SIRLI KUNDALIK... 1 - QISM...
SIRLI KUNDALIK...
1 - QISM...
Guldan so`radilar ey nozik nihol.
Dunyoda sendan ham go`zalroq ne bor?
Gul javob berdi: boshini egib.
Bergan vadasiga vafo qilgan yor...
Shaharning shovqinidan qutulib, keng ko`cha bo`ylab yuqoriga ko`tarib borayotgan Madina yona-atrofga tez-tez qarab qo`yardi. Qo`lida eski rusumdagi Nokia telifoni. Unda raqamlari juft-juft bo`lgan, chiroyli no`mer terilgan.
O`n besh daqiqa avval, yuzini qizargan voqeani hayajonidan haligacha qutila olmagan. Nogohon olingan bo`sani tami esa, lablariga qo`nib olganday.
Titrayotgan yuraging har bir urishi, uning hislarini boshqarayotganday. Beyhosdan bosh barmog`i ko`k tugamachani bosib yubordi.
- A`loo`! - dag`al ovozni eshitib, Madina so`zini topa olmay qoldi. - Kimsan?
- Men Madina! -dedi, hayajondan titrab.
- Jonim senmisan, kutmagandim! -ovoz muloyimlashdi. - Darov sog`inib qolisanda?
- Ummm! Umar aka... - yuzi yada qizardi.
- Seni sevaman asalim!
- Menam... - yuzma-yuz gaplashgandan telifonda gaplashish osonroqday tuyuldi Madinaga.
Ammo suhbat ham uzoqqa cho`zilmadi.
- Jonim keyin qo`ng`iroqlashamiz xozir ruldaman...
- Ho`p! -dedi biroz arazlaganday telifondan chiqayotgan qisqa signallarga quloq tutib...
O`N BESH DAQIQA AVVAL...
Ko`pdan buyon Umar Madinaga ko`z tashlab yurgandi. Madina ham allaqachon Umarning e`tobrini tortganini bilgandi. Shuning uchun ham Sarvardan arazlab u bilan orani ochish, fursatini kutayotgandi. Bugun kollejdan chiqishiga yoniga mashina kelib to`xtadi.
- Tashab qo`yaymi yaxshi qiz?
Qanday omad. Madina bundayin imkonyatni qo`ldan boy berishni ahmoqgarchilikka yoydida mashinaga o`ltirdi. Salom alikdan keyin:
- Judayam ochilib ketibsan, jonim! -dedi Umar birinchi uchrashuvdayoq jonim deb qo`l yurgurtirdi. Qo`llarini sikorisdan olib, Madinani barmoqlari ustiga qo`ydi.
- Yo`lga qarang, mashinani urvolasiz! - qo`llarini tortib oldi Madina.
- Mashinani urib olsan, bunga sen aybdor bo`lasan?
- Aaa...!
- Chunki chiroyingdan ko`z uzolmayabman! - Umar endi qo`llarini Madinani sonlari ustiga qo`ydi...
- Umar aka, mashinani to`xtating, - Umarni qo`lini, nariga surdi. - Uyog`iga piyoda ketaman...
Mashina to`xtagach, Madina tushishga chog`langandi. Umar ko`ylagidan ushlab qolgandi. Madina u tomonga o`girilgan chog`da esa, Umarning qaynoq lablarini his qildi. Birinchi bo`saning unutilmas ehtirosiga, Umarning ``SENI SEVAMAN`` deb aytgan izhori qulog`i ostida yangradi.
Qattiq hayajondan o`zini yo`qotib qo`ydi. Hatto qo`l telifoni tushib ketganini ham sezmadi.
Umar asta uning yuzlaridan silab erkaladi.
- Senam meni sevasanmi? - Umar pastga tushgan telifonni qo`liga olib unga raqamini terdi. - Agar sevsang menga qo`ng`iroq qil?
Madina mashinadan tushib, ko`pham o`ylab o`tirmadi, Umarga qo`ng`iroq qildi.
Hammasi ko`z-ochib yumguncha sodir bo`ldi. Birinchi uchroshuv, birinchi bo`sa, birinchi izhor...
Madina uyi tomon ketar ekan, shu voqeani tahlil qilardi. Ongi shuviriga esa haqiqiy yigit shunday bo`lishi kerak, u sevgisini, xislarini yashirishi shart emas degan fikr o`rnab qolgandi. Shuni uchun Umarni qilgan ishini oqlardi. Sarvarga ohshaganlar bo`lsa, uch yil bo`lsa ham qo`l tekkazishga botina olmaydi.
Aslida-ku Sarvar ham yomon yigit emasdi, ammo taroziga solganda Umar tomondagi pallasi ko`proq tosh bosayotganday...
