Endi kech!!!
Endi Kech!!!
Avvalo imlo xatolar uchun uzur...
- Assalomalaykun Nodir (Meni ismim) aka?
- Va alaykum assalom Zebo (Jiyanim xolamning qizi) qalaysan, o'qish tugadimi!
- Ha aka!
- Zebo uyinga tashlab qo'yaymi?
- Mayli aka, xozir Nargiza chiqsin, xa ana chiqyabdi!
- Zebo anovi qo'shning Nargizmi?
- Ha, o'sha dugonam!
- Chaqir-charir!!! -Zebo Nargizaga qo'l ko'tarib buyoqqa kel deganday ishora qildi.
- Zebo mani tanishtirib qo'y! -dedim ovozimi sal pastlatib.
- Vooy aka yomansiz, xolamga aytaman?
- Aytaver oyimham o'zi qiz top uylayman deyishyabdi!
- Oooo aka dugonam yoqdimi?
- Ha eni dugonangga uylansam, qo'shni qishloqqa borganda, ham silarni ko'rib kelib turaman-da yomonmi shunday qilsam!
- Yo'q yaxshi! -dedi. Bu orada chiroyli kofta, yupka kiygan Nargiza yonimizga yetib keldi.
- Nargiz bu kishi akam, xolamni o'g'illari! -dedi Nargizga qarab.
- Assalomalaykum! -Nargiz salomlashib qo'l uzatdi. Uni nozik barmoqlaridan ilk marta ushladim.
- Valaykum assalom!
- Aka bu mani yaqin dugonam Nargizaaaxon! -Zebo alohida urg'u berib gapirganidan Nargizani yuzi qizarib Zeboni bir turtub qo'ydi...
Ularni mashinaga o'tqazib oldim va atayin sekin haydadim.
- Ho'sh Zebo mani 9 bitiryabsan endi nima qilmoqchisan!
- Kollejga kirib, tayorlanaman keyin, instutga topishaman!
- Sizchi Nargiza? -orqa o'rindiqda o'tirgan Nargizaga oynacha orqali qaradim.
- Manham shu kellejda o'qib, hunar o'rganaman!
- O'qimaysizmi instutlarga kirib?
- Ko'ramiz! Aaa o'zizchi? -dedi.
- Akam instutda o'qiydilar birinchi kurs grantga kirganlar! -dedi Zebo. Farosatli qiz dugonasini yoqtirib qolganimi fahimlar maqtay ketti...
Ismim Nodir o'sha paytda instutda birinchi kursda o'qib, qo'shnimi MATIZ rusmli mashinasida taksisli qilar edim. Dadam olamdan o'tganlaridan so'ng uyni erkagi sifatida o'yinqaroqlikni chetga surib pul topish maqsadida o'zimi o'qqa-cho'qqa ura boshladim. Oyin firansus tili o'qtuvchisi edilar. Asosan etibor Engiliz tiliga qaratilgani uchun maktabdaham oyimi ish soatlari qisqarib ketgan edi. Shunga qaramay opami o'qitdilar, mani omadim kelib grant bilan instutga kirib oldi. Buyog'da singlimham mahsus iqtisoslandan maktabda o'qiydi. Hullas o'qish va ishni birga bajarish mani burchim edim. Bundan nolimayman, opam, singlim mehribon, onam duvgo'y...
