NOMUS... ( IV )
Temurni bu so`zlari Sayidani yerga qulatdi.
- Bilmagan ekanman, qizbolani tanasi huddi shoyidek mayin bo`lar ekan. Barmoqlaring asta, mayin tanasiga teyganida unda yoqimli titroq turar, ozor berib, iffatini olar chog`ing huddi baliqday to`lg`onar...
- It... It... -bir necha sonyaga hushi boshidan uchgan, Akmalxon o`ziga keldi va Temurga tashlandi. To`g`ri kelgan joyiga ayovsiz mushtlab, tepkilay boshladi. Biroq, to`lachadan kelgan Akmalxon tezda hansirab qoldi. Yana mushlash chog`ida qo`llarini qayirib ham oldi...
Temur biqiniga tushgan tepki zarbidan keyin biroz o`ziga kelolmay turdida, so`ng qondan qizargan tishlarini ko`rsatib masxara qilganday tirjaydi.
- Qarang boyota o`xshashlikni. Men ham, ishimni tugatganimda keyin senday hansirab qolgandim!
Boshlarini ushlagancha, ihtiyorsir to`lg`onib, qizini nomusi toptalgani o`ylab, alamli ko`zyosh to`kayotgan Sayida ingillab yig`ladi.
Bu manzaradan lazzat olayotgan Temur telabnamo qah-qah urdi.
- Shunga shunchami! -Temur yo`talib oldi, - Bor yo`g`i uch-to`rt og`aynilarim bilan ko`ngilxushlik qildik! Ha, boyni qiziga nima qilardi. Ahir onasini tanish do`ktirlari bor, iffatini bir deganda joyida qo`yishadi...
Sayida boshini ko`tardi, judayam achinarli ahvolda Temurga qaradi. Temurning qoshi yorilgan, u yerdan oqayotgan qon, ko`zi atrofida quyulib qolgan. Unga o`tkir nigohi qorishib, xuddi ko`zlaridan qon chakkilab turganday ko`rindi...
Kechagina shu ko`zlarga qarab, o`zining bemani taklifini aytgandi. Bugun esa, o`sha ko`zlar qahirga to`lib, sohibini qabih ishiga guvoh bo`ldi. Sayida qarg`ashga ham birorta so`z topa olmaydi. O`zini ayblaydi, ``Nahot o`sha taklifim uchun, qizim tavon to`lasa!`` -deb. Qizini hozir qay ahvolda ekanligini, uni qiynab nomusiga tegishganini o`ylaydi. Yana o`z-o`zidan yuragini changallab ingillab yig`laydi...
- O`ldiraman!
Akmalxon yon veridagi kattakon og`ir, jisimni ko`tarib Temurni boshiga urmoqqa shaylandi. Biroq Temurning, o`tkir nigohlari, kiprik qopmay, qarab turushi, uni fikridan qaytargan bo`lsada, kuchli g`azab sabab o`zini tutolmadi. O`g`ir buyum bilan Temurni oyog`ining son qismiga tushurdi. Yo`qimsiz suyakning g`isirlashiga, Temurning og`riq zo`ridan pishshilashi qo`shildi. Akmalxon Temurning g`azabdan qizargan, ko`zlarida o`ljasini burdalashga tayyor yirtqich och bo`rini ko`rganday bo`ldi. Hozir qo`llari yechilib ketadi-yu, bu ishi uchun burdalab tashlaydi! Akmalxon qurquv tasiridan ikki, uch qadam ortga suruldi. Avval, Temurni tinmay qiltirayotgan oyog`iga qaradi, so`ng boyagi suyakni qarsillagan ovozini qulog`i ostida qayta eshitganday buo`ldi-yu! Beyehtiyor ko`ngli ag`darildi. Allaqachon osha boshlagan, qon bosini nihoyat ko`zlari oldiga qora parda tutdi. Devorni ushlab, biroz yurgan bo`ldi, lekin ilojsiz biton ustiga yotib oldi...
