Bir tanishim tarixi 2
Kunlar suv kabi oqib ketaverdi. 9 - sinfni bitiradigan kun yaqinlashar imtixonlar eshik qoqib turar edi. Irodaning munosabati esa umuman o'zgarmas edi. Sinf rahbarimiz bitiruv oqshomi uchun hammani roziligi + ota onalar roziligi va hamma rozi bo'lsagina pul yig'ilishiga ruhsat berishini ma'lum qildi. ikki kundan so'ng hammaning uyidan rozilik varaqalari oqib kela boshladi. 23 - may kuni mani ham adam va opam rozliklari to'g'risida ikki enlik xatni ustoz qo'llariga olib kelib berishdi. Bitiruv kechasiga hamma o'zicha tayyorgarlik ko'rardi bu orada esa shahsiy yutuqlarim ham 10 dan oshib ketgan edi. maqtanish emasku ammo man bilan toshkent 1 yuridik kolleji jiddiy qiziqayotgan edi. xatto temir yo'l muhandislari kolleji ham imtixonsiz o'qishga olishlarini ma'lum qilishgan edi. Ular bilan Tarix va Fizika olimpiadalarida ko'rishib qolgandik. Ularning vakillari bu olimpiadalarda Jyuri bo'lib ishlashgan edi.
Bitiruv oqshomi kuni keldi. Shu kuni Yuragimda 2 yiilik barcha so'zlarimni Irodaga aytish niyyati bor edi. Xamma qatori Galstuk oq ko'ylak va Klassik shimni kiyib oqshomga yo'q oldim. Qizlar ham bir birlaridan chiroyli oqqushlar kabi kiyinishgan edi. Oqshom bir maromda huddi bir marosim kabi o'tardi. davrani sho'x musiqa sadolari buzdi. shaxona kechki ovqatdan so'ng hammani o'ynagisi keldi. Shu qatorda kamina ham sinfdoshlarim bilan davrani qizdirib o'ynadim. Navbat sekin ohista taronaga kelganda Irodani raqsga taklif qildim. 4 daqiqa davom etuvchi musiqa sadolari man uchun ohirgi imkoniyat edi. Irodaga man sani sevaman sansiz yashiy olmiman didim. U bo'lsa yana shu gapmi dib javob berdi. Mani unashtirishmoqchi tushun db etti. Man bo'sa bu harakatlar bu o'qishlarim axir xammasi sanga yoqish uchun qildim sani sevishim uchun qildim didim. Iroda bo'sa manam sani yaxshi ko'raman lekin sani o'zimdan uzoqlashtirmasam otam mani so'yadi db etti. Bilasan otam taqvodor bolla bilan yurishimga yo'q qo'ymidi. Onammi kafilligi ostida bugun keganman didi. Hich bo'masa ozgina kut albatta sanga uylanaman dyishim ham foyda bermadi. faqatgina oqshom so'ngida u mani chaqirdi. Biz xoliroq joyga o'ttik. Shunda kutilmaganda manga bo'sa in'om etti. bir daqiqa 60 soniya o'zimni osmonlarda his ettim. 60 soniya yettinchi osmon taftini va suyukligimni bo'sasini his ettim. Uni yurak eshtishini nafas olishini his qildim. Aynan shu 60 soniyadan so'ng Iroda bu mani sevgim, mani haqiqatim va mani tanlovim. Birinchi bo'sam san bilan qoladi dib etti.
Keyinchalik Irodani otasi kimgadir unashtirdi. 2 yildan so'ng uni erga berishdi. Hozir u qanaqa, nima ish qiladi, nechta farzandli bo'ldi bularidan habarim yo'q chunki o'sha kechada uni surishtirmasligim uchun unga va'da bergandim. Albatta u siz yashash qiyin ammo hamma narsani iloji bor ekan. ammo o'sha 60 soniyalik eyfariya hissini his qilganim mani yutug'im bo'ldi.
Bu so'zlarni man yaqin bir tanishimning og'zidan eshittim. iltimosiga ko'ra sizlarga taqdim ettim. Yoqsa huzr yoqmagan bo'lsa so'raymis sizdan uzr.