Qanday baxliman-aaa, hudo manga go'zal qizni ro'para qildi. O'sha uchrashuvdan keyin jiyanim Zeboni sharofati bilan Nargiza ikkimiz topishib oldik. Deyarli har kuni uchrashar edik. Shu qadar baxtli edimki kunlar, oylar, yillar g'izzilab o'tib ketti. Uni faqat maniki bo'ladi deb ishonardim. O'zi indas edi, ammo jiyanim Zebodan, Nargizaga sovchilarni keti uzilmayotganini bilib olardim. Nargiza oylada bitta qiz, judayam erka o'sgan ekan. Bu erkaligini mangaham qilardi, nimaham derdim, sevaman chidayman. Har kuni o'qishdan chiqib, yo'lga chiqaman. Biroz ich qilib bo'lgach Nargizani biror kafega olib kiraman. Deyarli 2 yil Nargizani har qanday istagini bajardim. Buyog'da o'qishni bitardim. Mani yutug'im o'qiyotgan joyim uyimga yaqinligi edi. Shuni uchun hamma narsaga ulgurardim. Lekin keyingi paytlari uchrashishga vaqt yetmay qoldi. Deplomni olganimdan keyin uzoqroq yerdagi bankda praktika o'tay boshladim. Buni ustiga opami unashtirilgan yigiti letinat unovini olib boshqa viloyatga o'tqazilibdi. Shunga qudalar tomon to'yni tezlatib yuborishdi. Yetishmovchilik tufayli astoydil ishni boshladim. Nargiza endi mandan noliy boshladi. Uchrashish yo'q hatto uhlashimga 4 soat vahtim bor edi holos. Judayam ozib ketgan edim. Deyarli bir hafta telifon qilmadi, qilsam olmadi. Kechqurin 23:30 uyga keldim. Onam uhlamay kutib o'tirgan ekanlar. Mashinani darvozaxonaga qo'yib yeg'gan terganimni oyimni oldilariga qo'ydim. Qayta qayta isitilgan ovqatni yeb bo'lib onamdan duvoni olgach, uyqusizlikdan boshim garang yotog'imga kirdim. Judayam Nargizani ovozini eshitgim kelib qayta-qayta qo'ng'iroq qildim.
- Alo!
- Nargiza qalaysan!
- Kim bu?
- Nima tanimay qoldingmi?
- Xecham eslay olmayabman kim siz o'zi?
- Xazillashma jonim ovozingni eshitgim keldi!
- Uhlasez bo'lmaydimi, soat 12 bo'lyabdi Nodir aka!
- Boya yo'ldan keldim, uyqum kelmayabdi, gaplashgim keldi san bilan!
- Uuuuff... Nodir aka ko'zi yumsez uxlaysiz, yo alla aytib beraymi?
- Aytaqol yaxshi bo'lardi!
- Man sizga enaxotinmanmi...!?
- Ha nim ertami kechmi farzantli bo'lsan aytasan, hozirdan tayorgarlik ko'ramiz, qani boshla jonim, buryo'la sani shirali ovozing og'ushida manam uhlab qolaman! -deb hazilashdim.
- Oyizga ayting manga emas... -dedi telifonni o'chrib qo'ydi. Uxlayot bo'sa uyg'otib xafa qildim shekili. Asalim judayam injiqda mayli to'ygacha injiqligi, erkaligini ko'raman keyin o'zi yuvoshroq bo'lib qoladi. Shini o'ylar og'ushida ko'zimni yumdim. Yoqimsiz budennik ovozidan ko'zimni ochdim. Go'yoki hozir yotib hozir turgandan edim. Hecham charchog'im ketmagan. Opam barvaht turib ko'cha, hovlini supiribdi. Onam nonushta tayorlab qo'yibdi. Charchog'im kuchli bo'lsada bugungi kundan umidim katta. Bugun boshliq bilan gaplashib sinovdan o'tganim tastiqlansa doyimiy ishga joylashaman. Onamdan duoni olgacha katta umidlar bilan ishxonaga bordim...
Shartnoma imzolandi, ishga qabul qilindim. Sevinchim ichimga sig'maydi. Baxtga qarshi Nargizani telifoni o'chirilgan. U bilan nishonlamoqchi edi. Jiyanim Zeboga qo'ng'roq qildim.
- Zebo dugonangnikiga chiqib bir gapni aytib qo'yaolmaysanmi?
- Urib qolmadingizlarmi?
- Yo'q nega urushamiz?
- Nargiz ayti akam boshqasini topvolibdi dedi?
- Aldagan mandan arazlab yurovdi!
- Bilmadimku aka uyiga sovchi kelgan ekan, tegishga rozi bo'libdi?
- Aldama Zebo bo'shi munkun emas, o'zi aytimi?
- Yo'q oyisi oyimlarga aytibdi... Lekin aka gapim chin rostanam uylarida harakat boshlangan! -bu gaplarga hecham ishondim kelmasdi. Bir kunda ham xush xabar ham shum xabar man uchun. Tun bo'yi o'ylab o'yimga yetolmadim. Ohiri ertasi kuni ko'chasi boshida rosa kutdim. Ohira ko'chaga oq ESPERO kirib keldi. Mashina ichida Nargiza bor edi. Mashima eshiglari tagida to'xtagach ular hayirlashishdi mashina ortiqa qaytdi. Rulda qora ko'zoynak taqgan Abror ismli bola taniyman, boy odamni o'g'li. Qoshlari qora, peshona ayvon bir qarashda kalga o'xshab ketadi. Biram xumuk tirjayadi. U ketgacha, boya Nargiza mani ko'rgan ekan uyiga kirmay man tarafga keldi.
