Порно Плюс
Узбекское порно видео на UZPORNO.RU
Фото голых женщин

MUHABBAT JILG`ALARI: Qalbim O`G`RISI...

Uydan chiqar ekanman, devordagi kattakon ramkadagi surat oldida birdan to`xtab turaman. Har kuni bu suratdan, to`lqinlanib ko`tarinki kayfiyat va yashashga zavq olaman... Uni birinchi bor, hamkasiblarimiz uchun uyushtirilgan Navro`z bayramida ko`rgandim. Hamkasibimiz emas, nima uchun bu bayramga kelganini bilmayman. Bilishni qizig`i ham yo`q edi. Muhimi men ko`nglimdagi, Sanamni uchratgandim. U juda o`zgacha, ishxonadagi ayollardan butkul ajralib turardi, uni yoniga borib tanishisam deya, qalb istagiga quloq tutib u tomon yurdim... Olifta bashang kiyingan, tilla taqinchoqlarga burkanib olgan, boshlig`ning erkatoy sekretari Zarifa behos o`sha qizga urilib ketdi. Men deyarli besh qadam berida hammasini ko`rib turgandim. Zarifa o`zi uruldi, ammo qimmat libosiga to`kilgan ichimlik dog`ida o`sha qizni ayibdor bilib shovqin ko`tardi. - Ahmoq nima qilding! -dedi Zarifa ko`zlarini katta katta ochib. - O`ziz kelib urudiz-u! -qiz ham dog` bo`lgan koftasini ko`rsatdi. - Qarang menika ham dog` bo`ldi! - Nima! Sen bu ko`ylagim qancha turishini bilasanmi? -dedi hammani e`tiborini qaratib. Zarifa kiymlarini dollardagi narhlarini sanab o`tarkan, mensimaygina qizni usti boshiga nazar tashladi. - Sen liboslarni farqiga borasanmi? -dedi labini qiyshaytrib. Zarifani tili o`tkir, u bilan baxislashgan har kimni yeb qo`yishi mumkun! ``Hozir bechora qizni sharmanda qilmasa bo`lgani!`` deb havotirda turgandim. Amma qiz men o`ylagandan ancha dadil ekan. U balant ovozda kulvordi. Sumkachasini qo`lida o`ynatgancha Zarifani atrofida masxaraomus aylandi. - Honimcha, balki ich kiyimlarizni narhini ham aytarsiz? -dedi. Atrofda kulgu ovozlari eshitildi. Zarifa qizarib ko`zlari ola-kula bo`lib ketdi. - Sen... Sen qattan kelding o`zi, namucha osmondagi oymisan? - Ha, o`sha yerdan tushdim! -dedi qiz barmoqlari bilan yuqorini ko`rsatib, hotirjamlikda. Hammani ko`zi qizlarda ularni bu baxisi nima bilan tugashiga qiziqib jim turishibdi. Qiz o`zini oyga tenglashtirdi. Bu gapdan keyin Zarifa kuldi. - Qarang-aa! Oyni o`zlar kelibdi-yu ro`dopo liboslarda! Ayollar tomondan, Zarifani qo`llaganlar chiqib bir-ikkita kulib qo`ydi. - Oppog`im! Olmos botqoqda tushsa ham olmos! -qiz Zarifani bo`ynidagi hirir sharif rumol uchidan ushlab bir silkidi! - Eshshakka yo`l-yo`l chiziq chizgani bilan u Zebra bo`lib qolmaydi! Guv etib, kulgu ovozlari eshitildi. Zarifa chiroyli ayol ammo hudbin va o`ziga bino qo`yga. Ishxonada boshliqqa ko`z suzib, pinjiga kirib olgani. Buni ustiga ko`pchilikka nishini sanchgani uchunmi, uni hamma ham yoqtiravermasdi. Balki shungadur, bu qizni Zarifadan ustin kelgani ko`pchilikka yoqib, uni ustidan kulushgandur... Zarifa bunday sharmanda bo`lishga chidolmadi. Jahli chiqib qizga tashlandi. Qiz esa yengil harakat bilan chap berdi-yu, Zarifani o`zidan nari itarib yubordi. Pastga yeqilib, o`tirib qolgan Zarifa yuzlarini kafti bilan berkitgancha yig`lab yubordi. Qiz esa, eshik tomonga jadallagancha ketdi. Men qizni ortidan eshik tomon, yurdim. Shu joyda boshqalar sezmay qolgan, bir narsani bilib qoldim. Qiz Zarifani itarib yuborish