Tumur, bir tomonda suyagi singan oyog`i og`rig`idan azoblanadi. Bir tomonda Sayida beyhalovat yuragini changallagancha, qizini taqdirini o`ylab alamdan kuyadi. Boshqa tomonda Akmalxon pant bergan sog`lig`i tufayli, jussasini ham ko`tara olmaydi...
Shu zaylda yaqin bir soat yotdilar. Akmalxon qimirlagan, birnimalar deb g`inshigan bo`ldi.
- Sarvinoz... Sarvinoz qizim! -dedi.
Allaqachon og`riq azobiga, ko`nikib bo`lgan Temur xo-xolab kuldi. Sayida va Akmalxonni e`tiborini o`ziga qaratdi.
- Sarviqomat Sarvirozing... U juda ham ofatijon... Eee afsus hozir og`aynilarim oldida emasmanda... Ular mazza qilayotgandur tayyor bog`langan, qizing bilan boyota...
- Harooommmmi... - Akamalxon zo`r harakatda o`rnidan turushga urundi. Biroq tura olamadi, - Aaaaaa... Aaaaaa... - deb yig`lamsirab baqira boshladi...
Bu manzaradan yanada huzur qilayotgan Temur o`zini ham og`rig`ini unutib, qah-qah urib kulardi...
- Bir boshidan, qayta aytib beraman, eshitinglar... Sarvinozingni majburlab mashinaga tiqdik va hilvat yerga olib bordik. Bir necha tarsakidan so`ng qarshilikni to`xtatdi. Kiyimlarini birma-bir yechdim, qarshima shunday bir narsa turardi. Oooo buni korganingizda edi...
Akmalxon yotgan yerida dodlab yig`lay boshladi.
Temur kulib yana so`zida davom etdi:
- Keyin qizingni bog`ladik...
- Bass... O`tinaman boshqa gapirma... -Sayida erining qiynalayotganida chidolmay, o`tindi! - Sendan iltimos ortiq qiynama...
- Tasvirlagan manzaralarimni ko`z oldizga keltirdizmi? Qiynalyabsizmi? Ichiz olov bo`lib yonyabdimi?
Sayida ``ha`` deganday bosh qimirlatdi.
Temur Akmalxonga qaradi.
- Yig`lading... Seni tarbiyangni olgan, o`glingni kasriga qolgan qizing uchun yosh to`kyabsan! Qalay or-nomus toptalishi yoqyabdimi? Qiynoqlar, og`riqlarni tuyyabsanmi? Ruhing azoblanyabdimi?
- Haaa... -dedi Akmalxon afsusli, nochor qiyofada qarab.
Temur bo`g`iq, alamli, istirobli ohangda: - Oring uyg`ongan bo`lsa. Haqiqiy og`riqni, qizing toptalgan tanasini poklash uchun, qo`liga binzin, gugur olganda! Nomusiga chidolmay boshini sirtmoqqa tiqqanini ko`rganingda, tuyasan... -Temurni ko`zidan yosh tomchiladi, - Singlim men uchun farisha edi...
Temurning bu so`zlaridan so`ng sukunat, uzoq cho`zildi. Nihoyat Sayida o`rnidan qo`zg`oldi, eri Akmalxonni turg`azdi. Ikkisi ham hech so`z demay chiqib ketdilar...
Temur qo`llarini bo`shatishga urunib ko`rdi. Bo`lmagach, jarohatlangan oyog`iga birdan termuldi. Sal qimirlatdi, og`riq kuchaydi, qon hali ham to`xtamagan, negadur xolsizlanib borayotganini sezdi. Ikkinchi oyog`ini ustiga chiqarib qonni to`xtashiga urnundi. Asta ko`zlarini yumdi. Oradan ikki, uch soatlar o`tdi chamasi, Sayidani yig`loqi ovizi, Akmalxonning so`kinishi eshitildi.