- Nega keldiz?
- Nima bo'lyabdi Nargiz?
- Hechnima!
- Bu kim?
- Sizga nima!
- Momilani to'g'rla Nargiza!
- Ota onam qo'ymadi!
- Sevganim bor demadingmi?
- Aytdim... Endi hayr!
- Shoshma to'yni to'htadi, yo oying bilan o'zim gaplashaman!
- Qo'lizdan kelsa gaplashing xayr? -dedida ketvordi. Sovuq momiladan dilim og'rigan bo'lsa, hozir mani boshqa narsa tashvishga solardi. Nargizani yo'qatayotganimi his qilardim. Biroz ikkilanib turdim, nihoyat gaplashib olishga aht qildim. Borib Nargizlarni darvozasini taraqlatdim. Eshik ochildi. Salom berdim. Judayam istarali ayol ekan salomimgaalik olgacha:
- Keling o'g'lim? -dedi. ''o'g'lim'' degandayoq ko'nglimda iliqlik, umid paydo bo'ldi. Nargiz aytgandi oyim ona tili va adabiyot o'qtuvchisi degandi. Shuni uchun gaplari teran momilasi samimiy. Avval o'zimi tanitdim va naridagi qo'shnisini jiyan (surishtirishi oson bo'lsin deb). Oylada yagona o'g'l onam opa, singlimi boquvchisi, kechagina ishga joylashgani aytdim. Gapni ohirida Nargiza bilan bir-birimizni yoqtirishimizni aytdim. Gaplarimni jim eshitdida bir hursindi:
- Bilmadim o'g'lim, lekin biz qizimi zo'rladik. Dadasiham mehham ihtiyorni o'ziga bergandik shu qarorga keldi. Manga qolsa shoshmagani yaxshi edi, eni o'zi istab turgandan keyin...
- Ohirgi paytda uchrashmaganimiz uchun arazlab yurgandi, shunga achchiq qilgandur... (nojo'yaga gaprib qo'yganimi sezdim) kechirasiz! - dedim.
- Mayli o'g'lim dadasi kelsinchi? -dedi. Bu ayolni samiymiyligi ko'zlaridan ayon edi. Ko'nglim hotirjam uyga qaytdim. Ishim o'shxasa ertaga qolmay oyimi uylariga jo'natib boshini bog'layman...
Kechga yaqin qo'ng'roq bo'ldi, qarasam Nargiz.
- Ha, jonim qalaysan? -man undan biror xush xabar kutgan edim.
- Nega unday qildiz, bilib qo'ying man sizga teymayman Nodir aka!
- Shunmadim, oyin bilan gaplashdim-ku?
- Man o'z yo'limi talladim!
- O'sha kalni mandan ustun qo'ydingmi?
- Ha! -dedi.
- Nega? -dedim ovozimi bir parda ko'tarib.
- To'g'risini aytaman, u boy, mashina, uyi bor... Sizdacha?
- Sevgim!
- ..! -(KULDI) huddi telbadan xoxolab kuldi.
- Shunaqamai Nargiz... - manam ustidan kulgandan unga qo'shib xoxoladi, o'zimi majburlab. Agar bizni suxbatimizni birov eshitsa ikkoviham jinni ekan deb o'ylardi.
- Nodir aka manam sizni sevar edim...
- Nega endi ''edim'' endi sevmaysanmi?
- Siz hudbinsiz, doyim opam, singlim, onam deysiz...
- Manam seni ulardan kam ko'rmayman!
- Eyyy... ENDI KECH... Mani uniting man o'z baxtimni topdim sizham baxtli bo'ling!
- Nargiz... Nargiz...! -u telifoni ochirdi. Batamom o'chirib tashladi. Yuragim muzlaganday bir og'riq turdiyu, yana o'tib ketti. Kechasi bilan to'lg'onib chiqdi. Dam alam qilsa, dam ishongim kelmasdi. Ochiqchasiga boylikka uchayotganini aytib ketdi. Bir necha kun shu suxbatni tasirida yurdim. Yaxshiyam aqil bor yurakni hissiyotlarini ushlab turishga qodir. ''Nargizdan boshqa qiz yo'qmi?'' bor ''Qanday yaxshi qizlab bor harkimning baxti o'zi bilan'' o'zimni shunga ishontirdim. Mana oylar otib ishlarim yurib ketti. Qiynalganlarimni rohatini ko'ra boshladim. Tagimda inomarka bo'lmasaham o'zimizni Dons (kriditga olgan bo'lsamham, to'lash muammo emas). Oyligim zo'r, boshliqni ishonchiga sazovor bo'lganman. Eng muhimi endi o'z vaxtida uhlab o'z vaxtida turaman. Opami kam kurssiz uzatdim. Endi, oyim mani uylash payiga tushgan edilar. Ammo uylanishga shoshilmasdim. Oyim har gal shundan gap boshlasalar.
