Xiyonatkor ayollar haqida Xaqiqatlar
Bevafo ayollarning xiyonati erkaklarni o‘ylantirib, qiynab keladi. Haqiqatan ham, xalq orasida ayollar makri 40 eshakka yuk bo‘lishi haqida rivoyatlar mavjud. Abdulla Qahhor «Mayiz yemagan xotin» nomli mashhur hikoyasida buni ustalik bilan ochib bergan. O‘rta asr Ovro‘pasida o‘ziga mustahkam, eriga sodiq ayollarga taqiladigan «Sodiqdik belbog‘i» ishlab chiqaradigan fabrikalar ishlagan. Yuqoridagi aytilganlar tagida haqiqiy biologik asos yotipti. Ma’lumki, ayollarda erkaklarnikiga nisbatan potensial imkoniyat ko‘p, erkaklarniig jinsiy yaqinlik qilishi uchun olat tayyor bo‘lishi, buning uchun ereksiya hodisasi yuz berishi kerak, ba’zi hollarda bu hodisa bo‘lmasdai qolishi ham mumkin. Ayol kishi jinsiy yaqinlik uchun har doim tayyor. Ayol, mutaxassislar tili bilan aytganda, eng faol holda bo‘lmasa ham, jinsiy yaqinlikda qatnashishi mumkin.
G‘arbda erkak va ayollarning bir-biriga sodiqligi borasida surov o‘tkazildi. So‘rovda qatnashganlarning 76 foizi erkak xotiniga xiyonat qilishi haqida javob berran Unda savol tug‘iladi: erkaklar ayollarini ulardan qoniqmaganliklari sababli o‘zgartiradilarmi? Hech ham bunday emas, erkaklarniig sodiqlik darajasi nikohning sifatiga bog‘liq emas, o‘z xotinlari bilan oralari juda yaxshi bo‘lgan erkaklar ham bevafolik ko‘chasiga kirishlari mumkin. Uznafslarini, ya’ni nikoh bilan bog‘liq bo‘lmagan nafsoniyatlarini qondirish uchun xotinlariga xiyonat qiladigan erkaklar ham topiladi; Bevafo ayollar esa buning teskarisi, ya’ni erkakdan qoniqmasliklari, o‘ziga bo‘lgan munosabatning yomonligi tufayli xiyonat ko‘chasiga kiradilar.
10 yil ilgari G‘arbda o‘tkazilgan ilmiy tekshirishlar kishini juda hayratda qoldiradigan natijalarni ko‘rsatdi. Ko‘pchilikning qoni tekshirilganda nikoxdagi er-xotiidan tug‘ilgan bolalarniig 11 foiziga, uning qonuniy otasi biologik jihatdan otalik qila olmasligi aniqlandi. Bu olingan natijalar jinsiy yaqinlik bo‘yicha mutaxassislarni chuqur o‘ylashga majbur qildi. Tekshirishlarda har to‘rt ayoldan birining umr bo‘yi eriga xiyonat qilishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ma’lumki, dunyodagi ginekolog shifokorlarning barchasi farzandsizlikni o‘zaro nikoxdagi er-xotinda ikki yillik jinsiy yaqinlik tajribasi bo‘lgandan keyingina tekshirib aniqlaydilar.
Keyingi ilmiy tadqiqotlar kishini hayratlantiradigan natijalarni berdi. Ayollarning ko‘pchiligi begona erkak bilan hatto bir marta zino qilsa ham bo‘yida bo‘lib qolishi mumkingi aniqlangan va bu ko‘p kuzatilgan hodisadir. Buning sababi nimada, nega bunday hodisa yuz beradi? Bu savolga javob olish uchun jinsiy hayot maxsus yashirin videokamera yordamida ham kuzatildi. Er-xotinlar yoki sevishganlar bunday videokameralarni o‘z uylariga o‘rnatishga ruxsat berdilar: Albatta, olingan filmlar maxfiy tutilib tahlil qilinadi va o‘rganiladi. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, er-xotinlar o‘rtasidagi ishqiy o‘yin ayol kishi homilador bo‘la olmaslik davriga tug‘ri kelar ekan. Ko‘pchilik nikoxdagi er-xotinlarning jinsiy yaqinligi ayol oy ko‘rgandan (minustratsiya) keyinoq boshlanadi, ya’ni uning ona bo‘la olmaslik davriga to‘g‘ri keladi.