chog`ida, imi-jimida uning bo`ynidagi tilla zanjirni yulib oldi. Qizning ortidan chiqishimga ham aynan shu sabab edi. U yo`ldan keshib o`tdida, o`ng tomondaga ko`chaga yurdi. Gavjum odamlar ichiga aralashib ketdi. Ammo uni ko`zdan qochirmay, piyoda uni ortidan izma-iz yurdim. Masjid eshigi yonida o`tirgan, nog`iron o`rta yoshli ayol yoniga to`xtadi, tilla zanjirdi berdi va bir nimalar haqida gapirdi. So`ng kartmonini ochib ichidagi hamma narsani ayolni etagiga to`kdi. Bey ehtiyor ``Olaaaa, Robingut Xonim!`` deb yubordim. Qiz yo`lida davom etdi, uni ortidan yurib, tilanchi ayol yonidan o`tarkanman. U quvonchdan yig`lagudeb bo`lib, kaftini ochgancha qizni duo qilardi. Qizga yetib olish uchun qadamimni tezlatdim. Chamasi 3, 4 metrlar qolganda chaqirdim: - Hoy, Oy-Sanam! Qo`lidagi kartmonni yo`l chetiga uloqtirdi. Bundan fahmladimki, boyagi ayolga bergan pullari ham Zarifadan o`g`irlangan ekan! Tezda borib oldini to`stim va bilagidan ushladim. - Oy-Sanam yaxshi ish qilmadiz! Yon verimizdan o`tayotgan odam bizga qarab o`tishardi. Qiz esa ularga parvo ham qilmadi,jilmaydi qo`lini ham ushlab turishimga qarshilik qilmadi. - Judayam sezgir ekansiz! - Ha... Sizga maslahatim narsalarni egasiga qaytaring! - U sizni hotinizmi? - Hudo saqlasin... -dedim. Uni qo`lini qo`yib yubordim. - Lekin qaytarib berishiz kerak. - Narsalari menda emas, -u ortiga qarab boyagi ayolga ishora qildi. - Hammasini o`sha ayolga berdim, faqat manabu sharf rumoldan bo`lak! U bo`yniga tashlab olgan Zarifani rumolini ko`rsatdi. - Oy-Sanam, bu qobilyatizga qarsak chalgan bo`lardim-u! Biroq.. -u kipriq qoqmay diqqat bilan qarab turardi. - Ha, to`g`ri ayib uni o`zida bo`laturib sizni haqorat qildi. Biroq bu uni qimmat buyumlaridan ayirishizga sabab bo`lolmaydi! Gaplashgancha yo`l chetida, chinorlar salqinida davom etardik. Oy-Sanam, o`zining sharbatdan dog` bo`lgan koftasiga achinish bilan qaradi. - Menga qarang, mana-bu dog`ni nima bilan yuvsam ketarkin! -dedi gaplarimga beyparvo. - Hoy senga gapiryabman! -dedim uning beyparvoligidan jahlim chiqib, ikki yelkasidan tutib siltadim. U shunday o`tkhr nigoh bilan qaradi-ki, huddi ko`zlarida sehir borday. Chiroyidan ko`zim qamashib ketdi. Tabassumi esa qalbimni bandi etdi. Nigohlari oldida ojiz qolib ko`zlarimni undan oldim... - Endi sizni tinch qo`ymaydi. Attang ish qilib mendan boshqasi ko`rmagan bo`lsinda... Kutmagandim, u asta qo`llarimdan ushladi. - Hali menga qayg`uryabsizmi? Qanday ajoyib inson ekansiz! -qo`limni qo`yib yubordi. O`zi esa sharf rumolni beliga bog`lay boshladi, - Havotirga hojat yo`q. Tillani farqiga boraman. U tilla emasdi, sohta nari borsa 30 ming turadi. Buni boyagi ayolga ham tushuntirdim. Kartmon esa eski, shunchaki bezak toshlar bilan bezatilgan yangi bo`lanida 10 min so`m bo`lardi... Kartmon ichida 15, 20 ming so`m atrofida pul bor edi! Agar shuni hisobga olsa, o`sha xonimning ko`ylagini bir yengi ham ana o`sha pul-buyumlardan ancha qimmat turadi. Agar lop urman bo`lsa! U kiyimini u-yer-bu yerini to`g`irlab qo`ydi. - Aaaa bu esa! - ko`kragidan pastiga bog`lab olgan sharf rumolni ko`rsatib. - Qalay yarashdimi? -dedi. Dog`ni berkitish uchun, sharf rumolni ko`kragidan pastiga