Temur ko`zini ochib, ochiq eshik tomon qaradi, yorug`lik tushib tong otganini bildirib turibdi. Sal vaqt o`tib, yorug`likda soya paydo bo`ldi va yagirma yoshlardagi, o`ta zamonavi kiyingan olifta yigit bir ahvolda tushib keldi...
Temur bu yigitni kimligini darov faximladi. Nafas olishi tezlashdi, shilliq jirkanch, yoqimsiz narsani ko`rganday irganib ketdi...
- Yaramas... Shoxruh sen ekansanda?
- Sen manga tuhmat qilyabsan, seni singlingga men tegmaganman!
- Ovsar qo`rqoq! Qarshingda opangni nomusini toptagan inson turibdi. Sen esa o`zingni oqlashga urunasan!
- Opamga nima qildimg, agar bir nirsa bo`lgan, bo`lsan o`ldiraman! -deb bir tepib qo`ydi.
- Dadangga o`xshagan quruq ekansan! -Tumurni o`pkasi to`lib hansiradi. Zo`r berib qo`llarini qimirlatib bo`shatishga urundi, afsuski qancha urungani sayin chilvir bilagini qiyib, qonatar edi, - Qo`llarim bo`sh bo`lganda kallangni uzvolar edim!
Shoxruh Temurni vajohatini, chilvir qiyib, qon bilagidan, tirsagigacha oqib tushyotgan kirib, ko`nglini vahima bosdi. Qo`rqib ovozida qaltiroq paydo bo`ldi.
- Meni aybdor emasman... Senga aytadigan gapim shu... Endi sen opamni qayerga berkitganingni ayt...
- Hee onangni! Dovdir qiyinchilik ko`rmay o`sgansanda! O`rdakka o`xshab o`zinga suv olmas ekansan!...
Temur o`ylagan so`zlarini aytishga ulgurmadi. Tashqaridan Sayidaning hayajonli, yig`loqi, ovozi eshitildi.
Shoxruh tezda ortiga qaytdi, chiqgani hamoni ko`zlari sog`-salomat opasiga, hayjonda yig`lab qizini quchib turgan oyisiga tushdi...
- Hech qayiring og`rimayabdimi? Senga hechnima qilishmadimi? Tegishmadimi? -dedi Sayida, qizini yelkalaridan tutib.
- Tushunmadim oyi? Menga kim tegishi kerak?
Oyisini kuchi hayajonidan aytgan so`zlariga uchun tushuna olmay.
- To`rt mujjang sog`mi... Nomusing o`zingdami?
- Oyi nimalar deyabsiz? -dedi Sarvinoz nomus so`zi ishlatilganidan biroz uyalgan bo`lib.
- Qayerda eding shu paytgacha? Nega telifoning o`chiq?
Sarvinoz ayibdorona bosh egadi.
- O`zim o`chirib qo`ygandim?
- Nega o`chirasan? Nima uchun? -dedi Sayida qizini yelkalaridan ushlab siltab.
- Bir yigit iltimos qilgandi!
KECHAGI KUN...
Sarvinoz Marketdan harid qilib chiqgach, stayankada turgan mashinasi tomon odimladi. Endigina o`rindiqqa joylashgan edi. Birdan notanish yigit, yon tomondagi o`rindiqqa o`tirdi.
- Salom meni ismim Temur!
- Salom... -dedi Sarvinoz ham, o`zini tanishirib, muloyib jilmayib turgan, ko`hlikgina yigitga ajablanib qarar ekan, - Menda yumushingiz bormi?
- Iltimosim bor...
- Iltimos! Qanday iltimos qulog`im sizda...
- Sizni ancha kuzatdim?
- Tushunmadim? -Sarvinoz jilmaydi, -Nega kuzatdiz?
- Gaplarim quloq tuting... Sizni kuzatib shunga amin bo`ldim, siz ota-onayzga o`xshamas ekansiz?
- Bu gaplazir haqoratdek eshitilyabdi!
- Aksincha bu maqtov! Siz insoniylik bor ekan, ona-onayda esa umuaman yo`qdi?
