Порно Плюс
Узбекское порно видео на UZPORNO.RU
Фото голых женщин

Hayotga Qaytish

Salom. Ismim Anvar (albatta o’zgartirilgan). Yoshim 22 da. Hozirda Milliy Universitetda 4 kurs talabasiman. Men yozmoqchi bo’lgan voqea bundan 4 yil ilgari bo’lib o’tgan edi. 2012 yil. Mana 11 sinf ham tugab qoldi. Maktablarda 11 yillik ta’lim bekor qilinganligi sababli biz eng oxirgi “haqiqiy” bitiruvchilar edik. Shu sababli-mi, so’nggi qo’ng’iroq tadbiri har yilgidan boshqacha bo’ldi. Bizlarni xuddi janga ketayotgan ritsarlarni kuzatgandek kuzatib qo’yishdi. Har doim lineykalarda bizni bisotidagi bor yomon so’zlari bilan so’kadigan direktorimiz Azam aka bugun tasirlanib, hattoki ko’zlari yoshlanib, nutq so’zladi: - 11 “A” va 11 “B”! Men har biringi ismingni yoddan bilaman. Shu 11 yil davomida menga xuddi o’z farzandlarimdek bo’lib ketgandilaring. To’g’risini aytsam sizlarning maktabimizni tark etayotganligingizga hali ham ishongim kelmayapti. Lekin hayot shunaqa, hattoki eng yaqin insonlaring bilan ham bir kun kelib xayrlashasan kishi. Nima bo’lganda ham men hammangizga katta hayotga qo’yayotgan ilk jiddiy qadamlaringizda muvaffaqiyat tilayman. Unutmang, maktab davri o’tib ketdi. Endi bundan buyog’iga yosh bola emassizlar. Xudo xoxlasa ikki oydan keyin har biringizdan “Ustoz! O’qishga kirdim” degan xushxabarni kutib qolaman Hamma qarsak chaldi. To’g’risini aytganda men ham ta’sirlanib ketdim. Lekin hissiyotlarga berilishning mavridi emas edi. Direktor haq edi. Nima bo’lganida ham shu yili institutga kirishim kerak edi. Shu sababdan, tadbir tugashi bilan narsalarimni ko’tarib, repititorga qarab uchdim. *** Ona-tili va Adabiyot fanidan tayyorlov kursim kollej binosida bo’lardi. Soat 12 da boshlangan darsga 2 da borayotganligim uchun o’zimni oldindan ustozimning zahar gaplariga tayyorlab kelayotgan edim. Bugun Test tobshirishimiz kerak edi. Yo’lda kitobni u-yoq, bu-yog’iga qarab oldimda, “buyog’i endi tavakkal” deb kirib bordim. Kelsam, qolgan abiturientlar allaqachon testni tobshirib ketib bo’lishgan, ustoz testlarni tekshirib turardi. - Ertaga kelardiz, yigitni guli – kinoya qildi Malika opa - Ertagacha sizni sog’inib o’lib qolsamchi? – bo’sh kelmadim men ham Darvoqe ustozim haqida gapirish esimdan chiqibdi. Malika opa yoshi 26 da, qurilish kollejiga o’tgan yili ishga kirgan edi. Ishdan tashqari abiturientlarga kurs ham o’tar edi. Yaxshi ona tili o’qituvchisi “defitsit” bo’lgani uchun-mi, gruppalari rosa ko’p edi. Ikki yil oldin institutni tamomlab, bir harbiy yigitga turmushga chiqqan va u bilan birga vodiyga ko’chib ketgan edi. Lekin keyin nimadir sabab bo’lib, turmushi o’xshamay qaytib kelib, shu kollejga ishga kirgan edi. Tashqi ko’rinishiga keladigan bo’lsak… Xullas yoqimtoygina qiz edi(Juda yosh ko’ringanligi sababli ayol deyish qiyin edi). Har xolda poytaxtda 4 yil o’qigan, o’ziga qarashni yaxshi bilardi. Ammo yoqimtoy bo’lgani bilan, darslarda juda qattiqqo’l edi. Agar kimdir yaxshi tayyorlanmasdan kelsa, zaharli zaharli kinoyalari bilan hammani oldida rosa qizartirardi. Tilshunosga gap topib berish kimning ham qo’lidan kelardi? Albatta mendan tashqari… “Hozir gapimga mingta javob topib beradi” deb tayyor bolib turgandim, lekin negadir u indamadi. - O’tir, mana testing. Yarim soat vaqting bor Sekin testni olib, yechishga tushdim. Baxtimga oson savollar tushib, 15 minutda tugatdim. O’rnimdan turib testni obordim. U tekshirib bo’lingan test