xijron azobi
..::HIJRON AZOBI::..
Ismoilshox 50 yoshga to'lishi munosabati bilan o'z navkarlari bilan bir necha kunga ovga chiqdi. O'ng tomonida ishonchi navkarlaridan biri
Sherabek, chap tarafida yaqindagini otasi istefoga chiqgandan keyin ananalarga muofiq o'rnini meros qilib olgan yoshgina yigit borardi. Bu yigit Fahriddin o'zi istamagan, aslo hohlamagan lavozimda ishlashga majbur. Hali birorta ishni qilmagan bo'lsaham, negadur otasini hizmati tufaylimi Ismoilshox uni o'ziga yaqin bilib yonida olib yuribdi...
Ismoilshox kechga yaqin bir chekka qishloq yaqinida chodir tiklashga amir qildi. Keyin ovlangan o'ljalarni olovda pishirib, may bilan yeb ichishdi. Hammalari sarxush shox, navkarlar, xizmatkorlar faqatgina Faxriddin hushyor. Erta tong qolganlar yana ov taraddudini ko'rishmoqda. Fahiriddin shohni ichishi uchun bulog' suvi olib kelish uchun otini egarladi. Hamma juft juft bo'lib atrofga yoyildilar. Fahriddin toza suv izlab bir o'zi qishloq tarafga ketti. Otini sug'orish maqsadida suv bo'yiga borayotgan edi. Uzuqdan oppoq ko'ylak kiygan ayolga ko'zi tushdi. O'sha ayol suv bo'yida o'sgan majnuntol tagida hayol surib o'tirardi. Faxriddin otini yetaklab u ayol tarafga asta yaqinlashdi. Yaqin kelganda bu oppoq harir ko'ylakdagi go'zal qiz ekanini ko'rdi...
Notanish ot yetaklagan kishini ko'rgan qiz cho'chib ketdi. Yuzini oq to'r-pardasi bilan berkitib, o'zini notanish kimsadan nari oldi. Fahriddin qizni cho'chitib yuborganini sezib:
- Qo'rqma mendan pariy qiz, aslo ozor bermagayman! -dedi hijolat tortib. Muloyim yumshoq momilani eshitgan qiz ortiga o'girildi. Qarshisida turgan kelishgan norg'il yigitni ko'rib bey ehtiyor jilmaydi va ko'ksiga qo'lini qo'yib salom berdi so'ng:
- O'zingizga yo'l bo'lsin er yigit?
- Zilol suv izlab chiqgan erdim pariy qiz!
- Ortimdan yuring, shu yaqin yerda buloq bor, sizni boshlab borgum! -dedi qiz. Fahriddin qizga yaqin keldi va qizni yaqindan ko'rdi. Ko'zlari chaqmoqday, kiprichlarini tez tez pippiratar, xusnini tariflashga til ojiz. Qizni yoqtirib qolganini yuragidagi dukurlash unga ayon qildi. Qizdaham shu alomatlar paydo bo'lgandi. Yigitni o'ziga yaqin olib yuzidagi to'r pardani oldi. Qanday oyjamol qiz, bey ihtiyor ikki yosh bir birlariga jilmayib qaradilar. Qiz kaftini yoyib yo'lga ishora qildi va:
- Usti boshingizdan shoximizni navkarlari bo'lsangiz kerak? -dedi.
- Topdingiz fahmingizga tasanno! -dedi.
Shu tariqa yo'l bo'yi suxbatlashib bulog' boshiga keldilar. Fahriddin meshiga suv to'ldirar ekan qizdan ko'z usmasdi.
- Nigohingiz juday o'tkir ekan? -dedi qiz yuzini pardasi bilan berkitib.
- Aff eting pariy qiz odobsizlig'im uchun! -deb uzur so'radi va suvga to'ldirilgan meshni otini egariga ildi.
- Pariy qiz ruhsat eting kuzatib qo'yay?
- Marhamatingiz uchun tashakkeur! Men shu yaqin orada turaman o'zim yetib olurman. Siz muhtaram shoximizni yolg'iz qo'ymay oldilariga boring! -dedi qiz.