shunday ajoyib bog`lab oldi-ki, huddi libosini bir qismiday unga yarashib, chiroyini yanada ochib yubordi. - Qoyilmoqon... Topqirligiz taqsinga sazovar! -dedim lol bo`lib. - Rahmat... Aaaa, bu rumol, xonimchadan menga sovga, haqorati va ko`ylagimni rasvo qilgani uchun! - Rosti sizga yarashdi! - Menga hamma narsa yarashadi, ayniqsa olifta xonimlarnik bo`lsa! Gapni kulguga burdi, qiz. Bu orada bekatga yetib kelgandik. Oy-Sanam bilan endi til topishgan edim, bir pasta aftabus kelib pussilagancha bekat qarshisiga to`xtadi. U esa boshqa yo`lovchilar ortidan, lip etib chiqvoldi. Hatto ismini so`rashga ham ulgurmadim. Jilmaygancha qo`l siltab hayrlasharkan: - Bilaguzugim chiroylimi? -dedi hali berkilmagan aftobus eshida turib. Hadeb silkiyotgan qo`liga qaradim, bilagida meni qo`l soatim. Be ehtiyor chap bilagimni ushladim. Rosti uni qobilyatiga tan berganim uchun, iljayib qil siltab xayrlashishdan nariga o`tolmadim... Chamasi bir haftadan keyin edi. Ishdan uyga qaytayotgan edim. Restarandan chiqayotgan qizni ko`rdim-u, taksisdan to`xtashini iltimos qildim. Rosa paytida Oy-Sanamni oldini to`sib taksidan tushdim. - Oy-Sanam! Qo`lga tushdingmi? -dedim. - Assalom a`laykum! -dedi tabassum qilgancha yaqinlashib, eski tanishlarday qo`l berib so`rashdi. - Va`alaykum assalom, Oy-Sanam... - qo`lini qo`yib yubormadim. - Saloming bo`lmaganda ikki yamlab bir yutardim. Ho`sh do`ndiqcha meni soatim qani? Sumkachasidan soatimni oldi. - Antiqa soat ekan, yoqimli musiqa chalarkan! Rosa qimmat bo`lsa kerag-a? - Bobomdan meyros. Fransuzlarni soati, mukammal aniqlikda ishlaydi. To`g`ri topdiz, juda qimmat turadi. Men uchun esa beybaho! - Unday bo`lsa mana omonatiz! Ehtiyot bo`ling yana yo`qotib qo`ymang! -deb qo`limdan qandoq epchillik bilan yechib olgan bo`lsa shunday, harakatda taqib ham qo`ydi. - Tanishaylik meni ismim Asilbek! Tanishmoqchi bo`lganim yoqmadi. Labini burdi-yu indamay nari ketdi. Lekin birdan ortiga qaytdi. - Meni kechki ovqatga taklif qildizmi? -dedi ko`zlarini suzib ishshayib. Bu gapdan biroz esankirab qoldim. - Ha-ha... Sizni kechki ovqatga taklif qildim... -dedim dadillik bilan. Qarshimizdagi restaran tomon ishora qildi. Ko`zlarimga qaradi. - Ko`z qorachiqlariz qop-qora ekan! Judayam ma`noli, juda mehirli! Yaxshida inson ekanligiz qarashlarizdan malum! -dedi. - Rahmat... -dedim hecham qizbolagan bunday gaplarni eshtmaganim uchun g`alati bo`lib ketdim. U qo`limdan qo`llarini o`tqazib patrushka qilib oldi. Bu esa undanda yoqimli bo`larkan! Huddi er-xotinday restaranga kirib bordik. Stolga o`tirdik. - Heeey afetsant! -dedi o`zi keliyotgan afetsantni yana tezroq kelishga charlab. Afetsant yonimizga keldi. - Nimey baqirayasan? Zakas qabul qilmaysanmi? Afetsant yigit lablarini qimirlatib ichida so`kdi. Har holda menga shunday tuyuldi. Oy-Sanam esa meni o`rnimga ham bir dunyo narsa buyurtirib tashladi. ``Ha mayli pul ketsa ketsin obro ko`tmasin. Muhumi bu alomat, dilbar qiz bilan sehbatlashib, birga o`tiribman-u!`` deb o`zimni ovutdim. U ``Oling!