varog’iga “chalasi qolib ketmadimikan” degandek ruchkani o’ynatgancha qarab turardi. Sekin stolidaki testni olib,tekshirilmagan tomoniga aylantirib qo’ydim. U biroz cho’chib ketdi. - Xayolga berilib ketibman… Yechdingmi – so’radi - Yechin demadiz-u! – hazil bilan javob qaytardim. U sezilar-sezilmas jilmayib qo’ydi-da, qo’limdan testimni olib stol ga qo’ydi. - Bo’pti, boraver. Javobini keying darsda bilasan. - Tinchlikmi, Malika opa? Zaharga qarshi dori ichdizmi deyman? - Ha, yoo’q, shunchaki biroz boshim og’riyapti. E’tibor qilma – dedi u. “Bo’pti, yaxshi qoling” deb eshikka qarab ketayotganimda, Malika opa gapirib qoldi: - Hamid akani taniysanmi? - Qaysi Hamid? Apteka Hamidmi? - Ha o’sha. - Endi.. Jaa tanishmasmanu, lekin bilaman. Tinchlikmi? - O’sha aptekaching menga “grajdanskiy brak” taklif qildi. Shahardan dom bilan Matiz oberarmish. Tumanda Hamid aka degan biznesmen bor edi. 4 ta dorixonasi borligi uchun hamma uni “Hamid apteka” der edi. Uning katta qizi ham biz bilan birga tayyorlanardi. Har doim qizini olib ketgani kelib, Malika opadan “o’qishlari qalay, yaxshimi” deb yarim soat surishtirardi. Men uni qizining o’qishiga shunchalik e’tiborli ekan-da, desam gap buyog’da ekan. - U menga “O’zingni har qancha sipo ko’rsatganing bilan, atrofdagilar uchun eridan chiqib kelgan buzuq ayolsan” dedi – Malika opa yig’lab yubordi. – Nahotki odamlar men haqimda shunaqa o’ylashsa? Ahir men nima qildim? Aybim erimning xiyonatini kechimaganimmi? Kimga zararim tegdi meni..? Demak eri unga xiyonat qilgan ekanda… Shundoq chiroli xotini bo’la turib, xiyonat qiladigan to’nkalar ham bor ekanda. Uni nima deb ovutishga ham hayron edim. Keyin o’ylab-o’ylab har doimgi “qurol”imni, ya’ni hazilni ishga soldim: - Endi, Malika opa… Sizni bilmadim-u, agar Hamid apteka menga dom bilan Matiz taklif qilganida quchoqlab kal boshidan o’gan bo’lardim Malika opa yig’i aralash kulib yubordi - Juda yaxhshi bolasanda, Anvar! Doim ko’nglimni ko’tarasan – sochimni silab qo’ydi. - Aytib qo’yay, meni sizga dom oberish niyatim yo’q lekin. - Ko’p gapirmasdan, ko’tar mana bularni - Malika opa darrov o’ziga keldi. Stol ustida 5-sinfdan 11gacha bo’lgan Adabiyot kitoblari bor edi. - Nima qilasiz bulani olib ketib? - Ertaga senlarga yana test tuzishim kerak. - Belimni chiqarib yuboradiku bu kitoblariz. - Voy-bu 7 ta kitobga beliz chiqib qolsa, ertaga kelinni qanaqa qilib ko’tarmoqchisiz? - Nega endi ko’tarishim kerak? O’zini oyog’i bor, yurib kiradi. - Kettik. Kollejdan Malika opani uyigacha 20 minutlik yo’l edi. Yo’l bo’yi turmushini hikoya qilib ketdi. Aytishicha eri unga uylanishidan burun, vodiylik bir 35 yoshli, 4 bolali ayol bilan nikohdan o’tgan ekan. Ota onasi bila turib, Malika opaning uyidakilariga aytishmagan ekan. Borsa, eri “o’sha ayol bilan bitta uyda yashaysan, xoxlasang shu, xoxlamasang, ana katta ko’cha” deb turib olibdi... Gap bilan bo’lib yetib kelganimizni ham bilmay qolibman. Malika opaning toppish-tutishi yaxshi bo’lganligi sababli o’ziga alohida uy sotib olgan edi. Kim bilsin, kennayisining turtkilari joniga tekkandir balki… Xullas yolg’iz qo’rqmaslik uchun katta it olgan edi. Eshikdan kirishim bilan o’sha yaramas it kelib boldirimdan tishlab oldi. Jon holatda qo’limdaki kitoblarni itni boshiga qarab urdim. Bechara changillab qochib ketdi. - Reks! Yo’qol! – itini haydadi Malika opa.