- Aff eting pariy qiz ismingizni hanuz bilmayman?
- Dilorombonu! Otam isimlar Sultonahmad shu qishloq oqsoqoli!
- Dilorombonu oto onangizga ming tashakkur!
- Ne uchun muncha rahmat?
- Sizday qizni dunyo ketirganlari uchun! -dedi. Qiz uyalib yuzlarini berkitti.
- Mening ismim Fahriddin... Bey odoblig'im uchun bir qoshiq qonimdan keching... Siz ko'nglimdan joy oldingiz. Agar menda ko'nglingiz bo'lsa ertaga shu bulog' bo'yig'a keling! Kelmasangiz sizdan ginam yo'q, omon bo'ling pariy qiz! -dedida otini minib yeldir ketti...
Kuni bo'yi, kamiga tuni bilan qiz haqida o'yladi. Kelarmikin? Degan o'yda yurdi. Erta tong yana meshdagi suvni bo'shatib qishloq tarafga ketdi...
Buloq bo'yida o'tirgan qizni ko'rib, sevinchi dunyolarga sig'may ketdi...
Qizning yana buloq bo'yiga kelgani qizningham yigitda ko'ngli borligidan ayon berardi. Qiz yigit uzoq suxbatlashdilar, bir-birlariga dil isxori qildilar. Qancha suhbatlashib qancha ko'rishmasinlar, bir birlariga to'ymas edilar. Bu orada uch kun o'tib ketibdi. Eni yigit ko'nglidagi bir gapni ayta olmaganidan ozor chekardi. Ahir qanday qilib kasbim JALLOD deyishi mumkun. Umrida hech kinni qatil etmagan bo'lsada baribir JALLOD degan yomon oti bor. Bu haqida ko'p o'yladi. Nihoyat vijodni qabul qilmay qizga aytoqlikga jazim etdi. Yana yorim kutayotgandur degan o'yda buloq boshiga yo'l oldi. Qiz bugunham o'z yorini intizor kutardi...
Fahriddin qiz hayolidan ketayotgani uchun ortidan kelayotgan ikki otliqni ko'rmagan edi. Qizga yaqin kelib otdan tushganida ortida ikki otliq izma iz keldi. Qiz o'tkir faxmi bilan bu podishox Ismoilshox ekani bilib unga salom berib tazim qildi...
Ismoilshox soqolini silagancha bu hushsurat qizga anchagacha suxlanib tikilib turdi va:
- Sherabek Fahriddinbek tayorgarlik ko'ringlar saroyga qaytamiz! -deb amir qildi. Fahriddin shoxni buyrug'iga itoat etib otiga mindi. Ortiga tez-tez qarab qo'yar ekan suyuklisi qo'l siltagancha unga oq yo'l tilab turardi...
Ismoilshox o'z bog'idagi, ayvonchada yonida eng suluv kanizi bilan o'tirar edi. Bog'da ochilgan gullarga qarab o'sha kungi qizning jamolimi ko'rar edi. O'ziga-o'zi ''u meniki bo'lg'ay'' deb pichirlab gapirar. Ahyon-ahyonda kanizi quyib bergan sharobdan simirib ichar edi. Ko'p ichganidan kayfi oshdi, qizga yetishish hajrida yonardi. Yonidagi kaniziga amir etdi.
- Boring huzurimga Sherabekni chaqirib keling! -dedi. Kanizak bir muddat esankirab qoldi, odatda bunday buyruqlar hizmatkorlarga aytilar edi. Kanizakni esankirab turganini ko'rgan Ismoilshox yanada g'azablandi.
- Sherabek qani? -deb qo'lidagi jomni yerga urdi. Qo'rqib ketgan kanizak:
- Aff eting hazratim, hozir o'zim aytqizib kelgayman! -deb chiqib ketdi...
Saldan keyin Sherabek Ismoilshoxni qarshisiga kelib ko'ksiga qo'lini qo'yib tiz cho'kdi.
- Turing o'rning'izdan sodiq navkarim!
- Buyuring hazratim?