Uyiga yaqinlashganda darvoza oldidagi, yuk mashinasini ko`rib hayoli chalg`idi. Hovliga qadam qo`yganida, mamnun qarshi olgan dadasini ko`rdi.
- Assalomu a`laykum!
- Va`alaykum assalom, ona qizim kelyabsizmi? -dadasi nimadandur xursand. - Xonayzga bir qarab qo`yingchi...
- Jovon olib keldizmi?
- Ha qizim...
- Rahmat dadajon...
- Arzimaydi... Men ishga shoshib turgandim. -dedi dadasi istamaygina suxbatga nuxta qo`yib.
Madina dadasini kuzatib qo`ygach, xonasiga shoshdi. Endi uni ham xonasida jovon bor, endi u ham kiyimlarini samjonlab jovonga iladi, taxlaydi. Ammo xonasiga kirganch, hafsalasi pir bo`lib kravatiga o`tirdi. Sal o`tmay ortidan onasi ham xonga kirdi.
- Ha, qizim yo`qdimi?
- Oyi eski-ku? -Madina qoshlarini chimirdi.
- Eski bo`lsa ham yaxshi-ku qizim!
- Uuufff oyi... Nuqul menga qolganda shunaqa bo`ladi. Avvalgi safar, devon degandim eski kravat olib berishdi. Telifon desan, eng eski telifon, endi kimlardandur qolgan eski javon! Nimaga doyim biror narsa so`rasam eski, yo arzon narsa olib berasizlar?
- Qizam hammasi asta sekin bo`lyabdi. Ana sovchilar kelib turibdi. Hali to`yinga yig`ishimiz kerak. Hozircha shularga...
- Eeeyy... Bunaqada dadam to`yimga ham ahlathonadan, eski mebellar topib keladilar! - Madina arazlab yig`lay boshladi. - Agar dadamga o`xshagani uchrasa. Menam sizga o`xshab... -Madina achchiq ustiga gapirgani uchun bu so`zlari onasiga og`ir botayotganini sezmasdi ham.
- Qizim dadang erta-yu kech ishlayabdilar. Biz uchun tinim bilmaydi. Mana bugun ham ismenga ketdilar, - Onasi xonani tark etar ekan. - Qizim eng kuchli inson sabr qiladigan. Eng baxtlisi esa shukur qiladigan inson...
Onasini bu nasihati yana bir safsataday tuyildi. Arazlab kiravatiga yotib oldi. Hayotidan nolib, ancha vaqt yig`ladi. Bir payt telifoni jiringladi, avvaliga e`tiborsi yotaverdi.
Umar aka bo`lsa kerak degan fikr hayoliga keldi-yu, shoshib telifonni qo`liga oldi. Telifon ekiranidagi Sarvar aka degan yozuvni ko`rgach, kayfiyati yanada tushib ketdi.
Qulog`iga yoqmagan, onasini nasihati, allaqachon ko`ngli sovib bo`lgan, sevgan insoni Sarvarni telifon qo`ng`irog`i, yo`parasida devorni yarmini egallab turgan eski javon. Bularning hammasi Umar turgan tarozi pallasini kuchli bosib, Sarvar turgan pallani uloqtirib yubordi.
Barcha alamini esa telifon xotirasiga yozilgan Sarvarni no`meridan oldi. Uni o`chirib tashladi. Shundan keyin ham ikki, uch bor jiringlayvergach, telifonini yostiq tagiga qo`yib qo`ydi. So`ng hafsala bilan o`rnidan qo`zg`aldi. O`ziga yoqmagan, ammo bugundan boshlab foydalanishgan majbur bo`ladigan javonni ko`zdan kechira boshladi. Avvaliga kiyim iladigan, taxlaydigan bo`lmalarni, keyin esa tortmalarni bir-bir ochib qaradi. Shunda eng pastgi tortmani, ichi biroz sayoz ekanligini, orqa tarafida yashirin bo`lmachasi borligini sezdi. Hayoliga kelgan birinchi narsa esa, kimningdur yaxshirgan katta miqdordagi boyligi, pul yoki tilla buyumlar bo`lsaya degan o`y bo`ldi. Biroq bu hom hayol bo`lib chiqdi, ichida miqavasi qalin, judayam eskirib ketgan daftar chiqdi xolos...
Kiyimlarini alishtirdi, yangilarini javonga ildi. Boshqalarini taxlab qo`ydi. Kitob daftarlari esa tortmalardan joy topdi. Xonasi saramjon-sarishta bo`lganini ko`rgach sal bo`lsada ko`ngli yorishdi.
Buyog`iga nima qilish kerak?
Tezroq Sarvar bilan orani ochish, Umarga esa asta sekin yaqinlashib olish kerak. Umar kelishgan, hamma qizlarga yoqadigan yigit. Shunday yigitni yonida yarashib turish, qanchay yaxshi. Madina kravatda o`tirgancha shirin orzularga berildi. Hayolot olamida yurgani uchunmi, boyagi daftarni qo`liga olib varoqlay boshlagani sezmay ham qoldi.
