qo`shni qiz tomon ketadi.
U mendan ikki yosh kichik edi. Men letseyda, u maktabda o`qirdi. Kupincha yarim yulgadovr birga ketardik...
Uni o`ylashim bilan ko`z o`ngimda atlas ko`ylak lozim kiygan qiz gavdalanadi. Yuzida kuguchi bor, doyim chap yuzida tutam mayin zulfi osilib turardi. Gapirganda, hiyolgina jilmayib gapiradi. Mumnun bo`lgan chog`ida, bey ihtiyor labini chetida puflab zulfini to`zg`atib qo`yadi. Shu odati o`ziga biram yarashadi.
O`ziyam juda go`zal qiz, qaddi-qomati barkamol, odobi benazir. Hecham ko`zimga qarab gapirganini eslolmaydi. Balki shuni uchun ham, jurat topib unga ko`nglimni ochib sevishimni aytolmagandurman!
Bobom Hufton ibodatini bajarish uchun taraddud kura boshlaganlarida, surida buvim ikkimiz qoldik. Asta buvimni yonlariga suruldim.
- Bolam charchadingmi?
- Yo`g`ee... -dedim. Aslida ancha bo`lgandi ketmon dastasini tutmaganimga, yelkalarimda og`irlik sezayotgandim. Buvimga o`zimni bardam ko`rsatib jilmaydim, - Buvi... Anovi qiz yaxshi yuribdimi?
- Qaysi qiz?!
- Sizni yonizga ko`p chiqadigan ayolni qizi, Muhabbat degan qizchi!
- Aaa Muhabbatxon turmushga chiqib ketgani qachonidi! -dedilar.
Shu topda, ichimga allaqanday zaharli hasharot kirib olganu, yuragimga qattiq-qattiq nishini sanchib olganday bo`ldi. Yoqimsiz og`riqni tuydum.
- Voy bolajonim... -buvim ahvolimni sezganganday mehirli boqib, boshimni siladilar, - Ko`ngling bormiyaaa qizginada. Shipshitib qo`ymabsanda, eh attang og`iz solib qo`yardim...
Nima deyishimni ham bilmayman, ichimda tinmay o`zimni qarg`ayman.
Buvim kuyinib bosh chayqadilarda, ``Taqdir ekan!`` deya qizni baxtini so`rab duo qildilar. So`ng yelkalarimni silab so`zlarida davom etdilar:
- Qo`y kuyunman... O`zim ko`z ostimga olib qo`yganlarim bor. Tagli tugli oyla qizlari, biram chiroyli, biram odobli qizlardan...
- Rahmat buvijon...
- Buviginang o`rglisin bolam, buving o`rg`ilsin...
* * * * *
Sohil bo`yida yotib oftobda qoraygandan ko`ra. Oftop tig`ida ishlab, qoraygan anchayin foydali. Ikki hafta oshibdiki bobom bilan birgaman. Tiraktor yetib bormaydigan yerlarni ketmonda chopib chiqdik. Terlab terlab, ishladim. Ham jismonan, tanang yayraydi, ham manan bobom o`gitlaridan baxramand bo`laman. Bobom o`zlari bilganlarini menga o`rgatishga harakat qiladilar, men esa jon dilim bilan eshitaman.
Odatdagidek bog`ni bir chetida yer chopayotgan edik. Bobom halollik, poklik haqida rivoyatlar so`zlab bermoqda edilar. Uzoqdan amakimni o`g`li, jiyanimni chaqirig`i eshitildi. U yugurib kelardi, qo`lida telifon, ``Aka, Farxod amakim!`` derdi. Tushundimki dadam telifon qilyabdi. Shoshib olib telifonni qulog`imga tutdim va salom berdim.
Dadam alik olish o`rniga tergay boshladilar va tezda yonlariga borishimni buyurdilar. Dadamning haqoratlaridan keyin, jahlim chiqib, sekingina telifonni bobomga uzatdim...
Bobom qo`lidagi ketmonni ko`ndalang yotqizib dastasi cho`ktilarda dadam bilan suhbatga kishdilar. Ko`p gaplashmadilar, salom alikdan so`ng uch, to`rt og`iz falsafiy qilib tanbeh berdilar bo`ldi...
Bobom ensasi qotib menga qaradilar. Ayibdorday bo`sh egdim.
- Ota-onanga aytmay kelgan ekansanda?
