Moxim... 2-qism! by rea1ist
-Hozir qayerda yashayabsan?
-Eski drama teatri ortida...
-Xohlasang men bilan birga tur. Bekorga xayxotday uyda bir o`zim turaman. Uyim uncha uzoqdamas, shundoqqina vokzalning yonida...
-Ijara haqqi qancha bo`ladi?
-Hech qancha. O`qishda yordam berib , "talpalarda poddershka" qilib yursang shuning o`zi yetadi.
Jasurning bu hazili biroz oldin dushman qiyofasida turgan ikku kursdoshni do`stga aylantirdi.
Jasur ko`rinishidan qorachadan kelgan bo`lib, o`rta bo`yli, yangiliklarga ishtiyoqmand, otdan tushsa ham egardan tushmaydigan yigitlardan edi. Dadasi bo`lmish Rahmon aka shaharni ko`zga ko`ringan tadbirkorlaridan bo`lib yolg`izgina o`g`lining ko`ngliga qarshi bormasdi. Ikki yil oldin onasidan ajralgan Jasurning ko`ngliga qarardi. O`qishda qiynalmasin deb uncha uzoq bo`lmagan joydan to`rt xonali kvartira ham olib berdi.
-Kunham ja issib ketdimi. Bu yerda o`tirgandan foyda yo`q. Qani ketdik biznikiga...
-Ey yo`q ishga borishim kerak.
-Qanaqa ish endi ishlashinga hojat yo`q. Bugun olloh meni senga najot farishtasi qilib jo`natdi. Hazildan nari men bilan turmasang hafa bo`laman.
Ular oliygoh darvozasidan chiqqanicha bahslashib ketishdi. Jasur undoq o`tib, bundoq gapni aylantirib Sardorni o`zi bilan birga yashashga ko`ndirdi. Avvaliga ikki do`st yaqindagina oliygoh ro`parasida ochilgan tamaddixonada ochiqqan qorinlarini to`qlashdi. Keyin esa Sardorning ishxonasiga borishib xisob-kitobni hal qilishgach, undan so`ng Sardor turgan kvartiraga borishdi. Uning narsalarini taksi mashinasiga ortishib, manzilni Jasurning uyi tomon burishdi.
Mana Jasur istiqomat qiladigan vokzal yaqinidagi ko`p qavatli binolar qad rostlab turgan joyga yetibham kelishdi. Darhaqiqat Jasur aytganchalik, oliygohga piyoda borsa o`n daqiqachalik yo`l masofasi. Taksi mashinasidan Sardorning yuklari tushurilib u bilan xisob-kitobni rostlashgach, mashina zum o`tmay ko`zdan g`oyib bo`ldi. Jasurning ro`paradagi binoga kirishlari kerakligi ishorasidan so`ng ikki kursdosh yuklarni olgancha imorat ichkarisi tomon qadam tashlashdi.
-Ufff. Yana oshxona derazasini yopishni unutibman. Esim teshikmi deyman har gal esimdan chiqadi, yamatmasam bo`lmaydi shekilli. Ishqilib mushuk-pushuk kirmagan bo`lsinda...
Uning bu gapidan so`ng Sardorning ko`zi birinchi qavatda panjara bilan to`silgan ochiq turgan derazaga ko`zi tushdi.
-Demak birinchi qavatda yashar ekan (ichida o`ziga-o`zi)
Bino podyezidan ichkariga kirishdi. Jasur birinchi qavat chap tomondagi temir qoplamali ancha mustahkam qilib ishlangan eshikning tirqishiga cho`ntagidan olgan kalit soldida, ikki marta buragancha uni ochdi.
-Qani mehmon... Do`zaxga marhamat.