- Yoshish mendan kattaga o`xshaydi, Temur aka!
- Ha, shunday Sarvinoz!
- Juda g`alati odam ekansiz, Temur aka! Avval meni, endi ota-onamni haqorat qilyab siz!... Lekin haligacha tusha olmayabman!... Mendan nima istayabsiz?
- Sarvinoz menga, mulaxazali qiz ekanligingiz yoqyabdi!
- Rahmat... -dedi, Sarvinoz biroz zardali ohangda.
- Sarvinoz ko`zlarimga qarang?
- Nega?
- Iltimos qarang...
Sarvinoz uyalibgina bu g`alati tuyulayotgan yigit ko`ziga bir qarab qo`ydi.
- Nimani ko`rdingiz?
- Haligacha sizni tushuna olmayotgan Sarvinozni, o`zimni?
Temur bosh chayqab kulib qo`ydi.
- Savollarim g`alati tuyulyabdimi?
- Rostini aytsam ha... Temur aka odatda men begonalar bilan gaplashavermayman. So`roqsiz mashinaga o`tirib olganizga qaramay, siz bilan gaplashayot ganimga sabab, o`zingizni tanishtirganiz va ovozingdagi qandaydur dard...
- Sarvinoz... Siz bilan suhbatlashish, juda yoqimli ekan, ziyrak tinglishni biladigan qizsiz? - Temur yengil hursinib oldi, - Maylimi Sarvinoz yana bir bemani savol bersam?
Sarvinoz salgina jilmayib, ha deganday bosh qimirlatdi.
- Olovda kuygan odamni ko`rganmisiz?
- Hayotda yo`q, lekin telivizirda ko`rganman!
- Judayam achinarli ham yoqimsiz bo`ladi-a?
- Ha... Shunday.
- Yongan yurakni ko`rganmisiz?
- Sevgidanmi?
- Yo`q dard, alam, qayg`u, istirob, isnod, nomusdan...
Sarvinoz yo`q deganday bosh chayqab qo`ydi.
- Sentirda sizni oylangizga tegishli, Atelye bor-a?
- Ha, o`zim ham o`sha yerda ishlayman!
- Unda Ruhshona degan qizni tanisangiz kerak?!
Sarvinoz bir necha sonya o`ylangan bo`ldi.
- Ha, taniyman. O`zim ishga olgandim, yuvoshgina yaxshi qiz edi. Lekin o`z-o`zidan kelmay qoldi. Yarim oyligi ham menda qolib ketdi!
- Sarvinoz, men o`sha qizni akasiman, - Temur Sarvinozga tikildi, - Hech qiziqib ko`rdizmi, nega ishga kelmay qolganiga?
- Rosti yo`q! Temur aka bizga odatda ko`p qizlar ish so`rab keladi. Biz olamiz, qo`lidan nima kelishiga qarab ish qilishadi... Singliz yaxshi ishlardi, choklari tekiz, ishi tez, ishiga qarab oyligni ham bazilardan ko`proq olardi... O`zim ham tushunmadim nega kelmay qolishini sababini?
Temurni mushti tuguldi, yuzini boshqa yoqqa burdi.
- Singlim endi bokira emas...
- Aaaaa!
- Bunga sababchi sizni ukangiz?
- Yo`q, bo`lishi mumkunmas! Ukamni sho`xligi bordur, lekin qo`lidan unday ish kelmaydi?
- Sarvinoz menga ishonishni istamayabsiz, biroq yuragiz his qilib turibdi-ku!
Oraga skunat cho`mdi.
- Sarvinoz ko`zlarimga qarang!
Sarvinoz qarashga botina olmay, ko`zlarini olib quchdi.
- Qo`rqyabsizmi?
- Yo`o`o`...
Sarvinoz olazarak, Temurga bir ko`z tashlab qo`ydi.
- Qo`rqmaganizda, har sonya yutunmas, rangiz oqarmas, qo`llariz titramasdi!