Uyga qaytganimda ikkovlari ham yo`q edi. O`z ishlari bilan bo`lib menga be e`tibor bo`lib qolishganidan jahlim chiq O`zbekistonga jo`navorgandim.
- Sizlarni sog`inib ketgandimda bobooo... -deb o`zimni oqlashga kirishdim...
Bobom tergab, urushib bersalar kerak deb o`ylagan edim. Yo`q, urushmadilar.
O`ychan uzoq-uzoqlarga tikilib qoldilar.
- Dadang bolaligidan iqtidorli, bilimdon bola edi. Maktabni oltin medalga tamomlab, o`z kuchi bilan oligohga kirdi. Sanoqli talabaga nasib etadigan, imtiyozga loyiq ko`rilib, chetelga o`qishga ketdi... - bobom oyoq ostida yotgan, mushdek kessakni olib ezg`ilab bir kaft tuproqqa aylantirdilar, - Manabu yer bizniki, bizni kindik qonimiz shu yerga to`klgan... U yer! - bobom qo`llari bilan uzoqni ko`rsatdilar, - U yerda biz baribir, begonamiz tushundimi?...
- Ha. Bobo...
- Eee bolam ota-ona ham g`animat... - bobomning og`riqli, dard bilan aytgan so`zlari menga nasihat bo`lsada, aslida dadamni ish-ish deb kelmayotganlaridan xafa bulardilar.
- Men, bir dunyo boylik to`plaganingda ham, u dunyoga ochiq qo`l bilan ketman... Egnimda kafanlikdan boshqa mato bo`lmaydi... So`zlarim mag`zini chaqyabsanmi?
- Ha, bobo...
Bobomni gaplari manosiga tushunib turardim. Dadamni boylikka, oyimni latta-puttaga rujuv qo`yganiga shama qildilar.
- Men Farxodni, elga hizmat qiladigan, shu yurtga nafi tegadigan inson bo`ladi deb o`ylagan edim. Afsuski dadangni boylik, katta shahar o`z domiga tortib ketdi... Sen to`g`ri yo`lni tanlay olasan, senga ishonaman...
- Albatta bobo... Men O`zbek farzandiman, sizni nabirayzman! U yoqda ko`p qolib ketmayman...
* * * * *
Tunni bobom va buvimni yonlarida o`tqazdimu, ertasiga ayraportdan to`g`ri yevropaga uchdim...
Yetib kelganim hamoni onam suyunchi tortdilar...
- Farruh seni uylaymiz! -deb.
Umuman kutilmagan yangilikdan hayron qoldim.
- Kimga? -dedim.
- Lorenzonin qizi, Serena Pereniga... -dedilar dadam.
- Hech qachon, men uylansam ham, O`zbek musulmon qiziga uylanaman...
Dadamning qaroriga qarshi chiqdim.
- Hech bo`lmasa, uchrashib ko`rginaaa!
Onamning qizni musulmon dinini qabul qilmoqchi ekanligini aytib, bir bor to`rishib uchrashimni so`radilar. Onamning iltimosiga yo`q deyolmay, Lorenzo Perenining uyida bo`layotgan kechki bazmga borishga rozi bo`ldim...
Dadam, onam bilan Lorenzo Perenining xashamatli xonadoniga kirib bordik. Shahsan Lorenzo Perenining o`zi kutib oldi. Yonimizga Demetrio Ballardini va uning o`g`li Marco Ballardini keldi. Dadamning do`stlari, hamkorlari Lorenzo va Demetriolarni yaxshi tanisamda ularni farzandlarini u qadar tanimas edim. Demetrio Ballardini o`g`li Marconi menga tanishtirdi. Meni u qadar xushlamay, soxta tabassum bilan ismini aytib qo`l cho`zgan Marco bilan men ham hushlamaygina tanishgan bo`ldim. Lorenzo halitdan meni o`ziga kuyov deb bildimi, hadeb atrofimda o`ralashib turfa savollar berdi. So`ng meni biroz narida turgan ikki ayol tomon boshladi. 18-19 yoshlardagi moviy ko`zli, jilmayib men tomon qizib boqayotgan sohibjomol qizga ko`zim tushdiyu, bey ihtiyor yuzimda tabassum zohir bo`ldi...
Lorenzo meni qizi bilan tanishtirdi.
- Serena...
- Farruh...
Uning barmoqlaridan ohista tutdim...
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-