Порно Плюс
Узбекское порно видео на UZPORNO.RU
Фото голых женщин

Javobi bor

Voqealar tizimi salgina tushunarliroq bo‘lmog‘i uchun, yigirma yil ortga qaytishimizga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Karimjon o‘n besh yashar o‘spirin edi. Fasli yoz edi. Xo‘jalikdan o‘ttiz chaqirimcha olisda joylashgan, ko‘p yillar harbiy qism jangchilari tanklar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazgani sababli aholi orasida “tankodrom” nomi bilan mashhur uch yuz gektardan oshiqroq ulkan hudud o‘zlashtiriladigan bo‘ldi. Harbiy qism boshqa viloyatga ko‘chib ketgach, bu yerga tikilgan uch-to‘rt chaylaning bittasida Karimjon tengdoshlari bilan istiqomat qilardi. Ular bu yerga maktablik kiyimlari va darsliklar uchun uch-to‘rt so‘m pul ishlash ilinjida kelishgan edi. Ularning vazifasi haydalgan yerni tekislash, o‘tlarni chopish, yuzaga chiqib qolgan temir-tersaklarni terib, bir chekkaga yig‘ish edi. O‘smirlarga Akmal ismli qirqlarga borib qolgan, shu yoshida bezoriligi uchun ikki marta “o‘tirib chiqishga” ham ulgurgan, badaniga turli rasmlarni chizib tashlagan zo‘ravon battol naq eshakday keladigan “Baron” laqabli kuchugi bilan brigadirlik qilardi. Aftidan, xo‘jalik raisi ham bezori Akmalning uzoqroq yurishini istab shu yoqlarga surgun qilgandi... O‘, bu Akmal deganlarining xurmacha qiliqlari! Akmal brigadir Oliya ismli indamas xotini va o‘n to‘rt yashar qizi Nazokat bilan “tankodrom”ning narigi chekkasidagi chaylada yashardi. Tuni bilan aroq ichib, bo‘ralatib so‘kinib, uyidagilarni uxlatmay zit titratib chiqadigan bu hirsday baquvvat, buning ustiga to‘rva soqol qo‘yib, jundor yalang‘och ko‘kraginiyu badanidagi behayo rasmlarni namoyish qilganday faqat maykada yuradigan, ayniqsa butun yuzini kesib o‘tgan tirtig‘i yanada vahimali ko‘rsatadigan daroz Akmal aka odamga teshib yuborgudek tik qarab turaverar, mabodo o‘ziga nisbatan biron e’tirozni eshitib qolgudek bo‘lsa, darrov zalvorli mushtini ishga solib qolardi. Odatda, ichib olgan Akmal daroz (darvoqe, bolalar uni orqavoratdan “Ajal” deb chaqirishardi) tong saharda, hali quyosh ufqda yuz ko‘rsatmasdan kelib bolalarni uyg‘otardi. To‘g‘rirog‘i, u bolalarni uyg‘otib o‘tirmas, balki katta paqirda atay ko‘tarib kelgan muzday suvni ularning ustiga separdi... Ana shundan keyin bir-ikkita ortga qolganlarni Baroniga “ol-kish”latib o‘tirardi. Masxara shu bilangina tugab qolmasdi. Akmal daroz erinmasdan bolalarning ishini nazorat qilib yurar, birontasi sal dangasalik qilib qolsa, balo-qazoday uning ustiga bostirib borardi-da, qo‘lidagi quroli — yer haydash payti “tankodrom”dan topib olgan odam boldir suyagini azot ko‘targancha: — Seni o‘ldirib, shu yerga ko‘mib ketaman. Oradan ellik yildan keyin manavinga o‘xshab har joy-har joydan suyaklaring chiqadi! — deb bo‘kirardi. — Yo bo‘lmasa hozir o‘ldirib, go‘shtingni Baronga yediraman! Shunday lahzalari uning chaqchaygan, qon to‘lgan ko‘zlariga qarab turib ham Akmal daroz bu va’dasining ustidan chiqishiga ishonsa bo‘lardi. Brigadirning yana bir yomon odati bor edi: u odatda o‘ziga va kuchugiga alohida qozonda, sersuyak ovqat qildirardi. Akmal darozdan qolgan