- Man aytg'an ishlar nima bo'ldi? -dedi Ismoilshox. Sherabek unga yaqin keldi.
- Hammasini bajardim, qishloq oqsoqoli Sultonahmadning qizi, ismi Dilorombonu?
- Dilorombonu, menging Diloromim! -deb kuldi va:
- Sherabek hoziroq u gulni mening bog'img'a uzib keling!
- Ho'p bo'ladi hazratim!
- Ha aytganday, Fahriddinbekni o'zingiz bilan olib keting agar amirimga itoat etmag'ay bo'lsa butun aymog'iga qiron keldiring? -deb buyirdi...
Avvaliga qishloq oqsoqoli Sultonahmad 16 yoshli qizini 50 yoshlik Ismoilshoxga kanizaklikka berishni istamadi. Keyin Sherabekning taqdididan so'ng qiz sho'rlik oyla azolarini boshiga kulfat tushmasligi uchun Sherabekning shartiga ko'ndi...
Sherabekning qo'l ostida bo'lgan Fahriddin o'z suyuklisini belajak xorlikdan qutqarib qola olmagani uchun o'zini ayibdor bildi. Afsuski qizga yaqin borishga Sherabek izin bermadi...
Ertasi kuniyoq Ismoilshox Dilorombonuni o'z nigohiga oldi.
Dilorombonuni o'z hobgohida kelinlik libosida o'tirar edi. Atrofida 2 ta yoshi kattaroq ayol uni to'y taqinchaqlarini, kiymlarini yechardi. Bu ikki chaqqon hizmatkor ayollar Dilorombonuni tungi libosda qoldirib chiqib ketishdi. Saldan keyin o'rta o'rta bo'yli soqol moylovi o'sgan Ismoilshox yotoqxonaga tashrif buyurdi. Ismoilshoxni ko'rib titrab turgan qiz shoxga tazim qilishni unutdi. Shoxni bir shapatisi uni o'ziga keltirdi. Qo'rqib ketgan qiz qari eriga tazim qilib shavqat so'rab ko'z yosh to'kdi. Yosh xotinchasini ko'z yoshlari uni chiroyiga yanada chiroy qo'shganini ko'rgan shox jilmaydi va sharob hidi kelayotgan lablarini cho'zib qizni o'pdi. Sharob hidini dimog'iga urilgan qiz ko'zlarini yumib oldi, sovuq basharani ko'rishni ismadi. Biroz kayfi bor Ismoilshox hirsini yashirmay qizni o'par, badanlaridan silar va kiyimlarini yechar edi. Hizmatkor ayollar shox kirganda nimalar qilishni aytgani uchun. Qarshiliksiz nafasini ichiga yutib turardi. Shox qizni yechintirgach o'ziham yechina boshladi. Hammayog'i jundor qari shoxni ko'rgach, qo'rquvdan titrab ketgan qiz atirgul barglari sepilgan to'shakka yotib ko'zlarini yumdi. Shu lahzada ustidagi og'irlikni his qildi. Yuziga sharob hidini nafasi uruldi. Shu payt qattiq og'riqdan ko'zlari katta-katta ochilib bey ihtiyor chinqirab yubordi. Tirjayib kulib turgan, shox yana uch-to'rt bor qattiq-qattiq zarba berdi. Yana oyoqlari orasida og'riq sezib, o'zi istamagan holda baqirib to'lg'onib ketti. Nihoyat bu og'riqlar tinib eri qiladigan ishini tugatdi. So'ng qizni bag'riga olgacha zum o'tmay uyquga ketdi. Qulog'i ostida erining yoqimsiz hurragi eshitalar ekan. O'z suyuklisi Fahirriddinni eslab unsiz ko'z yosh to'kordi...