- Tuzikmisan, Anvar? Voy xudoyim, oyog’ingdan qon oqayapti! - Itiz ham o’zizga o’xshar ekan – shu holimda ham hazil qildim. - Ko’p gapirma, kir uyga, hech bo’lmasa zelyonka surib qo’yaman. Bu ahvolda uyga borsang, oying meni o’ldirib qo’yadilar. - Qo’ysayizchi, vahima qilmang. Birinchi marta it tishlagani yo’g’u meni. - Kir dedim Noiloj ichkariga kirdim. Malika opa yugurib borib aptechka ko’tarib keldi. Ichidan avval spirtli paxta olib oyog’imning yarasini arta boshladi - Bir oz achishishi mumkin. Chidaysanmi? - Sizni zaharli gaplarizni oldida spirt nima bo’libdi? U yarani yaxshilab artib, yod surkab qo’ydi-da, bint olib o’ray boshladi. Umrimda ayol kishiga bunchalik yaqin turmaganim sababli g’alati bo’lib ketdim. Buning ustiga yosh, chiroyli ayol mehr bilan g’amxo’rlik ko’rsatsa juda yoqimli bo’larkan. - Ana bo’ldi – boshini ko’tardi Malika opa. Shu payt menga nima jin urdi, bilmadim-u lekin qanday qilib chap qo’lim uning yuzini silay boshlagani o’zim ham tushunmadim. U ko’zlarini katta-katta ochganicha menga tikildi. Shu topda u qattiqqo’l o’qituvchidan ko’ra ko’proq bozorda oyisini yo’qotib qo’ygan yosh qizaloqqa o’xshar edi. Uni ohista o’zimga tortdim va labimni uning nozik lablariga bosdim… Shu holatda uni butun umr quchoqlab turishga ham tayyor edim. Uning belidan avaylab ko’tardim-da, divan tarafga qarab yurdim. Ohista divanga qo’ydim va go’yo unga zarar yetkazib qo’yishdanqo’rqqandek avaylab pushtirang koftasining tugmalarini yecha boshladim. Bir necha daqiqadan keyin u ko’z oldimda yalang’och yotardi. Ko’zlariga tikilguncha yana lablariga labimni bosdim. Bu men shu paytgacha his qilgan eng yoqimli hissiyot edi. Negadir uning ko’zlaridan yosh oqar edi. Nazarimda u ham qilayotgan ishimiz noto’g’riligini bilar, ammo shu bilan birga o’zini to’xtatishga ham kuchi yetmayotgan edi. Uning qordek oppoq, nozik badanining mexr bilan silar, va dag’al qo’llarim unga ozor bermayaptimikan deb qo’rqardim. Ko’kragiga labimni qo’yganimda u ko’zlarini chirt yumib oldi. Ammo maxkam yumilgan ko’zlar orasidan ham yosh sizib chiqayotgan edi. Men esa shu hol o’ngimda bo’layotganiga ishongim kelmas, go’yo tush ko’rayapmanu, uygo’nib ketishdan qo’rqqandek ohista harakat qilar edim. U nihoyatda chiroyli edi. Nazarimda xuddi buyuk bir rassom butun umr mehnat qilib go’zal bir surat chizganu o’sha surat mening qo’limga tushib qolgandek. U bor ixtiyorini mening qo’llarimga tobshirib qo’ygan edi. U bilan qovushganimda ko’z oldimda kuchli chiroq yonib ularni qamashtirib qo’ygandek bo’ldi. U bo’ynimdan mahkam quchoqlab olganicha sochlarimni silar edi… Shu ahvolda nechchi soat o’tdi, bilolmadim. Lekin o’zimga kelganimda qorong’u tushib bo’lgan edi. Ikkalamiz ham nima deyishni bimasdan jim yotardik. U ko’ksimga boshini qo’yib ko’zlarini ochmasdan yotar edi. Axiyri men tilga kirdim: - Uyimga ketgim kelmayapti. Uydakilarga o’rtog’imnikida qolib dars qilaman deyman U hech narsa demadi. Faqat yuzida mayin tabassum paydo bo’ldi. Menga shuni o’zi yetarli edi… Ertalab ko’zimni ochib qarasam, Malika oldimda yo’q edi. “Nahotki tush ko’rgan bo’lsam” deb qo’rqib ketdim. Ammo biroz o’zimga kelib, bu tush emasligini angladim. Qo’shni xonadan uning yig’layotgan ovozi eshitilayotgan edi. Kiyimlarimni kiyib o’sha tomonga yurdim. Kirsam, u yostiqni quchoqlab yiglab turar edi. Nima deyishga hayron bo’lib turganimda u so’z boshlab qoldi: - Anvar… bilasanmi, kecha o’zimni birinchi marta baxtli his qildim. Men uchun hayot ikki yil oldin