go‘sht va yarim qozon suyakning huzurini Baron ko‘rardi. Xullas, Akmal daroz bolalarni bir oy mobaynida quldek ezib ishlatdi... Vaziyat shu darajaga borib yetdiki, oxiri bolalar kuchugi hamrohligidagi Akmalni ko‘rishsa bas, qaltiraydigan bo‘lib qolishdi. Ularning chekka- chekkadagi qo‘rqa-pisa shivir- shivirlariga qaraganda, Ajal hatto odamxo‘rlikdan ham qaytmas emish. Buni u qamoqxonada o‘rgangan emish... Darozga esa xuddi shu kerak edi. U battar quturib ketdi... Falakning g‘aroyib, qovushmagan ishlarini qarang! Mana shu badbashara Akmal daroz va umri kaltak yeyishda o‘tayotgan mushtipargina xotini Oliya opaning farzandi Nazokat... ertaklardagi pari misoli suluv edi. Oppoq yuz, kipriklari uzun-uzun, charos ko‘zli, silliq, yaltiroq sochlari taqimini o‘padigan Nazokat yovvoyi dalaga adashib tushib qolgan atirgul yoinki endi ochilib kelayotgan g‘uncha misoli ajralib turardi... Ablah Akmal daroz hatto shu qiziga ham qo‘l ko‘tarardi. O‘, Karimjonning o‘zi necha marotabalab ko‘rgan mushfiq qizning chekka-chekkada yum-yum yig‘lab o‘tirganlarini... Karimjon qizga chin dildan achinar edi. Ammo qo‘lidan achinishdan boshqa nima ham kelardi. Akmal daroz hammaning jonini olib qo‘ygan bo‘lsa... Karimjon qatorasiga uch kecha shu qizni tushida ko‘rib chiqdi. Sho‘rlik zor-zor yig‘lab, nuqul “Qutqaring...” deb yolvorarmish. Karimjonning bo‘lari bo‘ldi. U olisdan bir necha bor kuzatdi: qiz mung‘ayibgina yurardi... Buni ko‘rib yigitchaning yuragi battar o‘rtanib ketdi. Karimjon Nazokatni sevib qolgandi... O‘sha oqshom yana qizni tushida ko‘rdi. Lola yaprog‘iday munisa hamon zor-zor yig‘lar va Karimjonga “Qutqaring... qutqaring...” deya iltijo qilardi... O‘sha kuni Karimjonning qilayotgan ishi unchalik yoqinqiramadi shekilli, Akmal daroz uning boshida boldir suyagini o‘ynatgancha do‘q ura ketdi: — Kerak bo‘lsa men senga o‘xshagan Salimjon-nimjonlarni bir urib, yerning tagiga kiritib yuboraman! — Mening otim Karimjon, Salimjon emas... — titroq ovozda izoh berdi yigitcha. — Nima deding? Ko‘zlari olayib ketgan darozni jumlaning ma’nosi emas, yigitchaning gap qaytarishga jur’at etganligi quturtirib yubordi. U boldir suyagini azot ko‘tardiyu, Karimjonning orqasiga, umurtqa pog‘onasiga kuch bilan tushirdi. Yigit “ih” dediyu, gursillab yerga yiqildi. Qilgan ishidan mamnun daroz boldir suyagini o‘ynatgancha kuchugini boshlab chaylasiga qarab ketdi. Zarba yomon bo‘lgan ekan, Karimjon bir soatga yaqin o‘zini bilmay yotdi. Bolalar chuvillab uyoqqa chopishdi, buyoqqa chopishdi. Ammo ularning qo‘lidan nima ham kelardi. Nihoyat Karimjon ko‘zlarini ochdi. Kimdir chaylada qaydandir paydo bo‘lib olgan “aptechka”dan bitta termometr topib kelgan ekan, o‘shani darrov yigitchaning qo‘ltig‘iga qo‘yishdi. Ishqilib, Karimjon bir amallab o‘ziga keldi. U qo‘ltig‘ida muzdaygina bo‘lib turgan termometrni olib, unga hayron bo‘lib qarab turdi-da, so‘ng cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Baribir shu kuni u ishlay olmadi. Sal harakat qilsa bas, yelkasida, aniqrog‘i umurtqa pog‘onasida paydo bo‘lgan kuchli og‘riqdan dodlab yuborguday bo‘lardi. Sas chiqarmaslikka urinayotgan Karimjon tishlayverib