Qizlaga yoqish siri
QIZLARGA YOQISH SIRLARI
Qizlarga yoqishning 11 ta yo’li.
Qizlar o’qishi mumkinmas!
Oila
Psixologiya
Har bir yigit o’zi istagan qarama-
qarshi jins vakiliga yoqishni
istaydi. Odatda yigitlar sevib
qolganda o’zlarini aqlli tutishga
harakat qiladi, qizlar esa buning
aksi – ahmoq ko’rinishni hohlab
qolishadi. Yigitlar shu yo’l bilan
uni ko’nglidan joy olishni istaydi.
Shu sababdan bo’lsa kerak,
bizning saytimizga ham va
boshqa ijtimoiy tarmqolardagi
(Facebook.com ,
Odnoklassniki.ru)
profillarimizga shu mavzudagi
savollar va takliflar juda ko’plab
keladi. Ya’ni qizlarning ko’ngliga
yo’l toppish yo’llari, ularga
yoqishning sirlari haqida
bi;lishni
istashadi. Bugun esa biz sizlarga
shu talab va so’rovlarni inobatga
olib aynan shu mavzuda
suhbatlashishga ahd qildik.
Maslahatlar:
1.Tabassumning kuchi. Siz uchun qadrli
bo’lgan qizni
ko’rganingizda albatta
tabassum qiling. Yuzingizdagi
tabassum, sizni hotirjam va
yoqimli inson qilib ko’rsatadi.
Undan keyin bu tabassum
orqali “Tosh yurak” qizlarni
ham bir oz eritish mumkin.
Tabassumingiz – o’sha qizga
nisbatan ijobiy fikrdaligingizni
bildiradi.
2.Tartibli kiyinish. Kiygan
kiyimingiz o’zingizga
yarashgan va tartibli bo’lishi
kerak. Dazmollangan ko’ylak va
shimda siz yanada xushbichim
ko’rinasiz. Yana bir muhim
narsa – sizning oyoq
kiyimingiz. Uning qandayligi
ayol uchun juda muhim,
shuning uchun oyoq
kiyimingiz doimo toza,
zamonaviy va tartibli bo’lishi
lozim.
3.Jismoniy ko’rinish. Sog’lom
ko’rinish ayollarning diqqatini
tortadi. Siz lapshaygan va
shalpaygan holda u qizni
oldida tursangiz, bu degani siz
u qizni yo’qotdingiz.
Gavdangizni tik tuzting.
Boshingizni ko’taring,
yelkangiz bukchaymasin.
Chiroyli qaddi-qomat – ayollar
qalbiga bo’lgan yo’llardan biri.
4.O’zingizni aqqli ko’rsating.
Ayollar aqlli va dono yigitlarni
hurmat qilishadi va qadrlaydi.
Uni oldida har sohada o’tkir
ekanligingizni namoyon qila
oling. Uni bergan savollariga
donolik bn javob qaytaring.
5.Yaxshi suhbatdosh bo’ling.
Har qanday mavzuda
suhbatlashib keta olish
qobiliyatingizni rivojlantiring.
Muhokama qilinayotgan
mavzuga eng yaxshi fikrni siz
bering. Qizlar har
sohada faol yigitlarni
yoqtirishadi. Buning
uchun nima qilish kerak?
Atrofdagi yangiliklarga
qiziqing, ularni kuzating,
ko’proq kitob o’qing.
6.Hech kimga o’xshamang.
Ya’ni birovlarga taqlid qilmang.
Siz boshqalarga
o’xshamaganligingiz uchun
ham sizga qiziqsin.
7.O’z o’rnida jiddiy bo’ling.
Qizlarga har narsaga va har
gapga tirjayaveradigan yigitlar
umuman yoqmaydi. Qiz bolaga
faqat uning atrofida
bo’layotgan, unda boshqa
qizga bir og’iz gapirmaydigan
va nazar tashlamaydigan
yigitlar yoqadi.
8.Kompliment qiling. Qizbola
maqtovni suyadi. Uning tashqi
ko’rinishidagi hech bir
o’zgarishni shundoq o’tkazib
yubormang. Albatta
kompliment qiling, xatto may-
chuyda narsalkariga ham
e’tiborli bo’ling. “Bugungi soch
turmagingiz sizga juda
yarashibdi. Ko’ylagingizni
rangini aytmasam ham bo’ladi.
Juda ham go’zalsiz bugun.” Bu
gapingizga qiz bola e’tiroz
bildirsa ham, ich-ichidan juda
suyunadi.
9.Syurprizlar qiling. Unga
kutmaganda kutilmagan
sovg’alar qilib turing. U katta
sovg’a bo’lishi shart emas.
Asosiysi sovg’a – e’tibor
berayotganingizdan darak
beradi.
10. Dadil bo’ling! Qizlar
mujimal, bir gapini eplab
aytolmaydigan yigitlarni
umuman yoqtirmaydi. Ular
dadil, o’z gaplariga ishonch
bilan gapiradigan va sevgisini
ham cho’zib yurmasdan
shartta aytadigan yigitlarni
xurmat qiladi.
11.Maqtanchoq bo'lmang.
Kamtar bo'ling, boyligingiz
bilan maqtanmang. Eng
asosiysi to'gri so'z bo'ling.