tugagan edi. Umrimda na ma’no va na bir maqsad bor edi. Alamimni ishimdan olayotganimning sababi ham shu. O’zimni hech kimga keraksiz odamdek hisoblar edim. Lekin kecha... kecha men qaytadan tug’ilgandek bo’ldim. Hayot davom etayotganligini his qildim. Bu hammasi sen sababli. Bilasanmi sen meni hayotga qaytarding. Lekin… - Nima lekin? - Gap shundaki, men…biz kecha gunoh qildik. Bu yomon. Bilasanmi men bunday yashay olmayman. - Menga turmushga chiq unda! – bu gap qayerdan xayolimga keldi, bilolmadim. Lekin bir narsani bilardim – qarorim qat’iy edi. - Jinnivoy! Nima deyatganingni o’zing ham tushunmayapsan. - Men hazillashmayapman. Jiddiy aytayapman. Senga uylanaman. Kim nima desa desin! - Gap odamlarning gapida emas… - Gap nimada unda? - Gap menda! Tushun, men senga munosib emasman. Sen juda yaxshi bolasan. Albatta o’qishga kirasan. O’zingga mos chiroyli qizni topib u bilan baxtli bo’lasan. - Menga boshqa… - Jimm! – u barmig’ini labimga bosdi. Ko’zlaridan yana yosh oqa boshladi. - Iltimos qilaman Anvar, meni qiynama. Agar seni ko’rsam o’zimni to’xtatib tura olmayman. Shu sababli boshqa uchrashmaylik. – u bu gaplarni chin qalbdan aytayotganligi bilinib turar edi. Shu sababli uni boshqa qiynagim kelmadi. Shartta bag’imga bosdim: - Yig’lama, qo’y. Nima desang shu. Vada beraman meni boshqa ko’rmaysan. *** Birinchi semesterni tugatib tatilga chiqib uyga qaytib keldim. Kelsam oyim pardoz andoz qilib qayergadir otlanayotgan ekanlar. - Tinchlikmi oyi, qayoqqa? - Ha bolam, Shoiranikiga. Qizi bor ediku, haligi senga dars o’tgan Malika. O’sha qizini bir yaxshi yigitdan so’rab kelishibdi. Bola bankda ishlar ekan. Xotini avariyaga uchrab halok bo’lgan ekan. Shoira rozi bo’libdi. Shunga bugun javob berishar ekan, bir borib kelay. Baxtli bo’lsin, ishqilib. Bechora qiz ancha qiynaldi. Axir uni ham haqqi borku baxtli bo’lishga… Ichimda nimadir uzilib ketgandek bo’ldi. “Oyi men hozir kelaman, passportim Boburda qolib ketibdi” deb yugurib uydan chiqib ketdim. Kolej darvozasidan o’qdek otilib kirdim. Yugurib zinadan ko’tarilib Malikaning xonasiga chiqdim. Kirib qarasam, yoshi 26-27 lar atrofidagi bir yigit bilan gaplashib turar edi. Ko’zlaridan xursandligini payqash qiyin emas edi. Ichkariga otilib kirganligim sababli ikkalasi ham cho’chib birdan men tomon qarashdi. Malika meni ko’rdi-yu qotib qoldi. Bu noqulay vaziyatni birinchi bo’lib o’zim buzdim. Yurib borib haligi bola bilan so’rashdim: - Salom! Yaxshimisiz, aka? - S..Salom, kel ukam – hayron qolib javob qildi u. Malika hali ham mendan ko’zini uzmas, nazarimda hozir hamma voqeani aytadi deb qo’rqar edi. - H..Haligi.. Anvar. Ismim Anvar. Men Malika opani o’quvchilariman. Bugun toshkentdan keluvdim. Shunga hamma ustozlarimni bir-bir yo’qlab chiqayotgandim. Yaxshimisiz Malika opa? - M…m. Yaxshimisan Anvar? O’qishlaring qanday? - Rahmat Suhbatga haligi yigit aralashdi: - Shunaqa degin… Student! Molodets! – u judayam samimiy gapirardi - Mening ismim Rustam. Xudo xoxlasa Malika opangga uylanaman. - Juda yaxshida. Mayli aka, men boray. Hali boshqa o’qituvchilarimni ham ko’rishim kerak. - Mayli ukam, omadingni bersin! - Aytgancha, Malika opani ehtiyot qiling! O’girilib chiqib ketdim. Shu payt negadir oyimning gaplari esimga tushdi: - Baxtli bo’lsin, ishqilib. Axir uni ham haqqi borku baxtli bo’lishga…
Kutubxona
Olamsex.su Узбекское порно 2020
Uzvideos.ru УзбексКИЙ СЕКС
Sexuzbeks.ru - Только УзбексКИЙ СЕКС