`` dediyu u-yoq-bu yoqqa qaramay, har narsalardan cho`qilab-cho`qilab yeyaverdi. Men u-bu narsa chaynagan bo`lib unga, qarab qo`yaman. - Oy-Sanam! Ismizni haligacha bilmayman! -dedim. U yoqimli jilmaydi. - Ismimni nima qilas? O`ziz chiroyli qilib ism qo`yvoldiz-u Oy-Sanam deb! Menga shunday chaqirishiz yoqyabdi! - Nima ish qilasiz, yoki o`qiysizmi? Ko`z suzib jilmaydida cho`ntagidan kalitini olib, stol chetiga qo`ydi. Dasrumolchasini olib, lablarini artib, kalitlari ustiga ularni ustidan esa salfetka bostirib qo`ydi. Asta o`rnidan qo`zg`aldi. - Maylimi birovga tashqariga chiqib kelsam! Tez qaytaman! Qochib ketmasmikan degan o`y ko`nglimga keldi-yu, ammo stol chetiga qo`yilgan kalt va rumolchasiga qarab ketib qolmasligiga ishonchim oshdi. - Mayli bemalol! - dedim. U chiqib ketdi. Men ovqatlanib bo`ldim. Lekin Oy-Sanam, ha deganda qaytavermadi. Ketib qolganiga hislarim ishonadi, ammo aqlim emas. Ahir kaliti va dasrumolchasi turubdi. Sekin salfetkani ko`tardim. Eh, rumolcha o`zimniki, buni ustiga tagida hech qanday kalit yo`q. Afsus qilgancha: - Hissobni bering! Afetsantni chaqirdim. - Bizdan qancha bo`ldi? - ... Shuncha bo`ladi! Cho`ntagimga qo`l soldim va boshqasiga va yana boshqasiga afsuski pulim ham, qo`limdagi soatim ham yo`q. Makkora huddi sehirgarga o`xshaydi, qora ko`zlar haqida bir nimalar deb chalg`itibdiyu shilib ketibdi. - Menga qarang, pulumni yo`qotib qo`yibman! -biroz qiyinchilik bilan, barmog`imdagi uzugimni chiqardim, - Mana-buni olib tursayz ertaga pulini to`lab olib ketardim! - Unaqa emasda aka... -dedi afetsant biroz norozi ohangda. Uzukka qararkan tilla ekaniga ishonqiramay, - Biz gap eshitamiz! -dedi. - Haqiqiy tilla, yeb-ichkanimizdan ancha qimmat turadi! Afetsant boshqa bir sherigini chaqirdi. Ikkovlashib uzukni nazoratdan o`tqazib: - Ho`p mayli! -dedishdi... Oy-Sanamdan hafa bo`lmadim desam, aldagan bo`laman. Chunki uyga piyoda ketishimga to`g`ri keldi. Yana bir bor uchratsam, adabini beraman deb qaror qildim. Ammo qanday? O`zini samimiy tutadi, qo`ng`iroqday ovozi quloqqa yoqimli, bir zumda jodulab oladi. Unda nima ham deyman! Qarashlari yurakka jiz-jiz etib tegib turgan bir paytdi. Ilojsizman u menga yoqadi, shuni uchun ham hafa qilish qo`limdan kelmaydi. Har qalay insofli ekaniga, narsalarimni qaytib berishiga ishonaman! Ertasi kuni tushlik mahali, pulni to`lab, uzugimni qaytib olish maqsadida o`sha restaranga kirdim. Afetsant meni ko`rib yonimga keldi. - Kechagini haqqini to`lagani keldim! - Mohira to`lab qo`ydi. Mana uzugiz, man-bu ham sezga ekan! -dedi afetsant uzuk, soatni va kecha yo`qotgan pulimni bir qismini qo`limga tutqazib. Demak Oy-Sanamni ismi Mohira ekan, afetsant uni ismini aytganidan sezdim-ki, uni taniydi. - Mohirani o`zini qattan topsam bo`ladi? - U hozir bant! O`zi unga kim bo`las? - Qarindoshi! Afetsant biroz ikkilanib turdi. - Hov anovi honaga kiring! -dedi, bir eshikka ishora qilib. Eshikni ikki bor taqillatib, asta ochdim. - Kiring! Uning ovozi. Xona ichkarisiga ko`z tashlar ekanman, yana bir bor lol qoldim. Bu Oy-Sanamni qo`llari gul ekan, u professanal karvingchi ekan! - Assalom a`laykum! -dedi jaranglatib qo`ngiroq ovozda. - Va`alaykum assalom! - Ho`sh qalay? -dedi, rang-barang yaratgan ishlariga qarab. - Zo`r qo`llariz gul ekan, qoyil qoldim! - Rahmat... Haliga mendan jahliz chiqmadim? -dedi tarvuz yuziga allaqanday rasmlar chizar ekan. Gapini eshitmaslikka olib, sabzavotlardan yasalgan har-hil shakillarni tomosha qildim. - Ko`zlarizdan ko`rib turibman, siz ko`ngli ochiq insonsiz! -dedi. Negadur shu maqtovida yuragim ``shig`!