Sarvinoz bey ihtiyor titrayotgan barmoqlarini musht qilib tugub oldi.
- Mendan singlisi uchun o`ch, olmoqchi bo`lib keldi deb o`ylayobsizmi?
Sarvinoz biroz qo`rquv bilan Temurga qarab qo`ydi:
- Siz unday qilmaysiz-aaa?
- Nomusi toptalgan qizni, nimalarga tayyorligini bilasizmi? - Sarvinoz jim, Temur alamli jilmaydi, - Qanchalik darg`azab bo`lmay, hatto dushmanimni ayollariga ham buni ravo ko`rmayman!
Sarvinoz botinib Temurni ko`zlariga tikildi.
- Temur aka sizga qanday yordamim tegishi mumkun, -Sarvinoz bir yutunib oldi, - Jonimni so`rayz, mayli jonimni berman!
Temur qanchalik istirobda bo`lmasin, Sarvinozni qayiyatidan qoyil qoldi, kuldi.
- Sarvinoz meni lol qoldirdiz, judayam jasur qiz ekansiz. Joniz o`zizda qolaqolsin! Ota-onayzga o`xshab pul taklif qilmaganizga ham rahmat... Sizga boshqa iltimosim bor...
- Aytavering!
- Sarvinoz agar ho`p desangiz sizni bir joyga olib borsam!
- Qayerga?
- Qo`rqmang, shahar chetida ammam turadi, singlim o`sha yerda, siz bir kecha mehmon bo`lasiz! Agar yo`q, desayz unda mayli men hafa bo`lmayman...
Sarvinoz bir necha sonaya o`ychan bo`lib qoldi, so`ng:
- Mayli. Lekin bu nima uchun kerak? Siz o`ziz nima qilmoqchisiz?
- Ota-onayzda gapim bor...
Sarvinoz qo`rqib, hadiksirab qaraganini, Temur sezdi.
- Ularga tegmayman, qo`rqmang shunchaki gaplashib olaman...
- Ko`nglim havotirda... Ammo sizga ishongim kelyabdi, mayi nima desayz shu...
Rahmi keldimi, yoki Temurga ishondimi taqdirga tavakkal qilib uni iltimosiga ko`ndi.
Sarvinoz bo`lgan gaplarni, Temurni iltimosi bilan, bir kecha o`sha xonadonda mehmon bo`lib qaytganini, Sayidaga aytdi.
Qizini so`zlaridan, hayratlab turgan Sayidan bidan, Sarvinozni yuziga tarsaki tushurdi. Yig`lab bir-ikki siltadi.
- Munchalar ham yengil o`ylamasang! Bu yerda dadang ikkimiz qay ahvolga tushganimizni bilasanmi o`zi? - Sayida chidolmay yana ikki tarsaki urdi va Sarvinozni qattiq quchoqladi, - Hudo ko`rsatmasin, bordiyu uni niyati yomon bo`lganida, ahvoling ne kechardi ahmoq qizim?
Onasini tarsakisi ko`ngliga og`ir botdimi, yoki ukasi nomusiga teyga qizga rahmi kelgani sababmi ko`zlariga yosh to`lib, hiq-hiq qilib yig`lay boshladi...
Onasini quchog`idan chiqar ekam, avval stulda qaddini bukub, bir ahvolda o`tirgan dadasiga qaradi. So`ng shumshayib bosh egib turgan ukasiga...
- Oyi... Bugun shunga amin bo`ldim. Kuchli, mart inson, ojizaga ozor bera olmas ekan! Faqat qo`rqoqlarnigina kuchi ojizaga yetadi! - Sarvinoz ukasiga yaqinlashdi, sharaqlatib yuziga tarsaki tushirdi va nafratga to`lgan onganda, - Iblisss... Sen eng jirkanch mahluqsan... O`zgallarni baxtini o`g`irlaysan... Senday ukam borligidan or qilaman...
- Bas qil opa!
Sarvinoz ikki qadam yurdida ortiga qaradi.