lablarini qonatib yubordi. Shu oqshom chaylada uxlashga yotishayotgan mahal hamxona yigitlardan biri vahimali tarzda shivirladi: — Eshitishimga qaraganda, Ajal aka bir marta balog‘atga yetmagan qizni zo‘rlab qo‘yib ham qamalgan ekan. Bu odamdan ehtiyot bo‘lish kerak. O‘z ko‘zim bilan ko‘rdim: ichib olgan mahallari qiziga qarashlari juda yomon... Hayvondan farqi yo‘q bunaqa odamlarning qo‘lidan har balo keladi... Karimjon... o‘rtanib ketdi. Ong-shuurini qoplagan g‘azab, alam, chorasizlik tuyg‘ularini bosib- yanchgan ko‘yi to‘satdan Karimjonning miyasiga bir fikr o‘qday o‘rildi: “O‘ldiraman uni!..” Karimjon ko‘p kitob o‘qirdi. Bir asarda Gamletning otasi qulog‘iga simob quyilib o‘ldirilganini o‘qigandi. Yana bir kitobda Buxoro amirining bosh xotini kundoshidan qizg‘anib, erining qulog‘iga simob quygani haqidagi lavhaga ham ko‘zi tushganday bo‘luvdi. Oxir-oqibat qalbini ham zabt etgan nafrat unga “O‘ldir! O‘ldir!” derdi. Qurol ham o‘z-o‘zidan qo‘liga tushib qolgandi. Ammo bu niyatning qaror bo‘lib shakllanishiga so‘nggi tomchi yetmay turgandi chamasi. Va bu voqea keyingi kuni sodir bo‘ldi. Bolalar uzoqdan bo‘lsa ham ko‘rib turishdi: kechasi bilan ichib chiqqan Akmal daroz tongga yaqin qo‘lidan qo‘ymaydigan boldir suyagini azot ko‘targancha xotinini chaylasidan quvib chiqqach, zipillab qochayotgan sho‘rlik rafiqasiga bir muddat tikilib turdiyu, to‘satdan to‘xtadi-da, sallona- sallona qadam tashlagancha chaylasiga qaytib kirib ketdi. Karimjonning yuragi orqasiga tortib ketdi. Zero, chaylada Nazokatning yolg‘iz o‘zi qolgandi... Yigitchaning qo‘llari musht bo‘lib tugildi, ko‘z oldi qorong‘ilashdi. “O‘ldiraman!” deya pichirladi u o‘ziga o‘zi... Ertasi kuni tushga Karimjon to‘g‘ri daroz Ajal oilasi istiqomat qiladigan chayla tomon yurdi. Odatdagidek, chayla yonidagi qozonda brigadir va uning sevimli kuchagi Baron uchun alohida qozonda sergo‘sht sho‘rva tayyorlanayotgandi. Karimjon uzoqdan bir muddat kuzatib turdi. Aftidan, daroz yebto‘ymas Baroni bilan qaygadir aylanishga ketganga o‘xshaydi. Demak, chayla ichida ona bilan bola qolgan, xolos. Shoshilish kerak edi. Nainki qo‘llari, oyoqlari ham dir-dir titrayotgan Karimjon bir amallab qozon yoniga keldi. O‘choqda o‘t yonardi. Qozonda bilq- bilq qaynayotgan yog‘li sho‘rva. Saraton oftobida atrofning, odamning jizg‘inagi chiqib, miyasi qaynab yotibdiyu, darozning yegani moy... Karimjon o‘zini o‘zi battar asabiylashtirishga uringan ko‘yi daroz haqida nafrat bilan o‘ylashga harakat qilgancha qozon ustiga engashdi va cho‘ntagidan termometrni chiqardi. Karimjon ikki-uch marta termometrning kumush qoplangan quyi qismini sindirishga urinib ko‘rdi, ammo buning evini qilolmadi. Endi o‘zidan jahli chiqa boshlagan yigitcha qandaydir g‘ayri tabiiy tarzda termometrni qaynab turgan qozonga tiqdi... Nimadir “tirs” etib singanday bo‘ldi. Karimjon termometrni ko‘tardi. Darhaqiqat, uning quyi qismi singan edi. Xuddi shu lahzada, yigitcha hali o‘zidan o‘zi mamnun bo‘lib ulgurmasidan ham burun ortidan kimdir qarab turganini his qildi. Karimjon shoshib o‘girildi. Chayladan chiqib kelgan Nazokat ko‘zlarini katta-katta ochgancha unga