`` ettiyu bey ehtiyor pul solingan cho`ntagim va satimni ushlab qo`ydim. Oy-Sanam ko`z qirini menga tashlarkan, iljayib kulib qo`ydi. - Ko`zlar, qalb yana allanimalar haqida gapirishing bilan, meni bir nimalarim yo`qolib qolyabdi! -dedim, bey ehtiyor qilgan, harakatimga izoh berib. - Iyaaa... Senlab qolibsizmi? - Deyarli qadirdon bo`lib qoldik, mulozamatga ne hotjat! Nima senlasa yoqmaydimi Mohira? - Ismimni bilib olibsizda... Men uchun ``Oy-Sanam!`` deb atashiz yoqimli edi! - Unda Oy-Sanam deganim bo`lsin! U tarvuz yuzasida judayam chiroyli Atirgul shaklini yaratdi. Qo`lida avaylab ko`tardi. - Sizga yoqdim? - Ha... Ammo buni chiroyini ko`rib, yeging kelarmikin? - Yeyish shart emas, muhimi dasturxon ko`rki, -qo`lidagini avaylab qo`ydi va selafan qo`lqoplarini yechdi. - Hali tushlik qilmadizmi? Sizni mehmon qilmoqchiman. - Kimi hisobidan? -dedim kinoyali qilib. Boshini orqaga tashab, qiqirlab kulb yubordi. - Meni hisobimdan! - Keraymas! - Yoo demang! -dedi qo`limdan ushlab tashqariga tortqilarkan. Bu safar soatimni yechil olganini sezdim. - Makkora, soatimni qaytar! - Ofarin hushyorligiz oshibdi! -dedi etagi ortiga yashirgan soatimni qaytararkan, - Mang dasrumolchay tushib qolibdi! -dedi uni ham qaytarib. - Mayli roziman! -dedim, baribir pulini o`zimga to`latishini his qilib. Ammo adashibman, chindan ham meni o`z hisobidan mehmon qildi. Bor yo`g`i uchinchi bor ko`rishishimiz, biroq 10 yillik qadirdonlarday gapimiz-gapimizga qovushardi. Shu tariqa tanishib, kunda, kun ora uchrasha boshladik... Har gal, bir narsamni o`g`irlab oladi. Bazan sezib, atay indamayman, bazan sezmay qolaman. Lekin hafa bo`lmayman, shu narsalarni qaytarish boxanasida, uchrashishimizga sabab topiladi... * * * * * Deyarli 6 oydan oshgandi, kuz oyi yomg`irli kun. Hiyobonda sayr qildik, so`ng kinoteatirga tushdik. Chiqsak ancha kech bo`lib qolibdi. Taksida uyga qaytdik. Avval uni uyi oldiga tushurdik. Taksis 50 dan oshgan kishi edi. Oy-Sanam mashinadan tushdi, hamyonini oldi. - Amaki bu kishini, elitib qo`yarsiz! Mana qaytimi kerakmas! -dedi meyoridan oshiroq pul berib. Shoshgancha cho`ntagimni ushladim. Pulimni yana olib qo`yibdi, bekor qilding degan manoda bosh chayqadim. Labini cho`chchaytirib bo`sa shamolini yo`lladida, ko`zini qisib qo`ydi. O`ylaganim bo`ldi. - Eh yoshlar-yoshlar! -dedi taksis estihzo bilan kularkan, past ovozda. - Zamon teskari bo`lib ketyabdi. Yigitlarda or qomadi! -dedi o`zicha g`udurlab. Taksichi amakini bu kinoyali gaplari men tomonga yo`naltirilgan edi. Bu gaplardan keyin, yer yorilmadi, yerga kirib ketmadim. Oy-Sanamni bu safargi hazili juda ham oshib ketgandi. ``Ha, makkoraaa senimi!