Hayolini Hayolini buzgan narsa esa, daftar sahifasiga chiroyli, chizilgan qizni surati bo`ldi. Faqatiga qizning ko`krakdan yuqori qismi tasvirlangan. Sahifa yuzasini yarmini egallagan surat, oddiy qalamda chizilgan bo`lsaham shunchalar jonliki. Bir qarashda buni rassomlikdan yaxshigana xabari bor insonning ishi ekanligini bilib olish mushkun emas. Madina asta varoqlay boshladi. Har bir sahifada, o`sha qiz tasviri, faqat yuz qiyofalarida o`zgarish bor, har-xil xolatlar kulgu, araz, g`amginlik, ko`zyoshlar. Madina suratlar tagida yozilganlarga qarab bu kimningdur kundaligi ekanligini bilib oldi. Yigirma, o`ttiz varoq to`ldirilgan bo`lsada. Birinchi sahifa yuqorisiga yozib qo`yilgan va ohirgi sahifadagi sanani ko`rib, bu kundalik o`n yil davomida yozilganligini bildi.
Madina kiravatga yonboshlab oldida birinchi sahifani ochdi...
ENDI MEN HAM MAJNUNMAN!
Sevgi ishq muhabbat!
Bugun 3 - Mart hayotimda yangi sahifa ochildi. Bahor fasillar kelinchagi, mening sevinchdan titrayotgan qalbim kelinchagi esa, ismini ham bilmaymdigan, usha gul sotuvchi qiz. Endi nish urayotgan nam nihol kabi, qalbimda sevgi niholi bo`y cho`zayotganday go`yo...
Bugun hiyobon yonidagi katta chinor ostida, surat chizayotgan edi. Qarshimdagi gul do`konida, men uni ko`rdim. Ha men kutgan muhabbatimni ko`rdim. U o`sha gul do`konida yangi ish boshlagan qiz. Men orzu qilgan, hayolimda suratini chizgan qizning huddi o`zi.
Bahor keldi, ammo qishning izg`irini ketmagan. Shunga bo`lsa kerak u uyiga ketgunicha do`kondan tashqariga chiqmadi. Kun yarmidan to qosh qorayguncha, skamekada o`tirgancha uni kuzatdim. Uni oldiga judayam borgim keldi...
HA U MENING QALBIM, BALKI HONADONIM KELINCHAGI BO`LISHINI JUDA ISTAYMAN...
Do`stlar dardim ekan bey davo,
Yurak beyjiz titroqda emas.
Men darvishman MAJNUNMAN go`yo,
Sevgi senga bo`ldim mubtalo...
Tunlar bedor kunlarim ozor,
Nahot qalbimga kelibdi bahor.
Dastingdan men bo`lmayin uvol,
Sevgi senga bo`ldim mubtalo...
Ko`zlarimga kelmasdan yoshim,
Sevgi senga aytayin bir so`z
Aytchi o`sha qiz nahotki baxtim,
Sevgi senga bo`ldim mubtalo...
Go`yo menga osmon bir qadam,
Xabar kelmas nega hech yordan.
Ayting baxtli bormikan mendan,
Sevgi senga bo`ldim mubtalo...
Bey davoman do`stlar bey davo,
Sevgi baxtni ko`rarmi ravo.
Romeoman, Majnunman go`yo,
Sevgi senga bo`ldim mubtalo...
Uni halitdan sog`inyabman. Erta tong otsa, uni yana ko`raman. Biroq huddi qastlashayotganday vaqt ham immilamoqda...
* * * * * * *
UNI QIZG`ANAMAN...
Bugun 4-Mart. Qish hecham o`z o`rnini Bahorga bo`shatib bergisi kelmayabdi. Bugun kechagidanda sovuqroq. Men esa skamekada o`tirgacha, surat chizdim. Nigohlarim esa gud do`konining keng oynalarida. Uning ortida esa u!
Ehhh odamlar odamlar, eshikdan chiqayotgan qora ko`zoynak taqib olgan yigit, atayin gul solin idishni yiqitib o`tib ketdi. Yigitning bu ishi uning dilini vayron qilganini sezdim. Chunki yigitni ortidan tikilib qoldi. So`ngra avaylab gullarni yana idishga solib qo`ydi...
Nahot tikilib qarab turganimni ko`rgan bo`lsa. U ham oynaga yaqin kelib termulib qaradi. Nazarimda menga qarab turgan, yana bilmadim, masofa buni chamalashimga imkon bermadi...
Maylimi men sizni jimgina sevsam.
Olisdan termulib ohista sevsam.
Sog`insam har lahza sog`inib sevsam.
Hammadan qizg`anib qizg`anib sevsam...
