BEVAFO
- Eee shoyir bormilar! -deb quchoq ochdi Abbos.
- Yaxshimisan do'stim? -Javlan do'stini ko'rganidan xursand quchoqlashib so'rashdi.
- Yo'l bo'lsin do'stim?
- O'zim aylanib!
- Qalay ijod bo'lyabdimi? -deb Abbos so'ramasdan Javlonni qo'lidagi daftarchani oldi.
- Bo'lib turib! -do'stini surbetligidan hafa bo'lmay jilmayib qo'ydi.
- O'o'o'... Do'stim talantinga qoyil! -dedida bir necha jumlani o'qib sheriy misralarga uncha tushina olmagach daftarni qaytib berdi.
- O'zinga yo'l bo'lsin o'rtog', mashinani yangi oldimgmi?
- Qalay toychog' yoqdimi. Dadam sovg'a qildilar!
- Buyursin o'rtog'... -dedi Javlon. Do'stini shoyir tabiyat hulqi, samimiyligidan hursan bo'lgan Abbos, mashinaga ishora qildi.
- Haydab ko'rasanmi shoyir?
- Qo'y... Taklifing uchun raxmat. Bilasanu mashina minishni hushlamayman!
- Do'stim mashinami hechkimga mindirmayman, san yaqin do'stimsan...! -do'stini rulga o'tirgizdida o'zi yon tomonga o'tirdi. Javlon mashina yurgazib 50 metirlar yurgach:
- Qayoqqa boramiz? -dedi Javlon.
- Bo'lajak kelinnikiga!
- Kelin?
- Uylanyabmanu!
- Tabriklayman do'stim, nega man endi bilyabman?
- Aytmoqchi edim, sani tog'ga ketishgan deyishti!
- Tog' havosidan nafas olib ijod qilaman! Yolg'izlikda, tabiyat go'zalligiga qarab ilhomim keladi!
- Faqta tabiyat go'zalligimi? -deb kuldi Abbos. Do'stini shamasini tushunga Javlonham kuldi.
- Hammayam sanday emasda o'rtog'!
- O'rganish kerak shoyir... Ha aytganday bo'lajak qayni singlim ketvorgan tanishtirib qo'yaymi?
- ...! -Javlon yana kuldi.
- Rost sanga yoqadi. Balki boja bo'larmiz!
- ...! -Javlon yana kulib qo'ydi.
- Ha ishonmay tirjayyabsan. Hozir borganda ko'rasan...
Manzilga yetib borganlaridan so'ng Abbos bo'lajak rafiqasiga telifon qilib tashqariga chiqishini so'radi. O'zi esa Javlonni mashinada qoldirib tushib darvoza oldiga bordi. Javlon mashinadan tushmasdan qarab o'tirar edi...
Bir chiroyli qiz chiqdida Abbos bilan so'rashdi va bir nimalarni gaplashishdi. Ikkovlariham Javlon tarafga qarab qo'yishgandan keyin qiz qaytib kirib ketdi. Birozdan keyin yana bir chiroyli qiz bilan qaytib chiqdi. Abbos Javlonga qo'l siltab mashinadan tushishini so'radi. Javlon mashinadan tushub ular tarafga bordi.
- Kel o'rtog'... Tanish bu bo'lajak kelin. Ismi Zarina, a bu singlisi... Mani qayni singlim Zamira! -qizlar Javlonga salom berishdi.
- Do'stim shoyir, ijodkor yigit. Zamira do'stim sizni yoqtirib qolibdi! -dedi. Bu gapni kutmaga Javlon bir qizardiyu Abbosga qarab qo'ydi.
- Rostdan shoyirmisiz? -qiz boshini hiyol yonga egib Javlonni ko'ziga qaradi.
- Ja unchali emas, sal qalam tebratib turaman!
- Do'stim kamtarlik qilyabdi! -dedi Abbos...
Qiz yana Javlonni ko'zlariga qaradi. Javlonham qizni husni malohati ko'rib, do'sti to'g'ri aytganini tushundi. Qalbida sevgi paydo bo'lganini tushundi. Qizdan tortinmay, unga o'zini yaqinday his qildi. Shu topda bu go'zal qiz shaniga she'rlay yozgisi keldi...
Do'stini qalbidan nimalar o'tayotganini sezgan Abbos:
- O'rtog'... Zamira... Sizlar mashinga chiqib olilar! -dedi. Javlon sekin mashina tarafga yurdi. Zamiraham u bilan yura boshlaganda Javlon suyinib ketdi...
Mashinada o'tirib ancha gaplashdilar, Zamira qiziquvchanlik bilan savollar berardi. Javlon Zamirani shaxlo ko'zlariga mahliyo bo'lib javob qaytarar edi. Abbos ketadigan vaqti bo'lganini aytganda biroz achchiqlandi ham...
Javlon o'sha kundan boshlab xalovatini yo'qotdi. Ijodigaham mazmun kirdi, sevgi haqida she'rlar yozardi. Abbosniham holi joniga qo'ymay, qizlarnikiga olib borishini so'rardi. Zamira ham Javlonga yaxshi munosabatta edi. Ko'p uchrashishdi gaplashib yurishdi...