`` dedim o`zimga o`zim, ko`nglimga bir yaxshi va yomon niyatni tugub... * * * * * Kechki vaqt, hiyobonda aylanib yurgandik. Uyga qaytish vaqti ham yaqinlashib qolgandi. Bugungi kun uchun boshqacha, rejalarim bor. Shunga uyga qaytishga shoshmasdim. Uni esa og`zi tinmay, qiziq voqealar haqida gapirardi. Nihoyat e`tiborimni o`zga yoqa qaratib, chalg`itishni boshladi. Atrofimda u yoqqa-bu yoqqa o`taverib, chap tomonimga o`tib oldi. Sezdimki, soatni mo`ljallagan. Ammo soatimni uyga tashlab kelgandim. Atayin hazon barglarini ezg`ilab o`ynoqi qadam tashlab sekin yurardim. Beyparvo, bo`lib cho`ntagimga tushishiga imkon yaratardim. ``Ko`pida tuzuq, birginasida baxt...`` deb o`zimcha sirimni ochib, hirgoya qilib qo`yaman. U esa bu qisqa qo`shig`im ma`nosiga e`tibor bermaydi. - Anovi sevishganlarni qarang! -dedi biroz naridagi skamekada bir-birini pinjiga kirguday bo`lib o`tirgan yigit qiz tomonga imlab. Endigina ular tomonga o`grilgan edim! - Ayyy! -dedi va qon oqa boshlagan barmog`ini ko`targancha, ``Voy-voylab!`` qoldi. - Ajab bo`lsin cho`ntakka tushganni holi shu, -dedim astagina ehtiyotkorlik bilan cho`ntaklarimdagi lezvalarni olib tashlarkanman! - G`irt to`nkasiz... Jinni, ahmoq... -dedi achchiqlanib, yig`laguday bo`lib haqoratlay boshladi. Qondan qo`rqadi shekili rangi oqarib ketdi. - Sen o`g`risan!.. -dedimda, tezda barmog`idagi qonni to`xtatish uchun og`zimga soldim. - Qon ho`r... - ko`zlari qisilib, lablarida titraq turdi, - Nima uchun? Ahir hamma narsayzi qaytib beraman-u! -dedi burnini tortib qo`yarkan. Og`zimdagi qonni tuflab, ko`ziga tik qaradim. - Qalbimchi! Uni ham qaytib berasanmi? Jahildan tutashgan qoshlari yoyildi. Birdan nafos olishi ham sezitlmay, jim bo`lib qoldi. Kutilmaganda bo`lgan dil izhoridan, olam bir onga skunatga cho`mdi. Yer o`z o`qida aylanmay turib qolgandek edi. Oy-Sanamning qalbidan chiqayotgan, har sasni eshita olishga qodirday edim. Yuragi dupurida, uning ``SIZNI SEVAMAN`` deya aytayotgan dil izhori eshitayotgandek bo`ldim. - Menga yoqasan Mohira! Jonsiz, ammo yurakdan aytgan izhorim, uni ikki yuzini qizartirdi. Negadur qarashlari ham o`zgardi, ko`zlarini olib qochdi. Rumolchamni olib, qo`pol qilib barmog`iga o`rab qo`ydim. Biz hiyobon yo`lkasida turib qoldik. Bot-bot ko`z qirini tashlab qo`yardi... - Achishyabdi! -dedi. Buning davosi meni ichki cho`ntagimda edi. Barmoqlaridan asta tutib, uzukni taqib qo`yishga shaylandim. Asta ichki cho`ntagimga qo`l soldim. ``Lanati!`` uzuk yo`q. Ammo shu cho`ntagimga solganim aniq! Oy-Sanam, jilmaygancha boshqa kaftini yoydi. - Odamni jinni qilib qo`yasan! -dedimda uning kaftidagi, uzukni olib barmog`iga soldim. - Huddi sen uchun yasalgandek! Ayni damda biz o`zga olamga tushib qolgan edik. Huddi, hissiyotlar chashmasidan, chanqog`ini qondirayotgan, oshiqlarday. Bu totli lahzalardan, uning bilan bir havodan nafas olishdan, uning hayodan qizargan yanoqlariga, hissiyotlarini jilovlashga urunayotgan ko`zlariga qarab, huzur qilardim. Bu qisqagina, lahzalarni uning, ``Voy!`` degan ovozi buzib yubordi. Beyhos uning jarohatlangan barmog`ini ushlab olibman. - Qanday uddalaysan-a? Huddi sehirgarga o`xshaysan! - Qo`l epchilligi, eng muhim! -dedi. - Shunaqa qilaversang bir kuni epchil, qo`llingga kishan solishmasa bo`lgani edi! - Voy unday sovuq niyat qimang. Bu hazil tariqasida qilaman, faqat eng yaqinlarim, tushunadigan sanoqli kishilarimga! - Ular orasida men birinchi bo`lsam kerak-a? So`zlarimni tastiqlab ma`noli qarab qo`ydi. - Mayli, menga har qancha qilsang ham