Qimorbozning qismati 2-qism... (Muallif: TuNGi_HaMRoX)
Qizlarni kurib Laziz va Komil bir biriga qarab kulib qo'yishdi. Qizlar orasidan buylari uzun qaddi qomati kelishgan, sochlari tim qora, ko'rinishidan kavkaz millatiga o'xshab ketadigan biri chiqib yigitlarga qarab -- Bizga hizmat yo'qmi-- deb ko'z qisib qo'ydi. Laziz unga mahliyo bo'lib nima deganini anglolmadi. Komil uni bir turtib qo'ygach o'ziga kelib Komilga qaradi. Dam olamizmi? Komil unga qarab savol berdi, Laziz bilmadim deganday yelka qisib qo'ydi. Ichida esa jon jon deb shu qiz bilan birga bo'lishni hohlardi. Sherigidan tayinli gap chiqishidan umidini uzgan Komil qizlarga yaqinlashib ular bilan nimalarnidir gaplasha boshladi. Lazizni ikki ko'ziyu fikru hayoli o'sha ularga gapirgan qizda edi. Komil qizlar bilan kelishib bulgach Lazizni yoniga yaqinlashib, qaysi birini tanlaysan deb pichirladi. Laziz hozir niyatini aytmasa o'zi ko'zlagan qizni Komil ilib ketadigandek jon holatda anavini deb ko'rsatdi. Komil qizlarga bir qarab qo'yib jilmaygancha Lazizga yuzlanib uzr og'ayni u qizni men ham hohlagandim lekin uni o'zi ishlamaskan, u shu qizlarni kattasi ekan qancha beraman desam ham ko'nmayabdi dedi. Bu gaplarni eshitgan Laziz hafa bo'lish o'rniga hursand bo'lib ketdi, u o'zi oshiq bo'lgan qizni ham shunaqa hammani ko'nglini ovlab yuradigan qizlardan emasligidan sevinib ketgandi. Laziz man dam olmayman o'zing bemalol deya saunani parxonasiga yo'l oldi. U honaga kirib taxtalar ustiga cho'zilib yotib oldi, hayolida esa ko'rgan qizini unuta olmayotgandi. Ko'p vaqt yota olmadi issiqdanmi yoki o'sha qizni hayolidami yuragi siqilib tashqariga chiqdi. Saunada hechkim qolmagan massaj honasidan esa ehtirosli ovozlar eshtilardi. Laziz tezda kiyinib karidorga chiqdi va atrofga alanglab o'sha nozaninni qidira boshladi.
Удалить
17 мар 2014 16:52
ჩเƙტγฉĻฉř ტĻฉრเ!!!
Laziz ko'p ovora bulmadi uzun karidordagi eshiklardan biri ochilib, uyoqdan 4-5 ta qiz bilan birgalikda o'zi qidirgan qiz chiqib keldi. Laziz bir muddat o'ylanib qoldiyu tavakkal deya ular tarafga yuraboshladi. Qizga yaqinlashib uni ismini so'radi Nigina manga biror ishiz bormi deya unga qarab kulib qo'ydi. Laziz yuq shunchaki tanishmoqchi edim deb kalovlanib qoldi. Shunda Nigina unga qarab biz bilan tanishishga puliz yetmidi yaxshi yigit deb kulgancha uni yonidan o'tib boshqa honaga qizlar bilan kirib ketdi. Laziz uni ortidan biroz qarab turgach o'zlarini honasiga kirib pivo icha boshladi. Komil ha deganda chiqavermagach eshikni jahl bilan taqillatib ketamizmi yo'qmi deb baqirdi. Komil chiqib Lazizni kayfiyati yo'qligini ko'rgach indamay kiyindi va qizga bir dasta pul tutqazib Lazizni ortidan ergashdi.
Удалить
17 мар 2014 17:21
ჩเƙტγฉĻฉř ტĻฉრเ!!!
Lazizni hayoli o'zida emas ko'z oldidan u qizni husni jamoli ketmayotgandi. U kechasi ham deyarli uhlolmadi mastlikdanmi boshi og'rib chiqdi. Ertasiga ham ishda kuni bilan kayfiyati bulasdan yurdi. Kech tushgach Komilni chaqirib yur yana saunaga boraylik dedi. Uni gapidan hursand bo'lgan Komil ho'p bo'ladi hujayin deya kulib qo'ydi. Laziz saunaga yaqinlasharkan yuragi boshqacha ura boshladi. Saunaga kirib Komil hona gaplashgani ketdi Laziz esa ko'zi bilan Niginani qidira boshladi. Uni ancha qidirdi hattohonalarni birma bir kirib ko'ra boshladi lekin topolmagach xunob bo'lib o'zini qo'yarga joy topolmay qoldi. Sauna kassasida o'tirgan ayoldan Niginani so'radi. Undan qisqagina bugun kelmaydi xujayin bilan ketgan qayoqgadir degan javobni oldi. U Komilga sen qolaver men ketdim deb uyiga yo'l oldi. U Niginani hayol qilib tongga yaqin uxlap qoldi ko'z oldidan uni kulgusi quloqlari ostida esa biz bilan tanishishga puliz yetmaydi degan gapi jaranglab turardi. Laziz ertasiga ishdan chiqib o'zi yig'ib qo'ygan pullardan anchasini olib Komilga ham bildirmasdan saunaga otlandi. U yerdan Niginani topib siz bilan tanishish qancha turarkan bilsak buladimi dedi. Nigina unga qarab jilmaygancha sekin yaqinlashib lablarini Lazizni qulog'iga deyarli tekqazib sekin pichirlab o'n ming dedi.
1
Удалить
18 мар 2014 17:58
ჩเƙტγฉĻฉř ტĻฉრเ!!!
Laziz o'ylanib ham o'tirmasdan roziman deya javob berdi. Nigina ortga tislanib uning yuzlariga qarab kulib qo'yib, Qani yuring unaqada deb bo'sh honalarning biriga kirib ketdi. Laziz indamay uning ortidan ergashdi, ichkariga kirishgach Nigina Lazizga pulini oldindan to'laysiz deb kulib qo'ydi. Uningo'ziga yarashib turgan tabassumi Lazizni batamom o'ziga rom qilgandi Laziz olib kelgan pullarini sanab qiz so'ragan pulni ajratib unga uzatdi. Nigina pulni olib uni sekin siynabandining orasiga solib yana Lazizga yaqinlashib uning quloqlariga men hozir kelaman deb shivirlab Lazizni yuzidan o'pib qo'ygancha karidorga chiqib ketdi. Laziz yoqimli bo'sa tasirida sevgilisini intizor bo'lib kuta boshladi. Nigina ham ko'p kuttirmasdan tezda ortiga qaytdi. Uning egnida yupqa qizil va unchalik uzun bo'lmagan ko'ylak qo'lida esa ikta bokal va vino bor edi. U qo'lidagilarni stol ustiga qo'yib o'zi Lazizni yoniga kelib uning bo'yniga osilib lablaridan o'pa boshladi. Laziz ham endi o'zini qo'lga olib Niginani belidan quchib uni o'ziga tortib quchoqlab bag'riga qattiqroq bosardi. Sekin asta kiyimlar yechilib bir biriga talpingan ikki tana birlashib honadan ehtirosli ovozlar eshtila boshladi. Laziz iloji boricha qizga yoqishga harakat qilar har bir harakatiga etibor qlib qizga ozor berib qo'ymaslikga harakat qilardi. Nigina bu borada anchagina tajribasi borligi bilinib turardi. (Davomi ertaga...)