- Avval singlimi chiqaraylik keyin man! -derdim. Shu yo'l bilan oyimi yengardi. Ana mana deguncha ikki yilham o'tib ketibdi. Tenqurlarim ham ohirlab qolganisayin oyim yana boshlar edilar...
Nargizni hayoti o'xshamadi. Bir yildan ziyot yashadi, so'ng ajrashib ketdi. Ahir xayot o'yinchoq emas, pul bo'lgani bilan odam bahtli bo'lib qolmaydi. Endi manga Nargizni qizig'i yo'q edi. Ammo Navro'z bayrami edi. Bog'da Nargizni uchratib qoldi. Salom berib yonimga kelmaganda, o'zimi ko'rmaganga olib o'tib ketardim. Yonimga kelib salom berdi. Alik olib qo'l berib so'rashdim. Biroz bog'da aylanib gaplashdik. No'mirimni so'rab oldi. So'ng yarim tunda qo'ng'roq qildi, uncha xoxishim bo'lmasada gaplashib yurdim. Avvaliga har ikki, uchu keyinchali har kuni qo'ng'iroq qiladigan bo'ldi...
Ishxonada edim, boshliqni kotibasi honamga kirdi.
- Nodirjon!
- Labbay Jamila opa! -u hardoyim jiddiy qiyofada bo'lardi, a bu safar boshqacha kulib turardi. Bundan ajablandim.
- Tinchlikmi Jamila opa?
- Bir chiroyli qiz sizni so'rab kelibdi?
- Mayli kelsin chiroyli bo'lsa! -dedim hazilga olib. Buni qarangki saldan keyin Nargiza kirib keldi. Rosti ko'zim quvnab ketti haliham juda go'zal. Salomlashdik.
- Honangiz shumi?
- Ha!
- Juda shinam ekan!
- Ha! O'zi nega kelding?
- Bugun tug'ulgan kunim borasiz-aa?
- Adashmasam Kuzda tug'ilganding shekili?
- Ha kuzda yodizda ekan, shunchaki ziyofat borasiz-aaa?
- Boraolmasam kerak, ishim ko'p...
- Agar bormasez o'zimi osaman rosti!
- Ho'p boraman, qaysi kafega boramiz!
- Mani kvartiramga! -dedi. Bir suxbatimizda aytgan edi. Ajrashganda yashab turgan kvartirasini olgan ekan. Doyimiy yashamasaham ko'pincha o'sha kvartirada qolishini aytgan edi.
- Kelishdik, san ketaver man ishimni bitirib boraman! - u ketdi. U ketgandan keyin Jamila opani "u qiz bo'lajak kelinmi" degan savoliga. Gap ko'paymasin deb ''Ha'' deb qo'yaqoldim. O'zi kechga yaqib borib tezda qaytaman degan niyatta edim. Ammo Nargiza qayta-qayta telifon qilaverib bezor qilib yubordi. Nihoyat bordim, man o'ylaganday emas kichik dasturxon tuzalgan. Ikki soatga yaqin gaplashib o'tirdik. U manga suykala boshladi. Niyati ayniyotgani ko'nglim sezdi. O'zdaham istak bor edi. Ammo aqlimga ishonim ketishimni aytdim.
- Hozir jonim! -dedida narigi honaga kirib, birozdan so'ng qip yalng'och qaytib chiqdi. Og'zim ochilib qoldi. Endi aqlni chetga surib issiyotga erk berdim. O'ng besh daqiqali visol lazzati. Ish bilan bo'lib, bunaqani ishlar qilmaganman. Nargizni bag'rida qanday lazzat olganimni tariflashga til ojiz. Mana xayotning asil lazzati qayerda ekan. Shu kundan boshlab, haftada ikki bor uchrashib yurdik. Buni mazzasiga o'rganib qoldim. Ammo o'zim emas, taklifni Nargiz berardi. Oxirgi paytlarda ''qachon manga uylanas'' degan savolni tez tez aytib turardi. Bunaqa savollariga indamay qo'yaqolar edim. Endi, Nargiz qarzini qaytarayotganday atrfimda parvona edi. Bir necha marta jerkib berdimham indamadi. Ilgarilari sal qattiq gapirsam arazlab olardi. Dunyoni ishlari qiziqda, o'sha chiroy, o'sha qomat. Ammo mag'rurlik, kibir va yana qizli yo'q edi Nargizda. Deyarli uch to'rt oy kayfni qilib yurdim...