hafa bo`lmayman. Ammo birovdan o`ch olish uchun bu ishni qilmagin! -dedim Zarifani qalbaki zanjiri, hamyoni va sharif rumolini yodiga solib. - Ho`p! - Ha aytgancha, hamyonimni o`g`irlashni bas qilgin. O`tgan kungiidek, ish boshqa takrorlanmasin, g`urur bilan o`ynashma ho`p? -dedim, o`tgan kungi ishidan achchiqlanganimni namoyish qilib. - Kechring! - Kechirdim, - yelkasiga ohista qo`l tashlab, yo`limizda davom etdik, - Faqat bir shart bilan. - Qanaqa shart! - Uzukni ichki cho`ntagimdan olishni qanday uddaling? Uzuk borligini qattan bilding? - Bu sir... -yarador barmog`ini ko`rsatdi. - Bu ishiz uchun siz bilan gaplashayotganimga rahmat deng? Haliyam achishyabdi! -dedi, qovog`larini uyib. - Qo`yaver, hammasi yaxshilikka. To`ydan oldin bir qon chiqarvordikda! - Heee... Kim etdi, meni sizga tega deb? -dedi yolg`ondan noz qilib. - Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi. Bilib qo`y qizaloq menam salkam qaroqchiman. Men seni u-bu narsangni o`g`irlab o`tirmayman. O`zingni o`g`irlab ketaman! - Qo`lizdan kelarmikin? -deb kuldi. - Sovchilarimni qaytarib ko`r biasan. Gaplarimni hazilga oldi, yoki bu mavzuda gapirishga uyalib gapni boshqa yoqqa burdi. Qo`lidagi uzukni ko`rsatdi. - Qanday udalaganimga qiziqmayabsizmi? - Qiziqqanimdan ichim yonyabdi!. - Sizni ko`rishim hamoni kuzataman. Bugun asli sizdan avval kelgandim. Huv naridan turib sizni kuzatib turgandim. Aytingchi necha, marta uzugni qo`lizga olib ko`rdiz? - Tuppa tuzuk shipiyonsan!... - Siz bo`lsayz!... - Ha, men o`shaman... -u ham meni qapqon qo`yishda ayblamoqchi edi, gapini cho`rt bo`ldim. - Ho`sh shipiyonkam qanday udadalaganingni ayt? - Har galgidek bu safar ham qiyin bo`lmadi. Ammo shunga qaramay ikkinchi martasida uddaladim... Pastda yotgan chinor bargini olish uchun engashdi va krasofkamni bog`ichini bo`shatib qo`ydi. Ammo bargni ko`rsatib e`tiborimni chalg`itdi. Shu zahoti bir muncha vaqt avvalgi voqeani esladim. Uchrashganimiz hamoni, pastdagi chinor bargini olgandi va ``Qarang qanday chiroyli tabiyat mo`jizasi!`` deb qo`lidagi barkga tarif berdi, so`ng oyoq kiyimimga ishora qilib, ``Voy bog`ichi bo`shab ketibdi!`` degan edi. - Boya yechilib ketganda ham, seni qo`ling bor ekanda? -dedim. - Ha! -deb jilmaydi. - Bog`lab olasizmi? -dedi. Endi engashgan edim, u ham menday biroz egildi va bir qo`lini shunday bir mohirlik bilan ichki cho`ntagimga solib, qaytib oldi. Agar diqqatim boshqayoqqa qaratilgan bo`lganida sezmagan bo`lardim ham! Bir lahzaga tilim lol zabonsiz qoldim. U esa qoyilmaqom harakatidan, g`ururlanib, yoqimli jilmayib turardi. Uni shu lahzada, yanaham ko`proq yaxshi ko`rib ketdim. Dilimda bir istak paydo bo`ldi, har gal u meni lol qoldiradi. Bu gal men ham bir lol qoldirishim kerak edi. - Ko`zingni yum, men ham senga ajoyib fokus ko`rsataman! -dedim. - Ho`p! -dedida ko`zlarini yumdi. - Yaxshilab yumdingmi? - Himmm! -dedi ko`zlarini yumib. Bir lahza uning g`uncha lablarida termuldim-u, bo`sa oldim. Ko`zlari hinidan chiqqudek katta-katta ochilib ketdi. Taxtadey qotib qoldi. Bunday o`pib olishimni kutmagan edi. Bir yutib olgach, beqaror qadam tashlagancha yo`lda davom etdi. Ohista qo`lidan ushlab oldim. Bulbuligo`yo qiz, bir