ajablanish aralash qo‘rquv bilan tikilib qolgan edi... Karimjon qo‘lidagi quyi qismi singan termometrni qanday qilib shimining cho‘ntagiga solganini bilmaydi. Qizning o‘tkir nigohiga dosh berolmagan yigitcha birdan boshini egib olgan ko‘yi tengdoshlari kun tig‘ida ishlayotgan dala tomon tez-tez yurib ketdi... Shu oqshom Karimjon mijja qoqmay chiqdi. Uning ko‘z oldidan Nazokatning ajablanish aralash qo‘rquv aks etgan nigohi ketmasdi... Brigadir esa... Bir hafta o‘tar-o‘tmas brigadirning mashqi to‘satdan pasaydi: u endi kamroq yurib, ko‘proq dam oladigan bo‘ldi. So‘ng uning tishlari tusha boshladi... Keyin soch to‘kilishi... Bolalar qatori Karimjon ham Baronning tuyqusdan ozib, qorni ich- ichiga botib ketganini, ovqatga qaramay ham qo‘yganini kuzatib turarkan, yuragiga bosib kelgan vahima tuyg‘usidan qutulish uchun o‘zi ish bilan chalg‘itishga jon-jahdi bilan urinardi... Avval Baron ketdi. Bu... o‘sha mash’um voqeadan keyin bir oylar o‘tib sodir bo‘ldi. Tobora darmonsizlanib borayotgan brigadir suyukli kuchugiga ko‘p aza tutib o‘tirmadi. Zero endi uning o‘zi vahima, azob komida qolgandi... Akmal daroz kuchugi vafotidan keyin qirq kundan ko‘proq yashadi. Bu paytga kelib dalada ish tugamagan bo‘lsa-da, ta’til yakunlanganligi sababli bolalar maktabga qaytishgandi... Xo‘jalik bolalarga yaxshigina pul to‘ladi. Brigadirga ham. Ammo... Akmal daroz endi pulga qiziqadigan, pulni ko‘rib quvonadigan ahvolda emasdi... Yaxshiyam milsiz qo‘rquv va vahima ichida o‘tgan bir necha oy ichida Karimjon biron marta Nazokat bilan yuzma-yuz bo‘lmadi... Buning ustiga, erining vafotidan so‘ng Oliya xola qizini olib tezlikda ota- onasining qishlog‘iga ko‘chib ketdi... Bu orada Karimjon maktabni bitirdi. Umurtqa pog‘onasidagi jarohat har zamonda o‘zidan darak berib, butun vujudini bir necha kunlar mobaynida mislsiz azoblarga solsa-da, yigit tishini tishiga qo‘yib chidar edi. Ammo... ko‘ngil azobiga chidash mushkul ekan... Karimjon ko‘p o‘ylandi... Ko‘p pushaymonlar qildi... Ammo endi qo‘lidan nima ham kelardi. Karimjon meditsina institutiga o‘qishga kirdi. Uni imtiyozli diplom bilan bitirgach (zero, endi u oromni faqat tinmay o‘qish va ishlashdan olardi, toki horib-charchab, oqshom ko‘rpasiga qulasinu uxlab qolsin, ana shundagina o‘tmish xotiralari uni bezovta qilolmaydi, azobdan simillab turgan ko‘ksiga yangi pushaymon qozig‘ini qoqolmaydi), jarrohlik bilan shug‘ullana boshladi. Tez orada “qo‘li yengil jaroroh” degan nom orttirdi. U tinmay ishlardi. Ishga boshi bilan sho‘ng‘ib ketgani boismi, uylanishga ham fursat topmadi chog‘i. Ota-onasi yoki yaqinlari, qarindosh-urug‘lari uylanishdan gap ochishsa bas, nimagadir Karimjonning ko‘z oldida o‘ziga shahlo ko‘zlarini katta-katta ochgancha ajablanish aralash qo‘rquv bilan qarab turgan Nazokat siymosi paydo bo‘lardi va jarroh hamsuhbatlaridan asabiy o‘jarlik hamda qat’iylik bilan bu mavzuda aslo gap ochmasliklarini talab qilardi... Nihoyat... Nihoyat Karimjon jarroh mutlaqo kutmaganda Nazokatning o‘zi uning xonadoniga tashrif buyurdi...
Kutubxona
Olamsex.su Узбекское порно 2020
Uzvideos.ru УзбексКИЙ СЕКС
Sexuzbeks.ru - Только УзбексКИЙ СЕКС