Shunisi ajablanarliki, o‘z eriga xiyonat qiluvchi ayollarning 50 foizdan ko‘progida begona erkak bilan zino qilishi ovuklyatsiya davriga to‘g‘ri kelib, bu vaqt bir oyda 5 6 kunni egallar ekan. Shunday qilib, xiyonatkor ayol qornidagi taxminan har 15 bolaning biri faqat «bego-na»gina emas, balki u ikki erkak urug‘i xiyonatkor ayol qinidaligida kurtak oladi. Ayol bir vaqtning o‘zida ikki erkak bilan bo‘lib, o‘z jinsiy a’zosi qinida «urug‘lar to‘qnashuvi»ni tashkil qiladi. «Xo‘sh, bu to‘qnashuv nimaga olib keladi? Qaysi urug‘ to‘qnashuvda yengib chiqadi?» degan savollarga javob beraylik. To‘qnashuv, albatta, juda og‘ir o‘tadi. G‘alaba, albatta, begona sevimli erkak tomonda ko‘proq bo‘ladi. Buning sabablari bir qancha bo‘lib, doimiy jinsiy yaqinlikdagi erkak, ya’ni qonuniy er bir martada 300 mln urug‘ni ayolga to‘kadi, agarda erda xotinning benarvoligiga shubha bo‘lsa, yana 100 mln urug‘ni qo‘shimcha tashlaydi, ya’ni u biologik jihatdan himoyalanadi.
Agarda ayol doimo uyda bo‘lsa, yana kasalmand bo‘lsa, erkak urug‘i 150 mln dan oshmaydi. Bularni hammasi, albatta, ongli ravishda sodir bo‘lmaydi. Erga nisbatan jazmanda boshqacha holat, u xiyonatkor ayol jinsiy qiniga 600 mln urug‘ni birvarakayiga to‘kadi. Shunday qilib, jazmanning urug‘i qonuniy erinikidan son jihatdan juda ko‘p.
Bundan tashqari, jazmanning urug‘i bo‘linish jihatdan boshqacha qulay imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Har qanday erkak urug‘ining atigi 1 foizidan bola paydo bo‘lishi mumkin. Bular kuchli, jismoniy rivojlangan urug‘lardir. Urug‘ning 85 foizi esa urug‘ «o‘ldiruvchilar»dir. Ularning bosh qismi homilador qiluvchi urug‘larnikiga qaraganda kattaroq bo‘lib, o‘zidan zaharli modda chiqaradi. Elektron mikroskop ostida bu jang kuzatilganda, «o‘ldiruv»chi urug‘ begona urug‘ga yaqinlashib, unga boshini tegizib zahar to‘kadi va uzoqlashadi, shundan so‘ng «zararlangan» urug‘ o‘ladi. Bir dona «o‘ldiruvchi» urug‘ 1 tadan 10 tagacha urug‘ni o‘ldirishi mumkin. Urug‘ning yana uchinchi turi ham borki, bu turkumdagi urug‘ bachadoniing bo‘yin qismiga doimiy joylashib oladi. Bu urug‘ning qanday ish bajarishi to‘liq tekshirilmagan, lekin taxminlarga qaraganda, bular qamalga oluvchi urug‘lar bo‘lib, boshqa urug‘larni bachadonga o‘tkazish kerakmi yoki yo‘qmi - shuni hal qiladi. Shunday qilib, xiyonatkor ayol bachadoniga ikki erkak urug‘i to‘kiladigan bo‘lsa, albatta, jazman urug‘ining g‘alaba qilish ikoniyati ko‘proqdir. Xulosa qilib aytganda, erkak xotini bilan doimiy jinsiy yaqinlik qilib, bir oyda 8 marta yaqinlashadi. Masalan, chorshanba kuni er asli bilan qo‘shilgan, u esa payshanba kuni jazmani bilan zino qildi, er bir oyda sakkiz marta xotini bilan bo‘lib homilador qila olmagan, jazman esa bir oyda bir marta qo‘shilib, uni homilador qilgan.
Boshqa tomondan hsch bir ayol begona erkakdan tug‘ishni hohlamaydi, u bachadonida o‘z erining urug‘i bor deb ishonadi, lskin xiyonatkor ayolning jazmani bilan uchrashuvi uning jinsiy faoliyatini oshirib yuboradi va o‘sha kuni, ya’ni jazman bilan zino qilgan kuni u eriga jinsiy yaqinlikni taklif qiladi, bu bilan ayol o‘zini go‘yoki parda orqasiga oladi, lekin o‘zi bilmagan holda o‘z jinsiy a’zosi qinida «urug‘lar urushi»ni keltirib chiqaradi. Insoniylik nuqtai nazardan olganda ayolning begona erkak bilan zino qilishi uning ma’naviy-axloqiy buzuqligi hisoblanib, bu qilmishi hech bir dinda, hech bir jamiyatda qabul qilinmaydi, unga eng og‘ir gunoh sifatyda qaraladi. Tibbiyot nuqtai nazaridan esa, turli bedavo yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun oilada eng muhimi - er va xotinning bir-biriga sadoqatidir. Shu boisdan ham oila Sharqda sadoqat qo‘rgoni sifatida qaralgan. Sadoqatli va mehribon ayol har doim erkaklar tomonidan qadrlanib kelingan. Zero, sadoqatli va mehribon ayol erkak qalbiniig xazinasidir.