- Qo`liga tushsang aniq o`ldiradi. Bilib qo`y, men sen uchun hecham afsus qilmayman...
Sarvinoz bir dadasiga, bir oyisiga qarab oldida, yuzlarini kaftlari bilan berkitib, yig`lagancha xonasiga kirib ketdi...
Birmuncha vaqt o`tib, padvolga Shoxruh tushdi. Avvaliga biror so`z diyolmay, ancha turdi.
- Biz bir-birimizni sevardik! -dedi.
- Lanati, sevging nafsing qongunchami?
- Yo`q men hali ham uni sevaman...
- Senga kim qo`yibdi, meni singlimni sevishni. O`zimga o`xshagani sev...
- Sevgi nimaligini bilasizmi o`zi?
- Sen bilgan sevgi bilan men bilan sevgida yer-u osmoncha farq bor...
- Kechiring, mendan o`tdi. Uni boshini aylantirmasligim keragidi. Sevgida hamma narsa bo`lar ekan. Hozir qattiq afsusdaman...
- Seni afsusing menga juda qimmatga tushdi... Shukur qil, qo`llarim bog`liq. Og`riq sabab holdan toydim...
Tumur chindan ham holdan toyib borayotgani uchun ham, zo`rg`a gapirardi. Shoxruh ortiga qaydi. Eshik oldida dadasi hamma gapni eshitib turgan ekan. O`g`lini urush uchun bir qo`l ko`tardi-yu, biroq endi beyfoyda ekani uchun urmadi...
Temur hammasini ko`rib turgandi.
- Endi beyfoyda ekanligini bilganing alam qilmayabdimi?
Akmalxon o`zi Temurni qo`llarini bo`shatish maqsadida tushgandi. Lekin uning har bir so`zi, cho`g`day yuragiga tegayotgan, savollariga javobi yo`qligi uchun eshik ortiga o`tdi. Biroq ketmadi.
Temur ham uni sharpasini sezib turgani uchun, so`zini davom ettirdi:
- Tong otibdi, qizing sog` oldingga qaytganini sezdim. Baxtinga hamma ham sening o`lingday emas. Sen sabab, seni yomon tarbiyang sabab, meni shirin orzularim armon bo`ldi. Seni qarg`ab yashayman. Bir kun senham tovon to`laysan!
Tumurni yurakdan aytgan bu so`zlari, Akmalxonni jigar bag`rini pora-pora qilib tashladi...
* * * * *
Bir soat oshib hamki Akmalxon, Sayida, Shoxruh stolni uch tarafida o`tirishibdi, endi nima qilishni, qanday yo`l tutishni bilishmaydi. Tumurga yaqinlashishga botina olmaydilar ham...
Xonasiga kirib, to`yib yig`lab olgan Sarvinoz o`rnidan turdi. Derazadan tashqariga qaradi. Temurni padvolda ekanligini, ular boshqa sabab tufayli anchadan buyon joylaridan qimirlamaganliklarini Sarvinoz bilmaydi. Shuni uchun uni hayolida boshqa o`y.
``Men ularni qattiq havotirga qo`ydim!`` -degan hayolda xonasidan chiqdi. Kechrim so`rash uchun, stul qoshiga keldi. Boshini quyi solib:
- Dada, oyi meni kechring... Men faqat...
Allaqanday past ingroq ovozdan jim bo`lib atrofga qaradi. Yana bir bor shu ovozni eshitdi, endi ovoz podvolni ochiq eshigidan eshitilayotgani sezdi. Shoshib o`sha tomonga yugurdi, kirdiyu dodlab yubordi. Izma-iz ortidan kirgan Sayida, Sarvinozni cho`kka tushib, Temurni qo`llarini yechayotganini ko`rdi. Chilvir tugulib qolgani uchun tishlari bilan yechardi. Bir amallab yechdi-uy Temurni suyadi.
- Oyi kim bunday qildi, nega?
Yig`lab baqirdi.
