Kulgiterapiya. Latifalar
Qizcha pashsha tutib, onasiga dedi:
-Oyi, shundan fil qilib bering.
-Bu mumkin emas erkatoyim.
-Dadam sizni doim pashshadan fil yasaydi, deydilarku
-Nega ishga kech qoldingiz?
-Uydan chiqqunimcha kech bo'lib qoldi...
-Ertaroq chiqishning iloji yo'qmidi?
-Ertaroq chiqishga kech bo'lib qolgandida...
-Mana shu kuchukchani bir silab qo'ying, -dedi bir qizaloq dukondan chiqib kelayotgan amakiga.
-Jonim bilan. Kuchukchalarni juda ko'rarkansan a?
-Yo'q, bu mening kuchugim emas. U tishlaydimi yo'qmi, bilmoqchiman xolos.
-Eshitishimcha, siz sirkda sherlarni o'ynatar ekansiz. Bir narsaga hayronman: siz kichkinagina, nimjon va buning ustiga ozg'in bulsangiz. Nega sherlar sizni yeb quyishmaydi?
-Hamma gap ham shunda-da! Ular ham mening semirishimni kutushadi!
-Kecha xotinim mushukni o'rmonga olib borib, adashtirib keling, degan edi.
-Xo'sh, adashtirib keldingmi?
-Eee, qayoqda, o'zim mushukning orqasidan zo'rg'a uyimni topib keldim.
-Obbo, tishingizda katta yoriq, katta yoriq, katta yoriq bor ekan.
-Doktor, nega siz menga bu so'zni uch marta takrorlab aytdingiz?
-Kechirasiz, men faqat bir marta aytdim, qolgan ikki martasi tishingizdagi kavakdan kelgan aks sado bo'lsa kerak...
Hayvonot bog'i. Maymun turgan qafas yonida qizaloq oyisidan so'radi:
-Oyi, nega maymunlar yuzlarini bo'yab olishgan?
-Boshqa maymunlarni qo'rqitish uchun.
-Iya, unda siz dadamni qo'rqitish uchun bo'yanib olarkansizda, a?
Ikkita dugona gaplashyapti:
-E, dugon anchadan beri tobim yo'q juda mazam qochayaptida. o'tib ketarmikan a? -desa, Ikkinchisi:
-O'tib ketadi o'tgan yili yon qo'shnim ham senga o'xshab yurgandi o'tib ketdi rahmatli deganmish!
Bir kuni Er Xotiniga:
-bitta ber debdi. Xotini:
-Yoq bermayman.
-Iltimos xotin, bitta bergin, bo'may ketyabdida...
-eee boldi. Hozir berdimku, bugunga yetadi.
-iltimos bitta bergin, bugun boshqa so'ramiman.
-ufff rosa xit qivordingiz, mayli, anavi tokchada turibdi, shundan bitta oling desa,
Eri:
-Rahmat xotinjon, "yoo tovba, endi segaretni ham xotindan so'rab chekadigan boldim" deganmish
Admin, iltimos bularni chiqaring!