* * * * * * *
U SHIRINSO`Z, U MEHRIBON...
Mana 5-Mart ham tugamoqda, yana tun, derazamni qoraytirmoqda. Oh bu kunim men uchun eng, baxtli kunim. Bugun xavo biroz iliq bo`ldi, bunga sabab maydalab yomg`ir yog`gani uchundir. Yomg`irpo`stimni suratini chizdirayotgan ikki sevishgan berib o`zim yomg`ir ostida surat chizayotgan edim.
Yomg`irli havo bo`layotgani boyismi, uning ham gul do`konida, oluvchilar kamayib qolgandi. Shuni uchun bo`lsa kerak, bugun eshikdan tashqariga chiqib musoffa xavoda uzoq turdi...
U qo`lida idishcha ko`targancha men tomonga kelardi. Ovozi shundayin sehirliki, huddi duri marvaridlar yog`du sochayotganda. Ko`zlaridan esa jayron-u, ohular andoza olganday. Unga asir bo`lib, ko`z uzolmay qoldim.
- Salom rassom aka! -dedi yaqin kelib.
- Salom gulchi qiz! -dedim. Shu onda u men eng qimmatli narsasini, shirin tabassumini hadiy etdi. Huddi gullaridek beytakror tabassum. Bir chimdimgina nozi yashirilgan, kulguchlarni tariflashga tilim lol.
- Rassom aka, -gul do`koniga ishora berdi. - Bundayin yomg`irli kunda. Bir piyol qaynoq choy bilan mehmon qilaman...
Bundayin samimiy taklifga yo`q deyishga ojiz edim. Chizayotgan suratimni tugatib olishimni aytdim. U esa bir necha qadam naridagi oqayotgan ichimlik suvi quviridan idishchasini to`ldirdida ortiqa qaytdi...
Eeehhh odalar, odamlar... Yonida yori turib o`zgasini ko`zlaydi. Sevgan qizini suratini chizdirayotgan yigit, gulchi qizning ortidan yenggilgina yo`latib qo`ydi. Gulchi qiz esa, bu ishni meni qildi deb o`ylab, menga termulib qoldi...
Bu voqeadan keyin qanday uning do`koniga kira olaman. Men haqimda nima deb o`yladi ekan. Oynadan bot bot qarab qo`ymoqda...
U mehribon, uzoq vaqt qolib ketganimdanmi! Yoki rahmi keldimi! Stakaniga choy quyib men tomonga olib kelardi. Bu dunyoda kim mendayin baxtli....
Qo`lidagi sitakanni menga uzatar ekan:
- Rassom aka surat chizish qiyin emasmi? -dedi mayingima jilmayib.
- Gulchi bo`lishchi?
U yana o`ziga yarashgan tabassum bilan kursuga o`ltirdi. Ana shu onada uning, oydayin yarqin chehrasiyu, qalam qoshlari, har qoqishi yuraginga nishday botayotgan kipriklarni. Hozirgina ichilgan qaynoq choy tashtida yanda cho`qlangan, qalbimga, bir umur o`chmaydigan qilib o`yib chizib qo`ydim...
U bilan endi suxbat qurmoqchi edim, afsus do`koniga gul shaydolari kelib qoldi. U esa qo`limdagi stakanini oldi-yu, mijozlarga qarashi kerakligini aytib ketib qoldi...
Orzum mening armonim kirolmagan bog`imdir,
Bu dunyoda xush onim sizni ko`rgan chog`imdur.
Ikki ko`z ikki chashmim xam ikki qarog`imdir,
Chimdimgina nur sochib yurakning darchasidan
Bir-bora o`tmaysizmi ko`nglimning ko`chasidan.
Quvonchini qo`sh qullab ko`targanlarni ko`rdim,
Izingizdan bir ajib yo`talganlarni ko`rdim.
Hayolda suratingiz ko`rib qalqiblar turdim,
Qultumgina suv sepib vaslingiz chashmasidan
Bir-bora o`tmaysizmi ko`nglimning ko`chasidan.
Ne teksa ko`zdan tegar ko`zingizni asrang siz
Oy arazlab yurganmish yuzingizni asrang siz,
Gardining gavhari bor izingizni asrang siz
Tangri o`zi ayirmish kunduzni kechasidan
Bir-bora o`tmaysizmi ko`nglimning ko`chasidan...
* * * * * * *
Madina endi keyingi sahifani varoqlagan edi. Xonasini eshigi ochildi.
- Qizim kechki ovqatga unnamaysanmi?
Madina oynaga bir qarab, oqshom tushayotgani ko`rdi-yu, istamaygina kundalikni yopdi.
- Hozir oyi...
O`rnidan turib oshxona tomon ketdi...
Davomi Bor...
Muallif: -MAJNUN-
Sherlar Internetdan olingan...