Temur bazo`r ko`zlarini ochar ekam, Sarvinozni ko`rib, ichki bir xotirjamlikni sezdi.
Ko`zlarini asta yumib oldi, hech narsa haqida o`ylashni istamasdi...
Oyog`ini, ringingga solib, qon quyishda, narkoz berib apiratsiga tayyarollashayotganlarida ko`zini ochdi holos...
Keyingi ochganida, oyog`i gipsda boshi bog`langan, hamma yeri qashqagan og`riq bilan o`ziga keldi. Avval ko`zi, Sayida so`ng eshik oldida yuzini yon tomonga burib turgan Akmakxonga tushdi. Har ikkisini holi bir havol, shu bir kechada besh yoshga qariganday, ko`rinishdi.
- O`zizga keldizmi?
Titragan ovoz sohib bosh tomonida turardi.
- Sarvinoz!
- Hammasi yaxshi bo`ladi, degandiz! Qarang o`zizni qay ahvolga solibsiz!
- Sarvinoz dadang seni juda yaxshi ko`rak ekan, hammasi uni ishi? -Temur og`riq zo`ridan biroz ingrab oldi, - Sarvinoz oldingda aybdorman. O`z maqsadim yo`lida, ahloq doyirasidan chiqib ketdim, shaningga bo`lmag`ur yolg`onlarni aytib yubordim...
(Qamoqda o`tkazgan yillari, mehnat qilgani chiqishar, oqshom cho`kkanidan keyin qaytishar. O`z zonalariga kirgan mahbuslar, bir-birlariga, hayotida bilgan voqealarni so`zlab o`tirishar edi. Shulardan ko`pginasi, ayol va erkak munosabatlari haqida bo`lardi. Bazi biri, o`ynashi bilan bo`lgan voqeani aytsa, boshqasi allaqanday sarvi qomat raqqosa bilan, yana boshqasi estirada yulduzini domiga ilintirib qilgan ko`ngil hushligi haqida so`zlardi. Har gal yangi talqinga o`zgarib boradigan, bunday voqelarni barchasi cho`pchak ekanligini bilishsada, lekin har safar zo`r ishtiyoq bilan tinglashardi. Temur ham, Akmakxon va Sayidaga qizi haqida aytgan barcha so`zlar o`sha yigatlardan eshitgan edi...)
Sarvinoz nima bo`lganini taxmin qilganday, ota-onasiga hijolat bo`lib bir qarab qo`ydi.
- Temur aka, aslida biz kechirim so`rashimiz kerak... Afsus sizday akam bo`lganida, hozir bo`sh egib shafqat kutib qoshizda turgan bo`lmasdik!
Sarvinoz so`zini tugatib ulgurmay, palataga militsiya hodimi kirib keldi.
O`zini tanishtirgach, xol ahvol so`ragan bo`ldi. So`ng stulni tortib, Temurni qarshisiga o`tirdi.
Bir chekada savolga tuta boshladi.
Tergovchining barcha savollariga, Temur ikkita so`z bilan javob qaytardi
`` Yo`q, Eslolmayabman!``
Tergovchi, ortiq javob ololmagach, so`roqni keyinga qoldirib chiqib ketdi...
ORADAN BIR YARIM YIL O`TDI...
Oktiyabir oyi ohirlari, mevalar g`arq pishgan. Bog`idagi olma darahtidan uch, to`rta uzub chiqdi va supa ustidagi qo`ydi.
Bir necha kundan buyon xonadonidan chaqaloq ovozi keladi, chaqaloqni uyg`otib yubormaslik uchun, juda ehtiyotkorlik bilan harakat qiladigan bo`lib qoldi. Ertalabdan kayfiyati a`lo. Bugun ishga ham shoshmayabdi. Sababi, bugun o`kol olishi kerak, atayin uyga hamshira chaqirtirgan...