Javlon odatiga ko'ra, ikkta sherigi bilan tog'ga bormoqchi edi. Huddi o'sha kuni Zilola telifon qilib chaqirdi.
- Bugun keling... Faqat o'ziz!
- Hozir tog'ga ketyabman, borolmayman!
- Meniyam olib boring!
- Bir o'zim emasmanda, yonimda sheriglarim bor...
- Men sizga sherig bo'lay?
- Man tog'ga ketyabman! -dedi Javlon.
- Boshqa biror yerga borardik, adirgami?
- Ho'p tayyor bo'lib turing hozir olib ketaman! -dedi...
Zamira uyidagilarga aytmay Javlon bilan ketdi. Ular tog'ga emas adirga ketdilar...
Javlonni qo'lida qalam, tizzasida daftar, bir nuqtaga termulgancha o'tirar edi. Zamira unga ko'z qirini tashlab, labida nim tabassum bilan Javlonni sheriy to'plamini o'qirdi. Ancha vaqtdan keyin Zamira orasi bilan yotdida, boshini Javlonni tizzasiga qo'ydi. Javlon Zamirani bu ishidan tajublanib jilmaydi. Zamira bo'lsa nigohlarini undan uzmagan holda ko'ziga termuldi. Go'yki uni o'tkir nigohi Javlonni qalbini bandi qilmoqchidey. Lekin bu shoyir tabiyat inson, bo'sh kelmasdi. Javlon ham Zamirani uzun kipriklari, tun qorong'usiday tim qora charos ko'zlaridan bir zum bo'lsa nigohini uzmasdi. Go'yo unda o'z aksini ko'rayotganday. Zamira bu nigohlarga dosh bera olmay asta kiprik qoqib gap boshladi.
- Nima uchun shu paytgacha hech nima yozmayabsiz?
- Siz hayolimni chalg'ityabsiz...
- Mani sevasizmi? -dedi Zamira. Hech qanday ikkilanishsiz:
- Ha... -dedi.
- Men ham sizni telbalarcha sevaman, ammo!
- Ammo! -dedi Javlon. Zamira asta boshini ko'tarib.
- Oramizda katta devor bor...
- Dadayzmi?
- Ha dadam... Shuni uchun sizga ishonib o'zimni sizga topshiraman! -dedi Zamaira. Zamiradan bunday taklifni kutmagan Javlon bir zum esankirab qoldi.
- Shunmadim... Siz taklif qilayotgan ish har ikkimizni boshi berk ko'chaga olib kirib qo'ysachi!
- Nega endi, opam o'z baxtini topadi-ku, man baxtsiz bo'lishim kerak?
- Sizni hanuz tushunmayabman?
- Chindanham meni sevsayz, men shu ondan siznikiman. Siz bardam bo'lsayz bo'ldi. Men har qanday malomatga tayyorman! -dedi Javlonga asta yopishdi. Lablar ehtisga to'lib tutashdi. Ko'zlarini chirt yumib olgan Zamira ustida Javlonni og'irligini his qildi. Hammasiga tayyor turgani uchun nima sodir bo'lishini sezardi. Kiyim ustidan bo'lsaham chotlari orasiga tiralib turgan, narsani his qildi. Birdan entikib beyhos hansirab yubordi. Lablaridan Javlonni labi uzuldi va ustuidan turdi. Zamira ko'zlarini ochdida tepasida qarab o'tirgan Javlonga qaradi...
- Tur o'rningdan jonim!
- ..! -hech nima bo'lmadiku deganday yana Javlonga termuldi.
- Biz xato qilyabmiz, bundan boshqa yo'liham bor...
- Qanday?
- Man sanga uylanaman mani oylamda muammo yo'q. Faqat pokiza holatda uylanaman...
- Ahir dadam...
- Man aytaman dadangga, qiziz maniki bo'lgan deb, san qo'rqma! -dedi tomirlarida qahramonlik qonlari jo'shib ketdi.
- Yo'q siz emas o'zim aytaman. O'sha dadami do'stini o'g'liga aytaman. Qolgani o'z o'zidan bo'ladi...
- Qanday!
- U oylasiga aytadi. Dadasi dadamga aytishi tayin. Man hamma narsaga toyyor turaman!
Ular ishni pishitib uyga qaytdilar. Vaziyatdan foydalanib nomusiga tegmagani uchun. Javlonga yanada ihlosi oshdi...
Javlon Zamiradan natijani kutgan edi. Aksincha u beydarak ketganday bo'lib qoldi. Na telifonni ko'taradi,na SMS larga javob qaytaradi. Surishtirsa ''man uni sevmaganman'' deganmish. Ancha kungacha bu gapga ishonmay yurdi. Nihoyat u ham unashtirilgani haqida eshitdi. Opasini to'yidan keyin ikki oy ichda uni ham to'yi bo'larmish. Javlon alamida kuyib yurdi, so'ng do'stini to'yini kuta boshladi...