Bunday kechalar yaqin bir oy davom etti. Endi xobgohiga eri kirganida ko'z yumib Fahriddinni hayol qiladigan odat chiqardi. Bu yo'l bilan yoqimsiz tuyg'ularni his qilmaslikka urunar edi. Nihoyat asta sekin Ismoilshoxning to'shagida tunab qolishi kamayib qoldi. Bora bora hatto kelmay qo'ydi. Endi erkinlikni his qilgan Dilorombonu hizmatkor ayollar orqali Fahriddin haqida surishtirdi. Ammo hajrida kuygan suyuklisi ichkilikka ruju qo'yib umrini mayhonalarda o'tkazayotganini eshitib dili og'ridi. Bir nechabor maktub bitti, ammo javob qaytmadi. Bir kuni suyiklisini sog'ligi judayam ayanchli ahvolda ekanligini eshitgach. Tunda erkakcha libosda mayhonaga suyuklisidan xabar olgani bordi. Sherlar aytib may ichayotgan suyiklisini ko'rib taniy olmay qoldi. Endi u o'sha suv bo'yida uchratgan Fahriddin emas, go'yoki bir maypas shoyirday edi. Dilorombonu erkakcha qadam olib Fahriddinni oldi borib qarshisiga o'tirdi. Fahriddin bir ko'rishda tanidi yori erkakcha libosda kelganini ammo, atrofdagilarga bildirmay bir jilmayib qo'ydida beyparvo maydan simirdi.
- Ey yigit namuncha o'zingizni buncha hor qilmasang'iz?
- Bu dunyo o'zi horliqdan iborat bilmaysizmu? -dedi.
- Meni desangiz o'zingizni hor qilmang! -dedi qiz past ovozda.
- Tiriklikdan nima g'aming bor, e yor,
Behuda fikrdan dil-jonda ozor.
Quvnoq yashagilu umring shod o'tqaz,
Taqdir qo'lingda-mas nima chorang bor? -deb qadag' so'z aytdida yana sharobdan simirdi.
- O'zingizni hor qilmang, siz unday emas erdingiz. Aqlingizni yig'ing! -dedi qiz suyuklisiga ichi-achib.
- Bu zamonda aqldan foyda yo'q zinhor,
Aqilsiz kishiga johon unumdor.
Aqlimni olguvchi narsamni keltir,
Zamon bo'lsa zora menga bo'lgay yor. -dedi yigit yana qadah so'z aytib. Qiz har qancha gapirmasin yigit ikki satir bayt aytib javob qaytarar va sharob ichardi...
Bu hol qayta-qayta davom etti, har tunda qiz erkakcha libosda saroydan yashincha chiqib o'z suyulisini bu qora botqoqdan qutqarmoqqa urunar edi. Yigit aksincha qizni har gal ko'rganda, unga hech qachon yetisha olmasligini bilib yuragi ezilar. Bularni unutish uchun yanada ko'proq ichardi...
Ayg'oqchi sarkarda Ismoilshoxni huzuriga tazim qilib kirdi va qulog'iga bir nimalar deb pichirladi. Ismoilshox xontaxta ustiga bir musht tushurdi:
- Olib keling Sherabek! -dedi. So'ng ikki marta qarsak chalganda hizmatkor ayol bosh egib kirdi.
- Hoziroq Dilorombonuni huzurimga boshlab keling! -dedi. Ko'p o'tmay Dilorombonu kelib tazim qildi va bosh egib:
- Chaqirtirgan ekansiz!
- Sizga bir nozik savolum bor?
- Ayting hazratim!
- Tunda erkak libosinda mayhonaga borgan erdingizmi? -dedi. Dilorombonu biroz o'ylandi va shox dalilsiz gapirmasligini bilib rostini aytdi.
- Ha! -dedi.
- Nima tashvishda borg'an erdiz?
- Xalqingiz nimalar qilmog'ini bilmoq istadim! Qiziquvchanligim uchun aff eting hazratim!
- Shundog'mi?
- Ha huddi shundog'!
- Yaxshi unda, sizni ko'rgan mayhonadagi har kimsani shu bugunoq qatil etgum, agar siz menga rost so'zlamasangiz! -dedi. O'sha mayhonada o'z suyuklisi bo'lgani uchun qo'rqib ketdi.