- Nodir bir qizni ko'rdim uylanasanmi o'g'lim? -dedilar oyim.
- Ha! Oyijon agar sizga yoqqan bo'lsa albatta!..
U qiz bilan ikki bor uchrashdim. Nargizday chiroy, ochiqlik, gapga chechanlik yo'q. Lekin oddiygina, farishtali qiz ekan. Birinchi uchrashuvda uncha yoqmagan edi. Ikki uchrashuvda bu qizni qalbiham pok ekanligini sezdi. Eni man unga loyiq emasman, lekin shu qizga uylanaman deb qaror qildim. Uchunchi uchrashuvga chiqdik. Uzoqdan u qizni uchrashuv joyida turganini ko'rdim. Hayajonim kuchli chami 150, 130 mertlar qolgan edi. Yo'l chetida manga kelayotganimi ko'rib kulib turgan Nargizaga ko'zim tushdi. Sirazi mashinani chetga oldim. Chinorlar panasiga salqinroq yerga to'xtadim. Nargiza kelib oldi o'rindig'a o'tirdi.
- Salom! -dedi.
- Nima qilib yuribsan bu yerlarda? -dedim.
- Aaa... O'zizchi? -dedi. Har doyimgiday savolga javob bermaganidan, bu safar achchiqlandim va to'g'risini aytdim.
- Uchrashuvga ketyabman!
- Kim bilan! -dedi kulib, gapimijiddiy qabul qilmadi.
- Bir oddiy qiz bilan, manam bir kun uylanishim kerakku! -dedim. U yana ishonqiramay bir jilmaydi. So'ng qovog'ini solib tumtayib oldi.
- O'ldiraman Nodir aka!
- Manimi? -dedi. U xato gapirgani qiyofamdan faximlab gapni burdi.
- Man sizni sevaman!
- Manam sani sevardim!
- Xozir sevmaysizmi?
- Yo'q man endi... Umuman sevgiga ishonmayman!
- Rostdan uylanyabsizmi Nodir aka?
- Ha!
- Manchi man... Nodir aka qarang qanday baxtlimiz, kechagi kunlarimizni o'ylang?
- Shu baxtmi Nargiz... Sanga uylana olmayman, gapni qisqasi?
- Sizdan xomiladorman desamchi?! -dedi.
- Shantaj qilmoqchimisan?
- Siz faqat manikisiz, xamma narsa qilaman! -dedi o'zini jiddiy ko'rsatishga urunib to'g'riga qarab oldi.
- Mayli sanga uylanaman! Ammo o'sha kundan xayoting do'zaxga aylanadi shunga rozimisan...
- Yo'q... -dedi soxta yig'lagan bo'lib ko'zini namladi.
- Birinchidan: Man sanga yalinmadim. O'zim osila boshlading. Biror marta birga bo'laylik demadim, o'zing suykalding. Ikkinchidan: San qizbola emassan, man shuncha qiynaldim, mani kutmay boylikka uchding, san xotinlikka yaramaysan... - dedim. Yana ancha gaplarim bor edi, amma Nargizni yig'layotganini ko'rib indamadim.
- Mashinadan tush, kutib qolishdi!
- O'sha jodigarni mandan ustun qo'ydizmi?
- Tan ol aslida san jodigarsan, u sandan ancha pokroq. Endi tush mashinada! -dedim. Biroz shoshmaygina turdi.
- Endi man nima qilaman?
- Qayoqdan bilay baxtingni toparsan!
- Nodir aka kechiring mani! -dedi.
- Endi kech...
Uni yo'l chetida qoldirib, ketarkanman. Oynachadan qaraganimda asfalt qirg'og'ida bosh egib turardi. Yuragidan qanday tuyg'ularni o'tqazayotgani o'ziga ayon.
CHINDANHAM ENDI KECH...
Muallif: Majnun