Jasur bu gapi ikki kursdoshning bir-biriga qarab jilmayishiga olib keldi. Sardor ichkariga kirar ekan uyning ichiga sinchkovlik bilan razm soldi. Jasur kirgan zahoti oyoq kiyimini yechganicha o`z uyini har bir joyini kursdoshiga ta`riflay ketdi. Bu yer yuvinish xona, bu yer mening xonam, anavi mexmonxona, mmm... bu yer oddiy xona. Uning yonidagisi sening xonang bo`ladi, bu joyni o`zing tushungandirsana... Jasur koridor oxiridagi oynasi ochiq oshxonaga ishora qilganicha, o`zini begonasirab turgan Sardorni bo`ynidan tortib unga bergan xonasiga kirgazdi. Uy ancha shinamgina, zamonaviy uslubda ta`mirdan chiqarilgan, jihozlari ham joy-joyida o`rnatilgan edi. Rahmon akaga ham o`g`lining kursdoshi manzur kelib ikkalasi birga turishiga mo`nelik qilmadi. Ikki kursdosh birga yashay boshlashdi. Mana hash-pash deguncha Sardor va Jasur oliygohning bitirish bosqichida. Oradagi o`tgan vaqt ichida ikki kursdosh huddi aka-ukaday qalin do`st bo`lib ketishdi. Oliygohda ham barcha darsda birday faollik ko`rsatar, bir-birining kamchiliklarini boshqalardan yashirib, yo`g`ini oshirib ko`rsatishardi.
Erta sahar turib oshxonada ikki kishilik nonushta tayyorlayotgan Sardor:
-Jasur tursangchi darsga kech qolasan. Turmasang o`zingdan ko`r, bilasana harakterimni...
-Bilaman, bilaman...
O`rnidan bazo`r turganicha ko`zlarini ishqalab o`z xonasidan chiqib Jasur oshxona tomon yuzlandi...
-Xormang uy bekasi. Agar qiz bola bo`lganingizda sizdan ajoyib xotin chiqardi-da, shartta o`zim uylanvolardim.
-Xex. Qiz bo`lganimda sendaqa basharasiga g`isht yog`e beton g`isht tushib ketganga tegarmidim, tegish u yoqda tursin hatto qaramasdim ham.
Bunday javobni kutmagan Jasur xoxolab kulishga tushdi. Sardor unga jo`r bo`ldi. Jasur yuz-qo`lini yuvib chiqqanicha do`sti Sardor mazali amletni tayyorlab bo`ldi. Ikkalasi to`rt kishilik stol atrofiga baravar o`tirishdi. Nonushtani paqqos tushurgan Jasur do`stiga rahmatni nasiya qilganicha, kiyimlarini almashtirish uchun xonasiga yugurib kirib ketdi. Xar galgiday idish-tovoq yuvish Sardorga qolib ketdi. Mana ular oliygoh qarshisida...
-Qaraya Sardor vaqtni tez o`tishini, mana o`qishni bitirish bosqichiga yetib kelibmiza...
-Ha nimasini aytasan, seni o`qishda qolib ketmasin deb shuncha yildan buyon tortib kelyapman. Qaraya...
-Uxxx senimi...
Jasur Sardorni quvlab ketdi.
-Tortib yurganmish, to`xta strapila... kachok bo`lsang o`zingga, yetvosam...
-Oliygoh hovlisida quvlashmachoq boshlandi. Shu payt oldinda ketayotgan Sardor huddi qo`l tormozi bosilgan mashinaday taqqa to`xtadi. Sababi, kirish qo`ng`irog`i chalingandi. Jasur qadamini sekinlatib Sardorning ortidan kelib uning bo`yniga chang soldi. Nomiga uning bo`ynidan bo`g`ganday bo`lib keyin quyib yubordi. Birinchi dars tugab ikkinchisi, u ham tugab katta tanafus boshlandi. Ikkinchi darsdan chiqishar ekan Jasur:
-Sardor yur oshxonaga, qorin ochlikdan karnay-surnay chalmoqda.
-Nima balo, o`zi sani iching to`la qurtmi deyman. Bir kun ochqolib ketishsa o`zingniham yeb qo`yishadi. Mani qornim to`q. Kutubxonaga kirishim kerak xali...
- Nima o`qib faylasuf bo`larmiding. Rasm chizish bo`yicha oliygohda senga yetadigani yo`q. Nazariydaku gapirmasamham bo`ladi. Ey sandaqa... Bu kishi yana do`stmishlar.
Jasur g`uldiragancha soxta araz qilib oliygoh oshxonasi tomon ketdi.
-Tentak...
Miyig`ida kulganicha Sardor Jasur ketganga qarama-qarshi tomonga yurdi. Kutubxonadagi ishlarini xal qilib ikkinchi qavat zinasidan pastga qarab tushar ekan uning nigohi bir nuqtaga qadaldi, qadaldiyu oyoqlari qadam bosishdan to`xtadi... (davomi bor)