Nihoyat to'y kuni keldi. Do'sti bilan kiyovnavkar bo'lia kelinni uyiga kelishdi. Kirgan zamonoq ko'zi bilan Zamirani qidirdi. Topibham oldi, nigohlat yana to'qnash keldi. Lekin zum o'tmay yana yo'qotdi...
To'riga vaqtinchalik saxna bezatilgan. (Bazi bir joylarda, hohishiga qarab kelinni uyidaham sahna bezatiladi. Biroz vaqt bo'lsaham kelin-kuyov kiyovjo'rasi va kelinni dugonasi o'tirishadi.)
Do'stiga kuyov jo'ra bo'lib uni yoniga o'tirdi. Sal o'tib kelin va dugonasiham kelib o'tirishdi. Avvaliga xonadan kattalari chiqishib tilaklar bildirishdi. Biroz o'yin nihoyat Javlan kutgan vaqt keldi. So'z navbati kiyovni jo'rasi va kelinni dugaonasiga navbat. Avva kelinni dugonasi tilak aytdi. Nihoyat qizni qo'lidan mikrafonni olgan Javlon kelin va kuyovga biroz qarab turdi va ''BEVAFO'' dedi. Bu so'z shunchalar jaranglab chiqganidan hamma Javlonga qaradi. Javlon yana biros sukut saqlab turdida sher o'qiy boshladi...
- ''BEVAFO''
Majnundanda ortiqroq,
Suydurdingku bevafo.
Bu devona ko'nglimni,
Kuydirdingku bevafo.
Tilimda bor bir so'roq,
Sevardim sendan ko'proq,
Ajalimdan oldinroq,
O'ldirdingku bevafo.
Duchor aylab azobga,
Orzularim sarobga,
Yuragimni sharobga,
To'ldirdingku bevafo.
Ketding dil gulshanida,
Qoldim men tikanida,
Muhabbat gulxanida,
Yondirdingku bevafo.
Begonasan hayodan,
Visol degan daryodan,
Muhabbat deb dunyodan,
Tondirdingku bevafo.
Bu sher nima uchun o'qilayotganini hechkim tushunmsdi, faqat 3 kishidan bo'lak. Do'sti uning bo'lajak rafiqasi va o'sha bevafo! Ayni paytda hammani ko'zi javlonda bo'lsa. Faqat kelin va kuyov uy derazasiga qarab turishardi. Uy derazasidan esa o'sha bevafo ko'zida yosh bilan qarab turardi...
Sherini tugatganida, hamma jim, bu sher nima uchun aytilganini tushunmasdi. Bazilar kelin avval shu yigitni sevgan ekan deb o'ylashiham turgan gap. O'yin uchun qo'shiq yangray boshlaganda Javlon borib do'stini yoniga o'tirdi...
Kelinni jaxli chiqdi. Boshini sal egib o'tirgan bo'lsada Javlonga gapirardi:
- Nima haqqiz bor, singlimni bevafo deyishga? -dedi kelin.
- Zarina... -deb kuyov.
- Singlimni boshidan nimalar o'tayotganini o'yladizmi?
- Zarina bo'ldi, bizga qarashyabdi! -dedi kuyov.
Javlon bir hursinib oldi:
- Do'stim to'yingda noqulay ahvolga solib qo'yganim uchun mani kechir!
- Qo'y kechirim so'rama sani tushunib turibman!
- Agar ko'nglingga olmasang chiqib ketardim. O'zimi noqulay his qilyabman!
- Ho'p... Tashqariga chiqib mashinda o'tirib tur, xozir bir ikkita qo'shiqdan so'ng tugattiraman! -dedi Abbos, do'stini qalbidan nimalar o'tayotganini bilgani uchun u tarafga yon bosdi. Javlon endi tashqariga chiqgan edi. Yelkasiga kimnidur qo'li tegdi.
- Gaplashib olaylik, bir og'iz gapim bor! -dedi Zamira. So'ng tez-tez yurib aftabusni orqasiga o'tib ketdi. Javlonham uyoq bu yoqqa qarab olgach Zamirani ortidan bordi.
- Mani eshiting Javlon aka! Hammasini aytganimday qildim. Ammo keyin dadami qaxridan qo'rqib ketdim. Mani oq qilmoqchi edilar, keyin hammasi yolg'on ekanini aytdim... Ming lanat udumlariga... -dedida Zamira ko'zidagi ikki tomchi yoshni artdi.
- Go'dagligimda boshqaga atab qo'yishgan ekan, endi o'sha to'ng'izga tegishga majburman... Javlon aka siz mart insonsiz, har qanday qizni baxti qilasiz. O'shanda nomusimga tegmaganiz uchun ming rahmat. Javlon aka o'zizga munosibini topib baxtli bo'ling... -dedida ikki qadam yurdi.
- To'hta Zamira... Kechir man buyog'ini o'ylamagan ekanman! -dedi Javlon. Zamira jilmaydi:
- O'qigan sheriz... Topib yozilgan huddi man uchun, rostdanam Bevafoman!... Sevgimga bevafolik qildim.
ALVIDO Javlon aka!
TAMOM...