bo`sadan tilini yo`qatib qo`yganday gung bo`lib qoldi. Nima deyishmni bilmayman. Ko`nglini olish uchun, o`zimcha qo`shiq hirgoya qildim. - Bog`im bor-u, bog`im bor, Bog`imda anorim bor. Peshonasi sho`r yigitmannneee, Barmoqlari kesilgan yorim bor... Bir o`qirayib qarab qo`ydi. - Uzur... -deb iljaydim. - Bog`im bor-u, bog`im bor, Cho`ntagimda hamyonim bor! - har ehtimolga qarshi hamyonni tekshirib qo`ydim, joyida ekan. - Omadi bor yigitmannneee, Qo`llari gul yorim bor... Boshqa tomonga qarab oldi, asta ko`z tashlasam jilmayyabdi. Hayryat yengil tortdim, ammo hali ham jim. Bu sassizlik yo`lga chiqgunizgacha davom etdi. - Uyga ketamizmi? -dedi past ovozda. - Hozir uyga ketmay qayoqqa ketyabmiz?! -dedim. - Himm... ``Voy Asil, shunday uchar, shaddat qizni ahvolini qaraya! Bir bo`sadan keyin hushi o`zidan ketib, nima qilayotgani bilmay qolyabdi-ya!!!`` dedim o`zimga o`zim. Taksi tutdik, mashina ichida ketayabmiz churq etmaydiya! Asta yelkam bilan turtdim. - Mohira... Ho`y Oy-Sanam! -dedim shivirlab. - Himm... - Barmog`ingni kesganim uchun, kechir senga ozor berishni istamagan edim. - Hechqisi yo`q... -dedi jilmayib. So`ng barmog`idagi uzukka zavqlanib qarab qo`ydi. Uyini oldiga kelganda taksi to`xtadi. Taksisdan biroz kutib turishini so`rab, u bilan mashinadan tushdim. - Ertagacha yaxshi dam oling, -jilmaydi, - Tushizda meni ko`ring! -dedi. - Mohiraa... Ertaga biznikidegilar keladi, uydagilaringni ogohlantirib, aytib qo`ygin ho`p? Biroz uyalib ko`zlarini olib qochdi. Boshini qimirlatib, rozilik ishorasini qildi va uyiga kirib ketdi... * * * * * RASM O`g`ilcham, suyukli jufti halolim va men... Bizning baxtli onlarimiz tasvirlangan surat qarshisida bir on turib qoldim. Rafiqam qo`lida kastimimni qo`lida ko`targancha ortimda turardi. - Dadasi! -dedi asta kiyg`azib qo`yishga shaylanib. - Mana hozir... -dedim kastimimni kiyib. Rafiqamni peshonasidan o`pdim. - Sizlar meni quvonchim... Sizlar meni baxtim... - Siz esa suyangan tog`imizsiz! * * * * * Zinadan tusharkanman, Mohira erini ishga kuzatib, hali ham eshik oldida turardi. - Salom qo`shni, ho`jayinni ishga kuzatib qo`ydizmi? - u tanimay hayron tikildi. - Men yuqori qavatdagi qo`shniz, yaqinda ko`chib keldim. MAJNUN muallifman... - Aaaa... Sizmi o`sha MAJNUN? - Qaysinisini nazarda tutganizni tushunmadim! Ammo shu asar muallifi... - Eee odam-podam emas ekansiz MAJNUN... - Nega? - Qalam qo`lazda bo`lsa, sizdan nima ketdi. ``Asilbek va Mohira to`ydan keyin latarya o`ynab Kaptiva yutib oldi!`` deb yozib qo`ysayz bo`lardi. Qarang ho`jayinim hali ham ishga taksida qatnamoqdalar! - Eee qo`shni noshukur bo`lmang... Hammasiga asta sekin erishasizlar... Ana o`tgan asardagi Yodgorni qarang hammanarsasi bor, ammo baxtsiz... Sizda esa baxt bor, shukur qiling qo`shni shukur qiling! -deb zinadan asta pastga tusha boshladim... - Hoy MAJNUN, - u kuldi, - Hazilashdim... Mang soatiz tushib qoldi! Shundoq qo`limni ushlasam soatim yo`q. Borib soatimni oldim. - O`zi ``Bu odatini tashladi!`` deb yozib qo`ysam bo`larkan... U jilmaygancha uyiga kirib ketdi... Tamom... Muallif: -MAJNUN-
Kutubxona
Olamsex.su Узбекское порно 2020
Uzvideos.ru УзбексКИЙ СЕКС
Sexuzbeks.ru - Только УзбексКИЙ СЕКС