Kasalxonada yotgan paytlari, o`ziga qaragan hamshir bilan bir-biriga ko`ngli tushub qoldi. Goh bilagiga bitti vitamin qildirish uchun ham, kasalxonaga kirib keladi, hamshirani ko`rish bohonasida. Goh hamshirani o`zi, ishga ketar chog`i, Temurni holidan habar olib erta tonga kelib ketadi. Sovuq kunlari jarohati og`rib turadi. Bugun ham sovuq kunlar boshlanmasidan avval bir kurs ukol olish bohonasida chaqirtirgan. Shuni uchun ham uyga kirmay, hovlidagan beysabir aylanib yuribdi...
Eshik ohista taqqilladi, Temurni yurak dupuri kuchaydi, yuziga tabassum yoyildi. Sevgilim Nasiba keldi degan o`yda shoshib borib eshikni ochidi. Ochdidiy kayfiyati tushib ketdi.
Qarshisida Sayida, Sarvinoz va Shoxruh turardi. Ularni ko`rib, eski jarohati o`rni bir og`rib ham qo`ydi.
Ularni salomiga istamaygina alik oldi. Shoxruhning uzatgan qo`li qolib ketdi.
Sayida biroz mahzun qiyofada, hursinib so`z boshladi.
- Temurjon sizdan kechirim so`rashga ham haqqiz yo`q!
- Sayida opa, sizlarni allaqachon kechirganman!
- Temurjon biz Ruhshonaxonni, nabiramiz Shohsanamni olib ketgani kelgandik. Akamni ko`rib kelaman, deb kelgandi, mana ikki haftaki qaymadi!
- Sayida opa, boshida aytgandim To`ydan keyin singlim ajrashadi deb! Ana-mana deb ohirga surib keldik!
- Iltimos Temurjon bu shashtizdan qayting. Hammasi iziga tushdi, yoshlar bir-birini tushunib tinch yashayabdi-yu. Men ham singlizga o`rganib qoldim, nabiram siz uyimiz ham huvvillab qoldi. Dadalari ham har-kuni aytadilar kelinim, nabiramni olib kelilar deb!
- Temur aka iltimos, - Sarvinoz ham qo`shildi, - Hammaga ham ikkinchi imkonyat berish kerak! Ahir Ruhshonani ham ajrashgisi yo`q, faqat sizni rayizga qarayabdi. Iltimos o`ylab ko`ring...
Temur og`ir hursunar ekan, ichkariga yo`l ko`rsatdi.
- Hush ko`rdik... -dedi, biroz dag`al ohangda...
Ular ichkariga kirishdi, Temur eshikni yopar ekan, o`n metirlar narida kelayotgan Nasibaga ko`zi tushdi. U juda hushro`y, juda muloyim, juda mehribon qiz...
Temurni ko`rgani hamoni sevinchdan ko`zi porlab, yanoqlari qizardi, labida yoqimli tabassum paydo bo`ldi. O`z o`rnida bu tabassum Temurni yuziga ham ko`chdi...
Ko`zlarida bir-birlariga bo`lgan chin muhabbt, otlovday lovvilladi...
Temur Nasibani kutib olib ichkariga boshladi. Hovliga kirganlarida, Sarvinoz, Sayida, Shoxruh ostona oldi turib qolgan edilar, ular ichkari uydan chiqayotgan alla ohanggidan masrur tutardilar...
Ichkaridan yoqimli, qalblarni yayratuvchi alla eshitilar edi...
Alla aytib uxlataman,
Alla, qizim, alla.
Qanday seni yupataman,
Alla, bolam, alla.
Kichkinasan lolasan,
Alla, bolam, alla.
Qachon katta bo`lasan,
Alla, bolam, alla.
Alla, alla orastasan,
Alla, qizim, alla.
Gunohi yo`q norastasan,
Alla, bolam, alla.
Bog` ichida chaman gulim,
Alla, qizim, alla.
Sayraydi shaydo bulbullar,
Alla, qizim, alla.
Sendan kelar gulisi,
Alla, bolam, alla...
TAMOM...
Muallif: -MAJNUN-