- Bir qoshiq qonimdan o'ting, bir yaqin kishimni boshiga kulfat tushgan erdi? -dedi. Ismoilshox zaharli kuldi:
- O'sha yaqiningizni ismi Fahriddinbek ermasmi? -dedi. Dilorombonu bosh chayqadi.
- Ha!
- Siz uni suyganmisiz? -dedi. Dilnrombonu sukut saqladi.
- Hiyonkor, hiyonatni jazosi o'lim erur, har ikkingiz shu bugun qatil etilursiz! -dedi.
- Hazratim bir qoshiq qonimdan keching, hamma gunoh o'zimda erur, mani deb bir beygunoh nobut bo'lmasin, o'limga hukum etilgan ekanman so'ngi istagim shu! -deb yig'ladi.
- Shundaymi unda istagiz ijobat bo'lg'ay! -dedi.
Shu payt Sherabek kirib bosh egib Ismoilshoxga ishora qildi. Asta jilmaygan Ismoilshox:
- Jallod!!! -deb baqirdi. Shu payt eshikdan Fahriddin tazim qilib kirdi. Ne ko'z bilan ko'rsin suyuklisi Jallod ekan.
- Fahriddinbek har qanday jalldham qachondur o'z ishini boshlashi kerak mana bugun sizham ilk bor bu vazifani ado etursiz! -dedi. Diloromboni shoxni so'zlarini eshitib suyuklisi avval hech kimni qatil etmaganini bildi, qaytanga o'z suygani qo'lida jon bermog'ini bilib ko'ngli taskin topdi.
- Hiyonatkor shu bugun qatil etilmog'i darkor! -deb Dilorombonuga ishora qildi. Ilk bor qatil etadigon inson bu uni sevgani ekani ko'rib qotib qoldi.
- Agar istamasangiz, bu hiyonatkorni yo'lbarslarimni oldiga tiriklay tashlayman! -dedi Ismoilshox...
Dilorombonu bosh siltab jilmaydi, mani o'zing'iz qatil eting deganday. Hech qanday so'z ayta olmagan Fahriddin bosh egib chiqib ketdi...
Ko'zida yosh dilida alam bilan oyboltasini tig'ini charqlardi. Qatil maydoniga chiqganida suyiklisi yuzida tabassum bilan kutib oldi. So'ng kundaga boshini qo'ydi.
Qo'lidagi boltasi qaltirab tepaga ko'tardi. Shu payt Sherabekning ovozi eshitildi.
- To'htang... To'htang!
Ikkoviham dilida umid bilan Sherabekga qaradi. Afsuski uni qo'lida boshqa bolta bor edi.
- Qatilni manabu qurolda amalga oshiring? -dedi. Fahriddin boltani olar ekan tig'ini barmog'i bilan ushlab ko'rdi, u juda o'tmas. G'azab bilan Sherabekga qaradi.
- Bu shoximiz farmoni... Mani aff etinglar ohiratingiz obod bo'lsin! -deb bir hursindi va Fahriddinni belbog'iga kichik hanjarni tiqib o'zi ortiga qaytdi. Fahriddinham bey ehtiyor jilmaydi va shu qadar katta kuch bilan bolta urdiki. O'tmas boltaham suyganini qiynoqlarsiz jonini oldi...
Sherabek may ichib o'tirgan Ismoilshoxni yoniga tazim bilan kirdi.
- Amiringiz bajo etildi, ammo!
- Nima ammo?
- Fahriddin o'z joniga qasd qildi! -dedi.
Ismoilshox hohlob kuldi...
Sherabek bosh egib nafrat to'la ko'zlarini undan yashirib turardi...
..::TAMOM::..
Mulallif: -MAJNUN-
G'oya Muallifi: darvew2
Hikoya darvew2ni g'oyasi asosida yozilgan. Agar sizdaham yaxshi g'oya bo'lsayu yozishga imkoniz bo'lmasa, marhamat Mehmonhonamga yozib qoldiring. Agar g'oyangiz yaxshi bo'lsa albatta hikoya yozishga urunib ko'raman...
darvew2 hikoya siz istaganday bo'ldimi yo'qmi, ammo harakat qildim do'stim...